“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
224
Maktabgacha ta’limga qо‘yiladigan Davlat talablari bolalarning psixologik xususiyatlariga asoslangan
holda ta’lim-tarbiya jarayonini belgilab beradi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog
xodimlaridan psixologiyaga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirish talab etiladi.[2]
Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash kо‘nikmasi, kattalar va tengdosh
о‘rtoqlarini
tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning uchun bola maktabga qadam
qо‘yayotganida qanchalik bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi,
atrof-olamga moslashishi kо‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil
etishi va mustaqil harakat
qilishi muhimroq hisoblanadi.[4]
Bolani biror narsaga о‘rgatishgina emas, unda о‘z kuchiga ishonchni orttirish, о‘z g‘oyasini himoya
qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish hamda unda “Men” konsepsiyasini shakllantirish ham muhimdir.
О‘zbekiston Respublikasida «Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tо‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq
bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda ta’lim va tarbiya berishi orqali yoki
doimiy faoliyat kо‘rsatadigan maktabgacha ta’lim
muassasalarida, shuningdek, muassasaga jalb qilinmagan
bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus
guruhlar yoki markazlarda oladi. [3]