Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

 
Kirish. Jahon taʼlim tizimidagi zamonaviy yondashuvlar, talablar, taʼlim mazmunini milliy anʼanalar, 
qadriyatlar asosida takomillashtirish orqali samaradorlikka erishish, tarixiy qadriyatlar, anʼanalarning 
didaktik imkoniyatlaridan foydalanish kabi masalalar taʼlim islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini tashkil 
etadi. Shuningdek, bugungi kundagi mazkur yo‘nalishda tarix fanini o‘qitish borasidagi yangiliklar, 
o‘zgarishlar va qonunlar, zamonaviy va tarixiy manbalardan samarali foydalanish metodikasi dolzarb 
pedagogik muammolar sirasiga kiradi. Xususan, tarix taʼlimi amaliyotidan foydalanish yuzasidan Yevropa 
va Osiyoning rivojlangan mamlakatlarida olib borilgan tadqiqotlar natijalari umumtaʼlim maktablari 
o‘quvchilarining tahliliy kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishda muhim ahamiyat 
kasb etadi [1].


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
228 
Dunyoning taraqqiyotini taʼminlovchi asosiy omillardan biri – taʼlim va tarbiya hisoblanadi. Shu 
sababli umumtaʼlim maktablari taʼlim sifatini taʼminlashdagi muammolarni bartaraf etishda amaliy jihatdan 
turli yondashuvlar, tadbirlar amalga oshirilmoqda. Umumtaʼlim maktablarida tarix fanini o‘qitish asosida 
o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirishning didaktik taʼminotini mazmunan rivojlantirish, 
tashkiliy - funksional modeliga asoslangan metodik modelini ishlab chiqish, tarix fanini o‘qitish 
metodikasini takomillashtirish, umumtaʼlim maktablarida tarix fanini o‘qitish asosida o‘quvchilarning 
tahliliy kompetensiyasini shakllanganlik darajalarini aniqlashtirish shuningdek, baholash mezonlarini 
takomillashtirishning amaliy ahamiyati tarix fanini o‘qitish asosida o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini 
shakllantirish zaruratini taqozo qiladi [2].
Mamlakatimizda tarix fanidan taʼlim-tarbiya jarayonlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish, 
o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirish, tarixiy tafakkurni rivojlantirishning innovatsion 
pedagogik texnologiyalarini optimallashtirish masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. 2022-2026 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning yettita ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasida 
“Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo 
etish” ustuvor vazifa etib belgilangan. Bu borada umumtaʼlim maktablari o‘quvchilarida tahliliy 
kompetensiyani shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, tarix fanidan bilim, 
ko‘nikma, malaka va shaxsiy sifat hamda fazilatlarni rivojlantirish va takomillashtirish alohida ahamiyatga 
ega. Shu sababli umumtaʼlim maktablarida tarix fanini o‘qitish asosida o‘quvchilarning tahliliy 
kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish zaruratini yuzaga chiqmoqda [3].
Bugungi kunda ta’limni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish, o‘qituvchi hamda 
o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirish va muntazam tarzda rivojlantirib borish pedagogikaning 
dolzarb masalalariga kiradi.
Kompetensiya – o‘quvchilarning ma’lum sohada samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun ta’lim 
tayyorgarligiga oldindan qo‘yilgan ijtimoiy talab. Kompetentlilik ko‘p qirrali bo‘lib, uning bir necha 
talqinlari mavjud [4].
Kompetentlilik o‘quvchi tomonidan tegishli kompetensiyalarga ega bo‘lishni anglatadi. 
Kompetentlilik o‘quvchida tarkib topgan shaxsiy sifatlar va berilgan sohadagi faoliyati bo‘yicha to‘plagan 
minimal darajadagi bilim, ko‘nikma, malakalari va amaliy tajribalarini o‘z ichiga oladi. Xususiy 
kompetensiyalar bilan tayanch kompetensiyalar o‘zaro farqlanadi. Tayanch kompetensiyalar o‘quvchining 
istiqboldagi hayotiy-ijtimoiy faoliyati modeli hisoblanadi. O‘quvchilar muayyan bilim, ko‘nikma, malaka va 
tajribaga ega bo‘lgach, o‘zlari egallagan kompetensiyalarni faoliyatlari orqali tatbiq eta oladilar. Tayanch 
kompetensiyalar ko‘proq o‘quvchining istiqboldagi ijtimoiy faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Xususiy o‘quv 
fani doirasida o‘zlashtiriladigan kompetensiyalar esa, asosan, o‘quv va istiqboldagi kasbiy faoliyat 
samaradorligini ta’minlaydi. Kompetensiyalar har bir mamlakat xalqining turmush tarzi, madaniy, ma’naviy 
hayoti, an’analaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar kreativ, ya’ni ijodiy yaratuvchilik xarakteriga ega 
bo‘lib, ularni muntazam faollikka undaydi. Bunday kompetensiyalar sirasiga kommunikativ, axborotlar bilan 
ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kabilarni kiritish mumkin. O‘quvchilarda 
kompetensiyalardan foydalanish tajribasini hosil qilishga alohida e’tibor qaratish lozim. Buning uchun o‘quv 
dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida loyihalash, o‘qituvchilar 
tomonidan tanlanadigan ikkilamchi loyihalar tarkibiga kompetensiyalarni hosil qilishga xizmat qiladigan 
o‘quv materiallari, ta’limiy topshiriqlarni kiritish, raqamli didaktik vositalarni ishlab chiqishga xuddi shu 
nuqtai nazardan yondashish alohida dolzarblik kasb etmoqda. 

Download 4,29 Mb.
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish