|
-rasm. “Nuqtalar” metodikasi Pdf ko'rish
|
bet | 248/266 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 4,29 Mb. | | #143747 |
Bog'liq 11-son PM Ped Psixolo
1-rasm. “Nuqtalar” metodikasi
Bunda o‘quvchilarga o‘qituvchi tomonidan mavzu bo‘yicha avvaldan tayyorlab qo‘yilgan savol
o‘rtaga tashlanadi. 1-rasmda keltirilgan yoki ixtiyoriy shaklda bosh savol atrofida nuqtalar qo‘yiladi. Har bir
nuqtada o‘rtaga tashlangan muammoning kelib chiqishiga yoki uning yechimiga ta’sir ko‘rsatgan omillar
o‘quvchilar ishtirokida belgilanadi. Misol uchun berilgan savolda 2-jahon urushining yakuniga ta’sir qilgan
voqea-hodisalar sifatida o‘quvchilar tomonidan Germaniyaning 1941-yil 22-iyundagi SSSR ga hujumi,
1941-yil dekabrda AQSh ning Germaniya va uning ittifoqchilariga urush e’lon qilinishi, 1943-yil fevraldagi
Germaniyaning 6-armiyasining Stalingraddagi mag‘lubiyati, 1944-yil 6-iyundagi 2-frontning ochilishi,
1945-yil 6-9-avgustda AQSh tomonidan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlagan atom
bombalari kabi javoblar berildi. Bu kabi metodlardan foydalanish tarix fanini o‘qitishda o‘quvchilarning
tahliliy kompetensiyasini shakllantirish orqali o‘quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlashi, maʼlumotlarni
qayta ishlash hamda tahlil qilish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi muhim
hisoblanadi. Umuman olganda, tarix fanidan ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini
shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi [9]:
1) o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini ko‘p funksiyali topshiriqlar tizimini ishlab chiqish asosida
takomillashtirish;
2) o‘quvchilarning tizimli fikrlashini Blum taksonomiyasi asosida rivojlantirish;
3) o‘quvchilarning ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish ko‘nikmalarini didaktik birliklarning
semantik tizimini qurish va pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlash asosida takomillashtirish.
Xulosa. Yuqorida ko‘rsatilgan usullarni qo‘llash umumtaʼlim maktablarida tarix fanini o‘qitishning
interfaol metodlari va klaster metodidan foydalanish o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini
shakllanganlik darajasini oshirishga xizmat qildi. Bundan tashqari umumtaʼlim maktablarida tarix fanini
o‘qitish asosida o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi tarix fanini o‘qitishda
ustuvorlik beruvchi innovatsion taʼlim metodlaridan biri sifatida “Nuqtalar” metodi ishlab chiqildi. Bunda
tarix fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi mantiqiy
va tizimli fikrlash, ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish ko‘nikmalarini vitagen ta’lim integratsiyasini
ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari vositasida shakllantirish asosida takomillashtirildi.
Tadqiqot natijalari asosida umumtaʼlim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarida tahliliy
kompetensiyalarni shakllantirishda elektron taʼlim vositalaridan foydalanish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar
yaratish, tarix fanini o‘qitishda o‘quvchilarda tahliliy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish,
mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish kerakligi bo‘yicha ilmiy-
metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
|
| |