“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
233
ta’lim nazariyasi nuqtayi nazaridan (didaktik shart-sharoit sifatida), ham ta’lim nazariyasi nuqtayi nazaridan
kо‘rib chiqiladi. Didaktik shart-sharoitlar ta’lim va tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli olib borilishi yoki
uning komponentlari uchun majburiy bо‘lgan sharoitlardir. Shart-sharoitlar, avvalo, pedagogik jarayonning
barcha jabhalarini amalga oshirishning о‘ziga xos xususiyatlarini, tadqiqotimiz sharoitida-maktabgacha
ta’lim muassasasi va ota-onalar hamkorligini strategik rivojlantirish jarayonini belgilab beradi.
"Pedagogik о‘zaro ta’sir" tushunchasi V.I.Zagvyazinskiy asarlarida tushuntirilgan. Tadqiqotchi buni
“kо‘p komponentlardan: о‘quv va tarbiyaviy faoliyat, ta’lim va tarbiya maqsadlari bilan shartlangan va
vositachilik qiluvchi didaktik, tarbiyaviy va ijtimoiy-pedagogik о‘zaro ta’sirlardan tashkil topgan murakkab
jarayon deb hisoblaydi. Pedagogik о‘zaro ta’sir faoliyatning barcha turlarida mavjud: kognitiv, mehnat,
ijodiy. Pedagogik о‘zaro ta’sirning asosini inson ijtimoiy hayotining boshlanishi bо‘lgan hamkorlik tashkil
etadi”.
О‘zaro ta’sirni о‘rganishda "Hamkorlik pedagogikasi" alohida rol о‘ynadi, bunga Sh.A.Amonashvili,
I.P.Volkova, Y.N.Ilina, V.F.Shatalova va boshqalarning faoliyati yordam berdi.. Keyinchalik bu fanning
yangi yо‘nalishi - "о‘zaro ta’sir pedagogikasi" ning rivojlanishini belgilab berdi. Ushbu yо‘nalish
vakillaridan biri Y.V.Korotayeva pedagogik о‘zaro ta’sirlarning xilma-xilligini ajratib kо‘rsatadi, ular
quyidagicha tavsiflanadi: destruktiv, restrektiv, restruktiv, konstruktiv. Tarbiyachilar tomonidan о‘zaro
munosabatlarning bir turini tanlashga subyektiv yoki obyektiv omillar ta’sir qiladi.
Y.V.Korotayevaning ta’kidlashicha, maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila о‘rtasidagi konstruktiv
pedagogik hamkorlikni rivojlantirish jarayonini boshqarish mumkin, yangi boshqaruv omillarini izlash
muhim ilmiy vazifa deb hisoblanishi mumkin. Tadqiqotimiz kontekstida maktabgacha ta’lim tashkiloti va
oila о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarning о‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratishimiz kerak.