• Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyatlar jarayonida multimedia ta’lim texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati




    Download 20.2 Kb.
    Sana06.09.2023
    Hajmi20.2 Kb.
    #80495
    Bog'liq
    Jumayeva Malika Aliyevna impact factor maqola
    Chiroyli yozuv yakuniy nazorat (1), CHiroyli yozuv fan dasturi, BIRINCHI SINFDA YOZUV MALAKALARINI, 6-Mavzu, Ижод фаол техн - 1-АМАЛИЙ , 2-M Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha, 3-mavzu ma\'ruza tabiat, YOSHLARNI KASB HUNARGA QIZIQTIRISHNING INNOVATSION USULLARI MAQOLA, e\'lon 13.02, 7- modul maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish. , Очиқ дарс баённомаси 21-06 (2), 6-Mavzu, 12. Infokfaktor 25.04.2023 , FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO, FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FAOLIYATLAR JARAYONIDA MULTIMEDIA TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
    Jumayeva Malika Aliyevna
    Termiz davlat pedagogika institute o’qituvchisi
    Annotation: The article talks about the effectiveness of information technologies and multimedia products in the process of preschool education. The effectiveness of the multimedia platform created as an implementation of the adopted decisions and decrees on the development of the field of preschool education. Information about its use in practice and its effectiveness is provided.
    Key words: preschool education, multimedia, information technologies, platform, electronic textbook, preschool education organization.
    Hoziгgi kunda ta'lim jaгayonida multimedia texnologiyalarini qo 'llash toboгa keng tus olmoqda. O^uvchi^ uchun mo'ljallangan ta'limdan ko'zlangan mazmun va maqsad bitta o'quvchini mustaqil hayotga tayyoñash, o'quvchilaming o'z xohishi, istaklaгi va qiziqishlari bo'yicha mustaqil bilim egallash, egallagan bilimlaгini esa keгakli o^inla^a unumli qo'llay olish, dastlabki kasb konikmalarini shakllantiгishdiг. Ana shunday vazifalami ado etish uchun daгs jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish samaгali va natijaviy usul ekanligi ahamiyatlidiг. Buning uchun o'qituvchi multimedia texnologiyalarining mohiyatini anglay bilishi va ulami o 'z o'mida qollay bilishi zarnr. Multimedia tushunchasi — tuгli shakldagi axboгotlaгni qayta ishlovchi vositalaг majmuasini anglatadi. Multimedia texnologiyalari — bu turii shakldagi axboratlami qayta ishlovchi vosita majmuasidiг. Multimedia texnologiyalaгiga avvalo, tovusЫaг, video-elementlami qayta ishlovchi vosita^ kiгadi. Bundan tashqaгi, multiplikatsiya (animatsiya) va yuqoгi sifatli grafika ham multimedia texnologiyalaгi qatoгiga kiradi. Ehtimol, kelajakda multimedia vositalaгi ma'lumotning boshqa tuгlaгi, masalan, viгtual voqelik bilan ishlash imkonini beгishi ham mumkin.
    Ma'lumki, multimédia texnologiyalari ta'lim jarayonini boyitadi, o'quv materiali ta'limiy axborotlarni idrok etishni yanada samaralilashtirish imkonini beradi. Multimedia- bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interaktiv das turiy ta'minot boshqaruvi ostida o'zaro vizual va audiosamara ta'siridan iborat bo'lib, u matn, tovush, grafika, foto, videoni bir raqamli taqdim etish usulida birlashtiradi. Gipermedia — bu multimediali obyektlarda qo'llaniladigan gipermatnli vositalar bilan bog'liq kompyuter fayllaridir. Ta'limni kompyuter va boshqa internet-texnologiyalaridan foydalanib tashkil etishda, turli afzalliklar bilan bir qatorda, ayrim kamchilklar ham mavjud: bu aloqa liniyalari bilan bog'liq muammo bo'lishi ham mumkin. Mazkur muammolarni CD-ROM va DVD-disklari deb ataladigan optik kompakt disklar yordamida hal etilishi mumkin.
    Zamonaviy ta'lim vositalari — interaktiv, audio-vizual, multimediali o'quv jihozlari - shunchaki zamonaga mos rusumga aylanib borayotgan vositalar emas, balki o'quvchilar shaxsini rivojlantirish uchun variativ imkoniyatdir. Zamonaviy ta'lim tizimining vazifasi esa shunchaki bilim berishdangina emas, balki o'quvchi-talabalarning ijodiy tafakkurini loyihalashtirishga yordam berishdan iborat. Har qanday nazariy bilim amaliyot bilan mustahkamlanishi zarur. O'quvchilarni ta'lim jarayoniga faol jalb etish, qiziqtirish juda muhim. O'qitishni qiziqarlilashishi hamda unda barcha talabalarning to'liq fikru-zikri bilan faollashishi asosida ta'lim jarayoni juda samarali o'tadi. Bunda ko'rgazmali vositalar ham muhim o'rin tutadi, ular axborotning turli manbalari bilan ishlash va olingan natijalarni solishtirish qobiliyatini rivojlantiradi. Ta'lim jarayonining to'g'ri tashkil etilishi natijasida avvalo, ta'limning universal ta'siri, uning asosida esa — foydali malaka va ko'nikmalar, nihoyat keng doiradagi salohiyatlari shakllanadi.
    Multimedia dasturlari orqali o'qitish o'quv materialining mazmuniy komponentlarini keng ko'lamda tizimga keltirishga ko'maklashadi, ta'lim oluvchilarga ta'limning to'liq yoki qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va o'tish imkonini beradi.Ta'lim vositalarining yangi shakli nafaqat muloqot, axborotlarni uzatishuchun yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an'anaviy ta'lim va ma'lumommaviy axborot vositalari bilan taqqoslaganda zamonaviy madaniyatda o'zgachao'rin olgan yangi muammolarning, echimlarning, yangi kesishish nuqtalariningvujudga kelishi uchun ham imkoniyatlar yaratadi. Ta'lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirishga ko'maklashish imkoniyatlariga ko'ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o'quv axborotlarining uyg'unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko'ra multimedia foydali va mahsuldor ta'lim texnologiyasi hisoblanadi.Interfaollikning ta'minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta'lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi.
    Interfaollik ma'lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta'lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o'zgartirishi, natijalarini o'rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so'roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamdatakrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e'tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o'quv materiallari tushunish uchun qulay bo'lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi.Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to'liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta'lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o'qituvchining ko'magi zarur bo'ladi.Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo'llashda ham ta'lim strategiyasi ta'lim jarayonida o'qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta'lim oluvchilarga ko'maklashish, qo'llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan shug'ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animatsiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko'rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to'ldirgan holda zaruriyemotsional darajani ta'minlab turishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda multimedia texnologiyalari — ta'lim jarayonini axborotlashtirishning istiqbolli yo'nalishlaridan biridir.
    Ta'lim jarayoniga multimedia texnologiyalarini joriy etish o'quvchilarni intellektual rivojlantirish hamda jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishning muhim shartidir. Shu sababli ham bugungi kun o'qituvchisi tinimsiz o'z ustida ishlashi, keng ijodiy tafakkurga ega, ilg'or pedagogik va multimedia texnologiyalarini samarali qo'llay oladigan shaxs sifatida o'z kasbiy-mutaxassisligi uchun zarur fazilatlar egasi bo'lishi davr talabidir. 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
    Download 20.2 Kb.




    Download 20.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyatlar jarayonida multimedia ta’lim texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati

    Download 20.2 Kb.