“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
235
Bolani har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda uning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi muhim
hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning kelgusida umumiy о‘rta ta’lim maktabida muvaffaqiyatli
о‘qishi, balki hayotiy о‘rninining shakllanishi ham ma’naviy-axloqiy tarbiyasi darajasiga bog‘liq.
Maktabgacha yosh davrida oilada va maktabgacha ta’limda tashkil etilgan ta’lim va tarbiya jarayonlarda
bolaning shaxsiyati shakllanadi, ya’ni tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijtimoiy-madaniy faollik, faol
muloqotga kirishuvchanlik, mustaqillik, mas’uliyat, javobgarlik kabi asosiy shaxsiy fazilatlar shakllanadi.
Bolalarni tarbiyalash insonning eng qadimgi faoliyatidir. Qadim zamonlarda u san’at bilan
taqqoslangan. Tarixiy manbalarga murojaat qiladigan bо‘lsak, yosh avlod tarbiyasida oila birlamchi
bо‘lganligi haqida kо‘plab dalillar mavjud. Inson rivojlanishi jarayonida bolalarga g‘amxо‘rlik qilish,
ularning jismoniy va aqliy rivojlanishi alohida funksiyaga aylandi va oiladan tashqari ta’lim muassasalari
shakllana boshladi. Shuni ta’kidlash kerakki, kо‘p asrlar davomida oilaning farzand tarbiyasidagi о‘rni
birinchi darajali ahamiyatga ega.
Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzui, vositalari, buyumlar bilan amalga
oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi va maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyati
ularning yosh bosqichlariga xos ravishda takomillashib boradi.
Bugungi kunda pedagogik jamoa va ota-onalar о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarga katta e’tibor
berilmoqda. Ota-onalar ta’lim xizmatlarining mijozlariga aylangan zamonaviy о‘zgaruvchan sharoitlarda
о‘zaro ta’sir sifatini boshqarishning о‘ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun "о‘zaro ta’sir"
tushunchasining mohiyatini kо‘rib chiqish muhimdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasining oila bilan aloqasi mustahkam bо‘lsa, pedagoglar va ota-onalar
о‘rtasida ishonch va hamkorlik aloqalari о‘rnatilsa, ta’lim-tarbiya oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal
etish mumkin. О‘zaro ta’sir ta’lim-tarbiya muassasasi ichidagi bо‘linmalarning eng yaqin mikrojamiyat
bilan о‘zaro munosabatlari orqali ta’lim maqsadlariga erishishning ustuvor mexanizmi, jamoada shaxsni
samarali tarbiyalash sharti, kasbiy tayyorgarlik va moslashuv omili sifatida tushuniladi. Ta’kidlash
mumkinki, ta’lim muassasasi va oila о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlar masalalari maktabgacha ta’lim
pedagogikasida kо‘rib chiqilgan.