|
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations) Pdf ko'rish
|
bet | 254/266 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 4,29 Mb. | | #143747 |
Bog'liq 11-son PM Ped Psixolo- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).
Aytilganlarni sarhisob qilar ekanmiz, shuni ham ta'kidlash kerakki, biz maktabgacha ta’lim muassasasi
va ota-onalar о‘rtasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan ilmiy, uslubiy va didaktik
ta’minoti: ilmiy va amaliy konferensiyalar va pedagogik о‘qishlarni о‘z ichiga oladi; tematik uchrashuvlar;
ijodiy ishlarning sharhlari; ilmiy, pedagogik va boshqa adabiyotlar sharhlari; tanlovlar; fan oyliklari; maxsus
kurslar va о‘zgartirilgan dasturlarni ishlab chiqish; о‘z mahorati va tajribasidan unumli foydalanish imkonini
beradi.
Bolani har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda uning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi muhim
hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning kelgusida umumiy о‘rta ta’lim maktabida muvaffaqiyatli
о‘qishi, balki hayotiy о‘rnining shakllanishi ham ma’naviy-axloqiy tarbiyasi darajasiga bog‘liq.
Maktabgacha yosh davrida oilada va maktabgacha ta’limda tashkil etilgan ta’lim va tarbiya jarayonlarda
bolaning shaxsiyati shakllanadi, ya’ni tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijtimoiy-madaniy faollik, faol
muloqotga kirishuvchanlik, mustaqillik, mas’uliyat, javobgarlik kabi asosiy shaxsiy fazilatlar shakllanadi.
Bolalarni tarbiyalash insonning eng qadimgi faoliyatidir. Qadim zamonlarda u san’at bilan
taqqoslangan. Tarixiy manbalarga murojaat qiladigan bо‘lsak, yosh avlod tarbiyasida oila birlamchi
bо‘lganligi haqida kо‘plab dalillar mavjud. Inson rivojlanishi jarayonida bolalarga g‘amxо‘rlik qilish,
ularning jismoniy va aqliy rivojlanishi alohida funksiyaga aylandi va oiladan tashqari ta’lim muassasalari
shakllana boshladi. Shuni ta’kidlash kerakki, kо‘p asrlar davomida oilaning farzand tarbiyasidagi о‘rni
birinchi darajali ahamiyatga ega.
Adabiyotlar:
1. Miklyayeva N.V.. Bolalar bog‘chasida pedagogik о‘zaro ta’sir. Uslubiy qо‘llanma. Toshkent 2010.
- 180 s
2. Ibragimov X., Abdullayeva SH.. Pedagogika nazariyasi / Darslik. Т., «Fan va texnologiya», 2008,
288 bet.
3. Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pydagogika.O‘quv qo‘llanma. - Т.: «Fan», 2004, 182-b.
4. Ziyomuhammadov B. Pedagogika: Oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma.-T.:”Turon-Iqbol”
.2006.-58-68 b
5. Mallayev D.M., Omarova P.O., Gasanova Z.Z..- M.: SMUR Academia, 2008. - 143 s.
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
236
|
| |