Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

Metodika. So‘nggi yillarda kompetentli yondashuv tushunchasi pedagogikada keng qo‘llanilmoqda. 
Ta’lim amaliyotida tez-tez qo‘llanilayotgan ushbu atama ta’lim mazmunida ustuvor o‘rin egallamoqda. 
Kompetentli yondashuv tayanch tushuncha sifatida zamonaviy pedagogikaning ilmiy tushunchalari 
tarkibiga singish bosqichlarini o‘tamoqda. Mazkur tushunchaning o‘ziga xos jihati uning pedagogika fanida 
eskirib qolgan tushunchalar bilan o‘zaro qiyoslashni taqozo qilishidadir. Biz o‘z tadqiqotimiz davomida 
kompetensiyaviy yondashuv doirasiga kiradigan va u bilan o‘zaro aloqador bo‘lgan tushunchalarni 
izohlashga harakat qilamiz. Ular: kompetensiya, kompetentlilik, kasbiy kompetentlik, pedagogik 
kompetentlik kabilar. Shu bilan bir qatorda biz tadqiqotimiz davomida kompetentlilik va tayyorlik, 
kompetensiya hamda bilim, ko‘nikma, malakalarning har biri ustida fikr yuritishga harakat qildik.
Kompetentli yondashuv yagona ta’lim jarayonini ta’minlashning konseptual asosi sifatida taqdim 
etiladi. Shuning uchun ham u bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilashni taqozo qilmoqda. O‘tgan 
asrning 90-yillaridayoq, kompetentlilik tushunchasi, bir tomondan yangi kashfiyotlar va ishlanmalarni 
muvofiqlashtirish imkonini berib, insonning bilish faoliyati va amaliy harakatlariga taalluqlidir. Ikkinchi 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
229 
tomondan esa, har bir sinfda pedagogik vaziyat bilan bog‘liq holda ta’limiy talablarni aniqlashga 
ko‘maklashadi, deb yozgan edi Н.С.Розов [6].
Kompetentlik tushunchasi so‘nggi yillarda asosan kasbiy ta’lim sohasidagi tadqiqotlarda keng 
qo‘llanilganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, S.T.Turg‘unov, M.B.Ma’murov, O‘.Q.Tolipov, 
Sh.Q.Mardonov, G.T.Boymurodova, G.N.Ibragimovalarning ishlarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash, 
o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasiga kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq 
etishning ayrim masalalari tadqiq etilgan.
Kompetensiyaviy yondashuv doirasida tadqiqotlarni amalga oshirish umumiy o‘rta ta’lim maktablari 
davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish bilan bog‘liq holda tadqiq etilmoqda. Bu sohada R.G.Safarova, 
M.M.Vahobov, Yu.M.Asadov, M.Pardaevalarning tadqiqotlarini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Umumiy o‘rta ta’lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq etish haqida fikr yuritganda 
И.А.Зимняя uchta sababni ko‘rsatib o‘tgan: integratsiyaning umumevropa va jahon miqyosidagi ko‘lami, 
ta’lim paradigmasining o‘zgarishi, ta’lim sohasidagi yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar, dasturlar va 
farmoyishlar[5].
Yuqorida omillarni inobatga olib umumtaʼlim maktablarida maktab o‘quvchilarining tahliliy 
kompetensiyasini tarix fanini o‘qitish asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirish kabi 
muammolarning yechimi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bunda 
o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirishning didaktik ta’minoti mazmuni tizimli, shaxsiy, 
tahliliy, kompetensiyaviy yondashuvlar hamda ko‘p funksional topshiriqlar tizimi hamda o‘quv elementlari 
va didaktik birliklarning semantik tarkibiga ega mantiqiy tuzilmalar kabi pedagogik shart-sharoitlarni 
metodik jihatdan ta’minlash asosida rivojlantirish, umumta’lim maktablarida tarix fanini o‘qitish jarayonida 
o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi mantiqiy va tizimli fikrlash, 
ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish ko‘nikmalarini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning 
ustuvor yo‘nalishlari vositasida shakllantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha izlanishlar olib borildi.
Umumtaʼlim maktablarida o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirishning ilmiy-nazariy 
asoslari sifatida psixologik-pedagogik adabiyotlarda tahliliy ko‘nikma va mahoratlar tushunchasi tahlil 
qilingan, tarix fanini o‘qitishda maktab o‘quvchilarining tahliliy kompetensiyasini shakllantirishning 
pedagogik shart-sharoitlari aniqlashtirilgan, bundan tashqari, tarix fanini o‘qitishda maktab o‘quvchilarining 
tahliliy kompetensiyasini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari keltirib o‘tish mumkin.
Bugungi kunda uzluksiz taʼlim maktabgacha, umumiy o‘rta, professional ta’lim, oliy taʼlim, oliy 
ta’limdan keyingi taʼlim hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish turlari 
tizimi integrasiyasi alohida ahamiyat kasb etadi va shu asosda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan 
o‘qitish metodlarini ham o‘zgartirishni taqozo etadi. Shu maʼnoda, umumtaʼlim maktablarda tarix fanini 
o‘qitish va o‘qitishning zamonaviy yondoshuvi ko‘plab interfaol usullari o‘quvchilarning ijodiy, mustaqil 
fikrlashlarini hamda tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirishga hissa qo‘shadi. Bunda o‘quvchilarning 
tahliliy kompetensiyasini shakllantirish modelini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Unda 
o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirishning tashkiliy-funksional modeli shaxsga 
yo‘naltirilgan, modulli-kompetensiyaviy, faoliyatli va individual metodologik yondashuvlarni ta’lim 
muhiti, kompetentlik sifatlari, fanlararo aloqadorlik kabi pedagogik shart-sharoitlarga pedagogik jarayon 
bloki vositasida tashkiliy va metodik jihatdan integratsiyalash asosida ishlab chiqish, mobillik, taʼlimda 
muntazamlik va izchillik hamda nazariya va amaliyotning birligi kabi tamoyillar ustuvor etib belgilandi [7]. 
Xususan, “Jahon tarixi” fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalaridan unumli foydalanish 
“Pedagogik kommunikasiyada psixologik kompetentlik” nomli ikki: “Kommunikativ ko‘nikmalar va 
malakalarni aniqlash hamda rivojlantirish” va “Verbal va noverbal kommunikasiya mohiyatini ochish” 
bosqichlari dasturidan foydalanish ham samarali natija beradi. Shuningdek, tahliliy kompetensiyani 
shakllantirish metodikasi mantiqiy va tizimli fikrlash, ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish 
ko‘nikmalarini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari vositasida shakllantirish 
orqali “Jahon tarixi” fanini o‘qitishda hamkorlikda o‘rganish modelidan, kichik guruhlarda ishlash, to‘rt 
pog‘onali, aqliy hujum, insert texnikasi, keys stadi metodi, rolli va ishbop o‘yinlar, muammoli taʼlim, loyiha 
maʼruza, yo‘naltiruvchi matn hamda tushunchalar tahlili kabi metodlardan foydalanib amalga oshirildi [8].
O‘quv mashg‘ulotlarni olib borishda “Nuqtalar” metodidan foydalanish asosida o‘qitishning metodik 
taʼminotini ishlab chiqish taʼlim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi (1-rasm).


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
230 

Download 4,29 Mb.
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish