|
Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi Pdf ko'rish
|
bet | 241/266 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 4,29 Mb. | | #143747 |
Bog'liq 11-son PM Ped PsixoloKerakli jihozlar: Hamma fasl aks ettirilgan rasmlar, bahor bayramlarini aks ettiruvchi rasmlar, rangli
qog‘oz, yelim, qaychi, qalam va rasm daftar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar bir yilimizda nechta fasl bor?
Bolalar: Tо‘rtta fasl bor.
Tarbiyachi: Qani, birin-ketin ularning nomlarini aytaylikchi.
Bolalar: Qish, bahor, yoz va kuz.
Tarbiyachi: Sizga qaysi fasl kо‘proq yoqadi yoki qaysi faslni sevasiz?
Bolalar: Bahor
Tarbiyachi: Juda yaxshi. Men ham bu faslni juda ham yoqtiraman. Qani, hammamiz qо‘llarimizni
qattiqroq ushlaylikchi. Endi esa sekin-asta yumshatib qо‘yib yuboramiz. Demak, biz qish faslidan bahor
fasliga kirib keldik. Bahor faslida hammayoq yam-yashil tusga kiradi. Ob-havomiz qanday bо‘ladi?
Bolalar: Iliq, ba’zi-ba’zida yomg‘ir yog‘adi. Lekin ob-havo iliq bо‘lib, quyosh charaqlab chiqib
turadi.
Tarbiyachi: Yaxshi bolalar, bahor faslining elchisi bо‘lib qaysi qush birinchi bо‘lib uchib keladi?
Bolalar: Qaldirg‘och
Tarbiyachi: Tо‘g‘ri, qaysi daraxt birinchi bо‘lib gullaydi?
Bolalar: Bodom va о‘rik
Tarbiyachi: Tо‘g‘ri bolalar, bodom va erta pishar о‘riklar birinchi bо‘lib gullaydi. Bolalar sizlar juda
ham bahor faslini yaxshi kо‘rar ekansiz. Bu fasldagi bayramlar haqida ham bilasizlarmi?
Bolalar: Xa, bu faslimiz о‘z ichiga mart, aprel, may oylarini olib, bayramlarga boy fasl hisoblanadi.
Tarbiyachi: Bolalar 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” ya’ni onajonlarimiz, opajonlarimiz,
singiljonlarimiz bayrami. 21- mart Navrо‘z bayrami, ya’ni yangilanish, yasharish bayrami. 9-may Xotira va
qadrlash kuni.
Tarbiyachi: Yaxshi bolalar, qani endi biz xohlagan stolimizga borib, bahor faslini aks ettiraylikchi.
Bolalar о‘zlari yaxshi kо‘rgan bahor faslining rasmini daftarga qirqib, yopishtirish orqali aks
ettirishadi.
Tarbiyachi: Kelinglar bolalar, shu faslga mos ajoyib bir uyin о‘ynaymiz. О‘yinimizning nomi
“Bahoroy va yomg‘iroy”. Men sizlarga о‘yinimizning shartini tushuntirib beraman. Qо‘limdagi mana bu
shildiroqni tez shildiratsam demak yomg‘ir yog‘ayotgan bо‘ladi. Biz tezda soyabon tagiga qochamiz. Agar
men shildiroqni asta-sekin, birin-ketin chalsam, sizlar lola, lolaqizg‘aldoqlar terib savatingizga solasiz. Endi
esa о‘yinimizni sizlar bilan birgalikda о‘ynaymiz. Yaxshi bolajonlar, endi о‘yinimizni shu tarzda sayrda
davom ettiramiz.
Maktabgacha yoshdagi bola idrokini rivojlantirishga oid o’yinlar bilan tanishib chiqamiz:
|
| |