Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

Asosiy qism. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga о‘tishi hamisha uning hayoti, ahloqi, 
qiziqish va munosabatlarida jiddiy tub о‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha 
yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uyda maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh 
xususiyatiga doir bilim, kо‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bо‘ladi. Bunday tanishtiruv 
moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bо‘lishga yordam beradi. 
Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va 
fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi. 
Yо‘nalishlar asosiy bо‘limlarga bо‘lingan va shu bilan birgalikda, ular bolaning meyorda rivojlanish 
kо‘rsatkichlarini aks ettiradi. [3] 
Shu bilan bir qatorda maktabgacha ta’limning turli shakllari tarmog‘i (ilk rivojlanish markazlari,
yakshanbalik, qisqa muddatli guruhlar, xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari)ni kengaytirish va ta’lim-
tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, har bir maktabgacha ta’lim muassasasini bolalarning intelektual va 
mantiqiy fikrlash qobiliyatini erta rivojlanishiga kо‘maklashuvchi kо‘rgazmali qо‘llanmalar, didaktik 
materiallar, shuningdek qо‘l motorikasini rivojlantiruvchi mantiqiy о‘yinlar va о‘yinchoqlar bilan byudjet 
mablag‘lari hisobidan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash ishlarini yaxshilash maqsadida 
rasmli qо‘llanmalar tayyorlandi, nashr qilindi hamda maktabgacha ta’lim muassasalariga bepul tarqatildi. [4] 
Bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish 
orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 
maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi. Shunday ekan, bolaning har tomonlama 
shakllanishi va rivojlanishi undagi bilish jarayonlarining rivojlanishi bilan bog‘liq. Aynan bolaning idrok 
jarayoniga alohida tо‘xtalish lozim bо‘ladi. Bola idrokini shakllantirish va rivojlantirish dolzarb bо‘lib, bu 
о‘z navbatida bir qator pedagoglar, psixologlar hamda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachi va 
psixologlari oldiga bir qator vazifalarni qо‘yadi. [2] 

Download 4,29 Mb.
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish