“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
220
qiyosiy-tipik ko‘rsatkichlari ko‘lami kiritiladi va bu esa tadqiqot maqsadiga
mos ijtimoiy psixologik
mezonlarni tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. O‘quv faoliyati motivlari o‘quvchilar nima uchun
o‘qiyotganlarini ko‘rsatib beradi. Maktabning birinchi sinfiga kelgan bolalarda ijtimoiy motivlar ustunlik
qiladi. Bu motivlar atrofdagilar orasida yangi mavqeni egallash, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va
baholaniladigan faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan motivlardir. O‘quvchilarning maktab faoliyatiga bo`lgan
munosabatlari motivatsiyasi o`ziga xos harakterga ega bo‘lib, ularni aksariyat hollarda “faol - ijobiy”,
“ijobiy” hamda “indefferent” mezonlar bo`yicha talqin qilish o`rinlidir. Shuningdek, o`quvchi shaxsini
kichik maktab davri o`zining ichki ijtimoiy motivatsiya yo`nalishiga nisbatan, yosh, individual, xududiy va
etnopsixlogik imkoniyatlar va tafovutlar ko`lamining mavjudligi bilan baholanadi. Bu baholash o`quvchi
shaxsi tomonidan maktab yoki o`quv faoliyatini qanday tushunish uning
ichki hissiy kechinmalariga
bog’lash, ayni paytda hissiy – irodaviy sifatlarning namoyon etilishi bilan ham bevosita bog’liq ekanligi
yaqqol seziladi. Maktabga birinchi bor kelgan bola o‘z faoliyatining tub mohiyati va vazifasini to‘la tushunib
yetmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak deb biladi. Kattalarning ko‘rsatmalariga amal qilib
tirishqoqlik bilan mashg‘ulotlarga kirishib ketadi. Maktab ta’limi esa ko‘proq verballikka asoslangan.
Professor B.R.Qodirov tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, o‘g‘il bolalarda aniq fanlarga nisbatan layoqatlar
ko‘proq rivojlangan bo‘lib, ko‘rish-fazoviy intellekt baland hisoblansa, qiz bolalarda nutq malakalari ko‘proq
rivojlangan bo‘lib, tafakkur egiluvchanligi baland bo‘ladi. Birinchi sinfning oxirlariga borib ko‘pchilik
o‘quvchilar o‘z maktab majburiyatlariga ma’suliyatsizlik bilan qaray boshlaydilar. Bu bir qancha sabablar
bilan bog‘liq.
1) Bola endi o‘quvchi bo‘ldi, o‘quvchi bo‘lish istagi qondirildi. Bu maqomni ushlab turish uchun hech
narsa qilmasa ham bo‘ladi.
2) O‘quvchining ijtimoiy mavqei maktabda ularga beriladigan o‘quv
faoliyati mazmuni bilan
belgilanmaydi. Bu holat boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan ta’lim-tarbiya jarayoniga yangicha usullarda
yondashish zaruriyatini taqazo etadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda ta'limning dastlabki davridan boshlab yangi imkoniyatlarning
o'quv materialini muvaffaqiyatli o'zlashtirishgagina emas, balki hayotiy muammolarni yechishga ham
tayyorlaydi, o'quvchilarda o'rganish va ta'lim jarayoniga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Mazkur masalaga oid
aniq vazifalar qo'yidagilarda o'z aksini topgan:
1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qish, o'rganish, o'zlashtirgan bilimlarni qo'llash va ko'nikmalarni
shakllantirish;
2. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida yuqori darajada shakllangan bilish jarayoniga,
bilish faoliyatiga
intilishni kuchaytirish.
Demak, yuqoridagi vazifalardan shu narsa yaqqol namoyon bo'lmoqdaki, boshlang'ich sinf
o'quvchilarining o'quv faoliyatiga qiziqish va moyilliklarini shakllantirish, shuningdek, intilishlarini oshirish
muhim omillardan biri bo'lib, mazkur jarayonda o'quvchining individual-psixologik xususiyatlarini inobatga
olish uning asosi hisoblanadi, ya'ni boshlang'ich ta'limning mazmun mohiyatini kashf etadi. Bunday
yondashuvsiz ta'limning boshlang'ich pog'onasini sifat-samaradorligini oshirishga erishish mushkuldir.
Bu borada boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv faoliyatiga qiziqishlarini shakllantirish maqsadida,
o'quv jarayoniga boshlang'ich ta'lim mazmunini integratsiyalashni targ'ib qilish, yangi innovatsiyalarni
kiritish, axborot kommunikativ texnologiyalardan unumli foydalanish natijasida ta'lim sifatini oshishiga
erishiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'quv jarayoniga tayyorlashda o'quvchilarning shaxsiy individual-
psixologik xususiyatlarini hisobga olish, o'quv jarayoniga jalb etishning pedagogik-psixologik asosini tashkil
etib, ularda o'ziga ishonch hissini shakllantiradi.
Qo‘llanilgan metodlar: Boshlang‘ich sinf ta’limi mazmuni o‘quvchining bilimlarni egallashga
qiziqishi, o‘z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu his o‘qituvchining
rag‘batlantirishi bilan yuzaga keladi va o‘quvchida
samaraliroq ishlash mayli, istak va ishtiyoqini
shakllantiradi. Bolada paydo bo‘lgan faxrlanish, o‘z kuchiga ishonch hislari bilimlarni o‘zlashtirish va
malakalarni rivojlanishiga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarni o‘qitish jarayoni, o‘quv
faoliyatining asosiy komponetlari: o‘quv masalalari, o‘quv vaziyatlari, o‘quv
harakatlari, nazorat qilish va
baholash bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay
bo‘lgan sharoitda amalga oshirilishi juda muhim.
O‘quvchining o‘quv faoliyatini o‘zlashtirishi o‘quv masalalari tizimini yechish jarayonida amalga
oshiriladi O‘qishning boshida boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchilar mustaqil ravishda o‘quv masalalarini
qo‘yish va yechishni bilmaydilar. Bu vazifani boshida o‘qituvchi bajaradi. Asta-sekinlik bilan
o‘quvchilarning o‘zlari ham o‘quv masalalarini qo‘yish va yechish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va
malakalarni egallay boshlaydilar. Bu mustaqil o‘quv faoliyati shakllanishining muhim bosqichidir. O‘quv
masalalarini ajratib olish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ma’lum bir qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
221
Shuning uchun ham har bir darsning so‘ngida o‘qituvchi o‘quvchilari aniq bir topshiriqlarni bajarishning
ma’nosini qanday tushunganliklarini aniqlash uchun vaqt ajratishi kerak. “Biz bugun darsda nimalarni
o‘rgandik?” tarzidagi savol bolalarga shunchaki
daftarda chiziqchalarni chizib, doirachalarni bo‘yashni
emas, balki sanashni, qo‘shishni yoki ayirishni o‘rganganlarini tushunishlarida yordam beradi. Agar bola
o‘quv harakatlarini noto‘g‘ri bajarsa, bu uning o‘quv harakatlarini nazorat va baholash bilan bog‘liq
harakatlarni bilmasligi yoki ularni yaxshi egallamaganligidan dalolat beradi.
Bolaning mustaqil ravishda bajargan harakatlari natijalarinini o‘z xatti-harakatlarining xususiyatlari
bilan taqqoslay olishlari unda o‘z-o‘zini nazorat etish layoqati ma’lum darajada shakllanganidan dalolat
beradi. Bolalar tafakkuri va nutqining rivojlanishida ovoz chiqarib mulohaza yuritishning va bu uslubdan
o‘quv jarayonida foydalanishning ahamiyati katta. Ovoz chiqarib mulohaza yuritish va o‘z yechimini asoslab
berish aqliy sifatlarni o‘sishiga
xizmat qilib, kishi o‘z mulohazalari va xatti-harakatini tahlil etishi va
anglashini rivojlantiradi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchilarda aqliy va o‘quv materialini o‘zlashtirish
imkoniyatlari ancha yuqori hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’limda bu yoshdagi bolalar o‘rta maktab
dasturida ko‘rsatilgan bilimlarga nisbatan ko‘proq bilimlarni tushunishlari va o‘zlashtirishlari mumkin.
Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar o‘quv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri
shundaki, shu davrdan boshlab o‘quv materialini o‘zlashtirmaslikning dastlabki belgilari ko‘zga tashlanadi.
Boshlang‘ich sinf yoshida past o‘zlashtirish sabablari va o‘qishidagi qiyinchiliklar quyidagilar bilan
bog‘liqdir:
1 ) neyrofiziologik sabablar;
2) bilish jarayonlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi;
3) erkin va mustaqil harakat qilish darajasining pastligi;
4) motivatsion sohalarining yetarli rivojlanmaganligi;
5) oila tarbiyasidagi, oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar;
6) maktab ta’limi va
tarbiyasidagi kamchiliklar;
7) o‘zaro muloqot va munosabatdagi kamchiliklar;
8) shaxs xususiyatlaridagi og‘ishishlar.
Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar o‘qishidagi qiyinchiliklar bola shaxsining barcha shaxsiy, bilish,
motivatsion, hissiy va irodaviy sohalarida aks etadi.Bu qiyinchiliklar o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq. Bir
qiyinchilikni bartaraf etilishi ikkinchi qiyinchilikni ham kamayishiga olib keladi. Bunda bolalarni ta’limga
moslashishi qiyinlashadi. Noto’g’ri moslashish o’zini yorqin va kuchli namoyon qilishi mumkin bo’lgan