“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
222
o‘ringa boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarni amaliy ko‘nikmalarga, o‘qish, yozish, sanash malakalariga
o‘rgatish muammosi turadi. Bu esa bolaning kelgusi rivoji uchun to‘laqonli zamin bo‘la olmaydi.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Boshlang’ich sinf o`quvchilarida o‘quv faoliyatiga munosabat
motivatsiyasining shakllanishi juda ko`plab ijtimoiy – psixologik omillar bilan, jumladan, shaxs umumiy
yo`nalganligi doirasidagi o‘z – o‘ziga, muloqotga va faoliyatga nisbatan munosabatlar tizimi bilan ham
bevosita bog’liqdir. Chunki talaygina ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko`rsatdiki, o‘quv faolligiga munosabat
eng avvalo o‘z – o‘ziga, o‘zgalarga va faoliyat natijalariga munosabatdan boshlanadi va rivojlanadi. Albatta,
bu jarayonda shaxsning o‘z - o‘ziga talabchanligi, ta`lim – tarbiya jarayoni, shaxsning o`ziga xos individual
xususiyatlari, o‘quv faoliyatining pedagogik – psixologik talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilishi ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Munosabat motivatsiyasi ko‘rsatgichlari tahlili talaygina o`quvchi yoshlardagi o`quv
faolligiga nisbatan faol-ijobiy munosabatlarning yetarlicha qaror topmayotganligidan dalolat beradi.
Jumladan, bu munosabatlar zamirida o`quv faolligining namoyon etilishi bilan bog’liq o`ziga xos qiziqishlar,
o`quv komponentlari, shaxs umumiy yo`nalganligi, ustanovkalar hamda o`ziga xos hamkorlikka intilish
tizimi mavjudligining ta`siri alohida o`rin tutadi. Bu esa shaxs va faollik o`rtasidagi ijtimoiy psixologik
mutanosiblik ko`rsatkichlari ko`lamini ham ma`lum darajada tahlil qilish va tegishli ilmiy xulosalar chiqarish
imkonini beradi. Boshlang’ich sinf o`quvchilarida maktabga munosabat motivatsiyasi tahlilllari shuni
ko`rsatdiki, o`quvchilarning maktab faoliyati bilan bog’liq har bir harakatlari zamirida o`quv faolligi va uni
bevosita ta`minlashga xizmat qiluvchi omillar yotadi. Chunki, o`quv faolligining namoyon etilishi bir
tomondan o`quv jarayonining muvaffaqiyatli tashkil etilishiga bog’liq bo`lsa, ikkinchi tomondan esa
o`quvchi shaxsida tarkib topayotgan o`quv komponentlari – “kognitiv”, “hissiy-irodaviy” hamda “baholash”
mezonlariga ham ko`p jihatdan bog’liqdir. Zero, har bir o`quv komponentining o`quvchi shaxsida yetarli
darajada tarkib topishi o`quv faolligini ta`minlashga xizmat qiladi.
Xulosa: Boshlang‘ich sinf o‘quv faoliyatining asosiy vazifasi - bu o‘quvchilarni “o‘qish”ga, bilim
olishga o‘rgatishdir. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar psixik rivojlanishida ta’limning ta’sirida jiddiy
o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlar ularni hayotlarining mas’uliyatli davri bo‘lmish o‘smirlik davriga
o‘tish uchun tayyorlaydi. Boshlang’ich sinf o`quvchilari uchun xarakterli bo`lgan taqlidchanlik,
muloqotmandlik, kattalar ko`rsatmasiga moyillik, hissiy ko`tarinkilik kabi xususiyatlar yordamida ularda
o`quv faolligi motivlarini shakllantirish mumkin. Shuningdek, ular bilan olib borilayotgan suhbat va
muloqotlarda ushbu jarayonga jiddiy e`tiborni qaratish lozim.