“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
213
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING EKOLOGIK MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISH
Bekchanova Feruza Marimboy qizi,
Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti
“Maktabgacha ta’lim metodika” kafedrasi o‘qituvchisi
feruzamarimboyevna@gmail.com
Hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekologiya hisoblanadi. Ekologik muammolarning
sabablari turlicha bo‘lib, ularning eng ahamiyatlisi ekologik madaniyatning yaxshi shakllanmaganligidir.
Ushbu maqolada ekologik madaniyat dastlab maktabgacha yoshdagi bolalarda olib borilishi haqida so‘z
yuritiladi. Bugungi kunda ekologik muommolar tobora oshib bormoqda. Demak insoniyat oldidagi muhim
vazifalardan biri ana shu muammolarni bartaraf qilish va kelgusida kutilayotgan muammolarning oldini
olishdir. Bolalar misli ochilmagan xazinadir. Ularda yoshligidan ekologiya haqidagi tushunchalarni
shakllantirish, ularning ekologiya haqidagi tasavvurlarini boyitib borish lozimdir. Mazkur maqolada
ekologik madaniyatning shakl va usullari ko‘rsatilib o‘tilgan