Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

Muhokama. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, kommunikativ kompetentlik mezonlari birinchi marta 
1975-yilda T.Gordon tomonidan ishlab chiqilgan. 
Unga ko‘ra, kommunikativ kompetentlik masalasi bir qator mualliflar tomonidan turlicha talqin 
qilingan: tilni bilish darajasi, uning xulq-atvor ko‘rinishlari, empativlik qobiliyati, sub’ektning shaxsiy 
xususiyatlari (o‘zini o‘zi adekvat hurmat qilish, ijtimoiy yo‘nalganlik), insonlar bilan samarali muloqot 
o‘rnatish maqsadida muloqot modelini yaratish, o‘zga insonlar bilan kerakli aloqalarni o‘rnatish va qo‘llab-
quvvatlash, shaxslararo munosabatlar tizimida o‘zaro ta’sirning ma’lum vaziyatlarida samarali 
kommunikativ muhitini yaratish uchun zarur bo‘lgan ichki zahiralar tizimi, verbal va noverbal vositalar 
yordamida muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsatish va boshqalar. 
I.N.Agafonovaning ta’kidlashcha, kommunikativ kompetentlik “muvaffaqiyatli muloqotga hissa 
qo‘shadigan shaxsning aqliy va xulq-atvor xususiyatlarining yaxlit tizimi bo‘lib, maqsadga erishish 
(samarali) va ishtirokchilar uchun emotsional qulaylikka ega. Uning tuzilishida quyidagi kognitiv, qadriyatli-
semantik, shaxsiy, emotsional va hulq-atvor kabi tarkibiy qismlar ajratib ko‘rsatiladi [3].
E.V.Rudenskiyning fikriga ko‘ra, kommunikativ kompetentlik quyidagi qobiliyatlardan iborat: 
-kommunikativlikning ijtimoiy psixologik prognozini berish orqali muloqot qilish uchun vaziyat; 
-kommunikativ vaziyatning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, muloqot jarayonini ijtimoiy-psixologik 
jihatdan dasturlash; 
-kommunikativ vaziyatda muloqot jarayonlarini ijtimoiy-psixologik boshqarishni amalga oshirish [5]. 
Kommunikativ kompetentlikning tarkibiy qismlari I.I.Seregina tomonidan tadqiq qilinib, “birinchidan, 
boshqa insonlar bilan muloqotga kirishish qobiliyati, muloqot malakalari, ular bilan doimiy aloqalarni saqlab 
turish, ikkinchidan, boshqaruvchining faoliyat doirasidan qat’iy nazar umumiy va kasbiy bilimlarini 
tavsiflovchi ushbu semantik ma’lumotlarga ega bo‘lish va ishlash qobiliyati” [6]. 
V.P.Trusovning ta’kidlashicha, kommunikativ kompetentlik tushunchasi mazmunan o‘xshash ammo 
ko‘lami jihatidan umuman kognitiv kompetentlikka qaraganda kamroq va ma’nosi bo‘yicha an’anaviy 
ijtimoiy intellekt atamasiga juda yaqin bo‘lib, boshqa shaxs va mazkur mavzuni boshqalar bilan 
bog‘laydigan munosabatlarda shaxsni adekvat va differensial aks ettirish qobiliyatida ifodalanadi [7]. 
V.A.Kan-Kalik, N.D.Nikandarovlar tomonidan kommunikativ kompetentlikni shaxs faoliyatining 
barcha turlarida mavjud bo‘lgan inson borlig‘ining ajralmas qismi sifatida belgiladilar. Ularning 
ta’kidlashicha, muammo shundaki, barcha ma’lum kommunikativ harakatlar qanday amalga oshirilishi 
mumkinligini tasavvur qila olmaydi.
Bundan kelib chiqadiki, bu kommunikativ harakatlarni amalga oshirish uchun mavjud bo‘lgan bilim, 
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi kerak [4].


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
58 
Shunga o‘xshash fikrlarni N.N.Obozov o‘zi tomonidan olib borgan ilmiy izlanishlarida ilgari suradi.
Uning fikriga ko‘ra, “kommunikativ kompetentlik asosan ikki jihatdan namoyon bo‘lishi mumkin: 
bilim va hissiy tajribaga asoslangan holda, shaxsning turli xil muloqot holatlariga yo‘naltirilishi va o‘zini va 
boshqalarni tushunish tufayli o‘zgalar bilan samarali munosabatda bo‘lish qobiliyati sifatida ruhiy holatlarni, 
shaxslararo munosabatlarni va ijtimoiy muhit sharoitlarini doimiy ravishda o‘zgartirish”[8]. 
Xulosa. Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari bo‘lajak 
ofitserlarida kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi xulosalarni ilgari surish 
maqsadga muvofiq:
-jamoat xavfsizligi bo‘limalaridagi bo‘lajak ofitser shaxsida muloqotchanlik sifati, kommunikativ 
kompetentlikni rivojlanishi ko‘p jihatdan ularning kasbiy faoliyatlari, kelgusidagi rejalari hamda o‘z-o‘ziga 
va o‘zgalarga nisbatan bo‘ladigan munosabatlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi;
-bo‘lajak ofitserlarda kommunikativ kompetentlikni rivojlanishi ulardagi suhbat jarayoniga faoli 
ravishda kirishishi, insonlar bilan samimiy munosabat o‘rnata olishi hamda ulardagi ruhiy holatlarni anglab 
yetgan holda munosabatlar tizimini shakllanganligi bilan bog‘liq[10];
-insonlar jamoasida shaxslararo munosabatlar tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi jamoa a’zolarining 
o‘zaro bir-birini tushunishi hamda qo‘llab quvvatlash malakalarini tarkib topganligi jamoat xavfsizligini 
ta’minlash bo‘linmalari bo‘lajak ofitserlarida kommunikativ kompetentlikni rivojlantiruvchi omil sifatida 
gavdalanishi mumkin; 
-jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari bo‘lajak ofitserlarida kommunikativ kompetentlikni 
rivojlantirish maqsadida o‘quv jarayonida ta’limiy va axborot texnologiyalari, ish o‘yinlari, psixologik 
treninglardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Download 4,29 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish