• 1-jadval. Bo‘lajak ofitserlarida kommunikativ kompetentligining tarkibiy komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik
  • Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/266
    Sana23.01.2024
    Hajmi4,29 Mb.
    #143747
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   266
    Bog'liq
    11-son PM Ped Psixolo

    Metodlar. Ma’lumki, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari bo‘lajak ofitserlarida 
    kommunikativ kompetentlik rivojlanganlik darajasini o‘rganish maqsadida “Kommunikativ malakalar” 
    (L.Mixelson tomonidan ishlab chiqilgan) metodikasidan foydalanildi. Mazkur metodika yordamida bo‘lajak 
    ofitserlarda kommunikativ kompetentlik va kommunikativ malakalarni rivojlanganlik darajasini aniqlashga 
    e’tibor qaratildi.
    Natijalar. Mazkur metodika O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universitetining “Xizmat 
    faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” yo‘nalishi 1-3 – bosqich kursantlaridan 150 nafarida o‘tkazildi. 
    Tadqiqot metodikasi asosida to‘plangan ma’lumotlar miqdor va sifat jihatidan tahlil qilindi. Miqdoriy tahlil 
    natijalarini yaqqol ifodalash maqsadida jadvalda aks ettirildi.
    1-jadval. 
    Bo‘lajak ofitserlarida kommunikativ kompetentligining tarkibiy komponentlari o‘rtasidagi 
    o‘zaro aloqadorlik
    № 
    Kommunikativ 
    kompetentlikning 
    tarkibiy komponentlari
    Suhbat
    doshg

    ij
    ob
    iy
    fi
    kr
    lar
    bi
    la
    n
    rea
    k
    si
    y

    qa
    yt
    ar
    ishi
    ni
    t
    al
    ab
    qi
    ladi
    g
    an
    vaz
    iy
    at
    la

    K
    ur
    sa
    n
    tl
    ar
    sa
    lb
    iy 
    fi
    k
    rl
    ar
    bi
    la
    n
    rea
    k
    si
    y

    qay
    tar
    il
    ish
    in

    ta
    la

    qi
    luv
    ch

    vaz
    iy
    at
    la

    Inson
    la
    rga 
    il
    ti
    m
    os 
    b
    il
    an
    m
    ur
    o
    jaa

    q
    il
    u
    vch
    i vaz
    iya
    tl
    ar
    Suhbat
    vaz
    iya
    ti
    Empa
    ti
    ya 
    nam
    oyon 
    bo‘
    li
    shi
    ni
    t
    al
    ab
    et
    uvc
    hi
    v
    az
    iya
    tl
    ar

    Suhbatdoshga ijobiy fikrlar bilan 
    reaksiya qaytarishini talab qiladigan 
    vaziyatlar

    -0,03 
    0,10* 
    0,46** 
    0,36** 

    Kursantlar salbiy fikrlar bilan reaksiya 
    qaytarilishini talab qiluvchi vaziyatlar 

    -0,009 
    -0,001 
    -0,04 

    Insonlarga iltimos bilan murojaat 
    qiluvchi vaziyatlar 

    0,28** 
    0,12** 

    Suhbat vaziyati 

    0,13** 

    Empatiya namoyon bo‘lishini talab 
    etuvchi vaziyatlar 

    Tadqiqot natijalariga ko‘ra, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari bo‘lajak ofitserlarida 
    suhbatdoshga ijobiy fikrlar bilan reaksiya qaytarishni talab qiladigan vaziyatlar insonlarga iltimos bilan 
    murojaat qilishni talab qiluvchi (r=0,10; r≤0,05) ahamiyatli darajada aloqadorlik, suhbat vaziyati bilan 
    (r=0,46; r≤0,01) va empatiya namoyon bo‘lishini talab etuvchi vaziyatlar (r=0,36; r≤0,01) bilan yuqori 
    darajada bog‘liqlikka ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu o‘z navbatida jamoat xavfsizligini ta’minlash 
    bo‘linmalari bo‘lajak ofitserlarida insonlar bilan samimiy muloqot o‘rnata olish, suhbat jarayonida 
    o‘zgalarda kechadigan turli darajadagi emotsional holatlarni his qilish qobiliyati rivojlangan bo‘lishini taqazo 
    etadi. shuning uchun ta’limiy va ta’limiy bo‘lmagan mashg‘ulotlar jarayonida bo‘lajak ofitserlarda muomala, 
    muloqotchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim.


    “PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
    57 
    Metodikaning navbatdagi shkalasi insonlarga iltimos bilan murojaat qiluvchi vaziyatlar suhbatdoshga 
    ijobiy fikrlar bilan reaksiya qaytarish talab qiladigan vaziyatlar bilan (r=0,10; r≤0,05) ahamiyatli darajada 
    hamda suhbat vaziyati bilan (r=0,28; r≤0,01), empatiya namoyon bo‘lishini talab etuvchi vaziyatlar (r=0,12; 
    r≤0,01) bilan yuqori darajada aloqadorlikka ega ekanligi aniqlandi. Ta’kidlash joizki, jamoat xavfsizligi 
    bo‘linmalarida faoliyat olib boradigan bo‘lajak ofitserlar insonlar bilan to‘qnash kelganda talab qilish
    buyruq va ko‘rsatma berishlardan foydalanish bilan birga ayrim o‘rinlarda vaziyatga bog‘liq ravishda iltimos 
    bilan murojaat qilish vaziyatiga to‘qnash kelayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Albatta bu insonlar o‘rtasida 
    muloqot ko‘lamini kengayib borayotganligi hamda samimiy xarakter kasb etayotganligidan dalolat beradi.
    Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari bo‘lajak ofitserlarida kommunikativ kompetentlikni 
    shakllanishi o‘zga insonlarda kechadigan ruhiy holatlarini qay daraja anglab yetishlari bilan belgilanadi. Bu 
    o‘z navbatida bo‘lajak ofitser shaxsida empativlik qobiliyatini shakllanganligini taqazo etadi. Shu o‘rinda 
    ta’kidlash joizki, empatiya- boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish 
    qobiliyati sifatida talqin qilinadi. Ayniqsa, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari bo‘lajak ofitserlarida 
    empatiya qobiliyatining shakllanishi qanday psixologik omillar bilan bog‘liqlikda rivojlanishini o‘rganish 
    muhim hisoblanadi. Tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, bo‘lajak ofitserlarda empatiya namoyon 
    bo‘lishini talab etuvchi vaziyatlar suhbatdoshga ijobiy fikrlar bilan reaksiya qaytarishini talab qiladigan 
    vaziyatlar bilan (r=0,36; r≤0,01), insonlarga iltimos bilan murojaat qiluvchi vaziyatlar bilan (r=0,12; 
    r≤0,01), suhbat vaziyati bilan (r=0,13; r≤0,01) yuqori darajada ahamiyatli aloqadorlik mavjudligi aniqlandi.
    Demak, o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limlari bo‘lajak 
    ofitserlarida kommunikativ kompetentlikni rivojlanishi ulardagi suhbatdoshining fikriga nisbatan ijobiy 
    munosabat bildira olishi, insonlar umuman aholining turli qatlamlariga nisbatan muomala, munosabatlar 
    negizida iltimos bilan murojaat qilish ko‘nikmalarini shakllanganligi, suhbat vaziyatini samarali o‘rnata 
    olishi, shuningdek, empativlik qobiliyatlari bilan bog‘liqligi aniqlandi. Ayniqsa, bo‘lajak ofitser shaxsida 
    muomala va muloqotchanlik qobiliyatlarini shakllanganligi ularda kommunikativ kompetentlikni 
    rivojlanishiga xizmat qiluvchi asosiy omil ekanligi isbotlab berildi.

    Download 4,29 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   266




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish