“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
59
UO’K 004.
TALABA-YOSHLAR MEDIAKOMPITENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA AMALIY
TOPSHIRIQLARNING O‘RNI
Fayziyeva Dildora Hayotovna,
Buxoro davlat pedagogika instituti
“Aniq fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
dildora13.fayziyeva@gmail.com
Rajabova Gulchehra Salomovna,
Buxoro davlat pedagogika instituti
“Aniq fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
tude47154@gmail.com
Hozirgi kunda xodimlarning professional darajada kundalik ishlarda axborot kommunikatsion
texnologiyalar orqali kasbiy faoliyatini tashkil etishi dolzarb masala hisoblanadi. Ayniqsa, talaba-
yoshlarning ijtimoiy-tarmoqlarda faolligini inobatga olgan holda ular uchun turli dasturiy mahsulotlardan
foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma kontentlar tayyorlash ham muhimdir. Xususan, oliy ma'lumotga ega
bo‘lgan xodimlar professional darajada kundalik ishlarida zamonaviy AKT (axborot kommunikatsion
texnologiyalar)dan foydalanishi ular ishlayotgan sohada ish unumdorligini oshishiga xizmat qiladi.
Maqolada axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash fani doirasida amaliy darslarda
o‘rganuvchilarga turli amaliy topshiriqlar orqali mediasavodlikni rivojlantirish misollar orqali yoritilgan.