“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
56
O‘z navbatida bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirzieyov tomonidan 2021-yil
29-noyabrda PF-27 son “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolanib, bu borada amalga oshirilishi muhim
bo‘lgan qator chora-tadbirlar belgilab berildi [1]. Mazkur vazifalarga monand ravishda muhtaram
Prezidentimiz Sh.Mirzieyovning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy
salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar
bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimining bor kuch va imkoniyatlarini safarbar
etamiz” [2] degan fikrlari ishimizning maqsadiga bevosita mos keladi. Bu esa o‘z navbatida jamoat
xavfsizligi bo‘linmalari bo‘lajak ofitserlarida kommunikativ kompetentlikni shakllantirish muhim mezon
ekanligini ko‘rsatib o‘tadi.