• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Key words. Cluster, cluster approach, educational technologies, verbal intelligence,  non-verbal intelligence. Qahramon ESHQORAYEV




    Download 429,88 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/4
    Sana04.02.2024
    Hajmi429,88 Kb.
    #151247
    1   2   3   4
    Bog'liq
    eshqorayev-qaxramon-xalq-talimi (1)

    Key words. Cluster, cluster approach, educational technologies, verbal intelligence, 
    non-verbal intelligence.
    Qahramon ESHQORAYEV,
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi
    INFORMATIKA O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI VA 
    LOYIHALASH KURSINI KLASTERLI YONDASHUV ORQALI 
    O‘QITISH
    M
    amlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan 
    holda, kadrlar tayyorlash mazmunini takomillashtirish, xalqaro standartlar 
    darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ta’limga texnologik 
    yondashuvni talab etadi. Bunda bevosita ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va 
    dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlarini keng joriy etish, ilmiy-
    ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish 
    muhim ahamiyatga ega. Respublikamizni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini 
    hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga 
    joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar 
    va ilg‘or texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirishga zarurat 
    mavjud. Hozirgi vaqtda agrar soha mutaxassislarini tayyorlashda ta’limning zamonaviy 
    texnologiyalarini izchil joriy etish hayotiy zarurat bo‘lib qolmoqda. 
    Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning ishlab chiqishni tashkil etish, 
    ilmiy izlanishlar natijalarini targ‘ib qilish va amaliy foydalanish mexanizmlarini shakllantirishda 
    ta’lim texnologiyalarining o‘rni va salmog‘i yuqoriligini ta’kidlash lozim. Ilmiy salohiyatni 
    Annotatsiya


    78
    “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2022. № 6. www.xtjurnali.zn.uz
    oshirish va samarali foydalanish, ularni rivojlantirishda fan va texnologiyalarning hissasini 
    oshirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. 
    “Ta’lim jarayonida oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologi-
    yalari, o‘qitishning innovatsion metodlarini keng joriy etish...” zarurligi ta’kidlanadi. Bu 
    esa ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini 
    joriy etish asosida yanada takomillashtirishga olib keladi.
    Bugungi kunda innovatsion pedagogik jarayonlar ta’lim muassasasi o‘quv faoliyatin-
    ing muhim komponentlaridan biriga aylanib bormoqda. Chunki innovatsion pedagogik 
    jarayonlar ta’lim xizmatlari bozorida nafaqat u yoki bu ta’lim muassasasining raqobat-
    bardosh bo‘lishiga asos yaratadi, balki, o‘qituvchi va o‘quvchi shaxsini intensiv rivojlanti-
    rish, o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati va muloqotini demokratlashtirish, 
    ta’lim-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, o‘quvchini faol ta’lim olish hamda o‘zini 
    shakllantirishga yo‘naltirish, ta’lim texnologiyalari, metod va vositalari hamda ta’limning 
    moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash kabi vazifalarni bajaradi, pedagoglarning 
    kasbiy mahorati, ularning ijodkorligi, izlanuvchanligining rivojlanish yo‘na-lishlarini an-
    iqlaydi, o‘quvchilarning shaxs sifatida kamol topishida muhim o‘rin tutadi.
    Ta’lim texnologiyalarining ilmiy xarakterdaligiga e'tibor qaratgan holda, uning amaliy 
    yo‘nalishga xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda qo‘llash mumkinligini e'tirof etish 
    kerak. Demak, nazariyani o‘quv amaliyoti bilan bog‘lash zaruriyatini va ta’lim texnologi-
    yalarining nazariy asoslarini o‘rganish zamonaviy ta’lim texnologiyalarni aniqlab beradigan 
    qator holatlarni belgilashga imkon berdi: 
    – zamonaviylik ta’lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajriba sinovlarda tekshiril-
    gan, tahlil qilingan hamda tasdiqlangan didaktikaga oid
    yangiliklarni, tartib qoidalarni joriy etish majburiyligini taqozo etadi;
    – o‘quv jarayonini maqbullashtirish;
    – imiylik ta’limda yangi vositalar va metodlar, didaktik materiallar hamda tashkiliy 
    masalalarning yangi yechimlarini qo‘llash lozim;
    – talaba va professor o‘qituvchilarning faoliyatida yuqori hamjihatlikni ta’minlash 
    va kerakli natijalarni qo‘lga kiritishga intilishni talab etadi;
    – ta’limni faollashtiruvchi axborot texnologiyalari va texnik vositalardan foydalanish 
    samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish zamonaviy pedagogik 
    texnologiyalarning eng asosiy belgilaridan biri hisoblanadi;
    – o‘quv jarayoni uchun moddiy-texnik bazaning maqsadga muvofiqligi pedagogik 
    texnologiyalarning navbatdagi ko‘rinishidir;
    – o‘quv-tarbiyaviy jarayon natijalarini sifatli baholash pedagogik texnologiyaning 
    o‘z oldiga qo‘ygan natijaviy maqsadidir. 
    Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ta’lim texnologiyalari o‘zining pedagogik 
    va boshqa fan yutuqlari bilan bog‘liq xususiy nazariyasiga ega. U birinchi navbatda, 
    o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo‘naltirilgan. Ikkinchidan, o‘qitishning 
    axborotli vositalaridan va didaktik materiallardan, yangi innovatsion metodlardan keng 
    foydalanishga asoslangan pedagog va talabalarning birgalikdagi samarali faoliyatiga 
    zamin yaratadi. 
    Yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib fikr yuritadigan bo‘lsak, ta’lim texnologiyalarning 
    predmeti – ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, o‘quv materialini tanlash 
    va strukturalashtirishdan, ta’lim modelini tanlashdan to ularni amalga oshirishgacha, 
    ularning optimallik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib 
    topganMa’lumki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar amaliyotga joriy etish mumkin 


    79
    bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir. Pedagogik tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
    vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, shaxsdagi muayyan sifatlarni shakllanti-
    rishga pedagogik ta’sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. 
    Ta’lim texnologiyasi – keng sohadir. Ta’lim texnologiyasini o‘rganish, o‘qitishni tashkil 
    qilishning asoslarini o‘rganuvchi, loyihalash fani yoki turli tadqiqot qiziqishlari majmuasi 
    sifatida olinishi mumkin. Shuning uchun, ta’lim texnologiyasi turli xil fanlardan olingan 
    nazariy bilimlarga (kommunikatsiya, ta’lim, psixologiya, sotsiologiya, falsafa, sun’iy in-
    tellekt, informatika va h.k.) hamda ta’lim amaliyotidan olingan amaliy bilimlarga tayanadi. 
    Texnologiya ta’lim tizimining o‘rganish jarayonlariga va uning ko‘rsatgichlarini oshirishga 
    ko‘maklashadi bunda ta’lim samarali bo‘ladi. Hozirgi texnologiyalar kompyuterlarda 
    video yozuvlarni amalga oshirish hamda o‘zingizning raqamli kamerangizdagi rasmlarni 
    onlayn tarzda oilangiz va do‘stlaringiz bilan baham ko‘rishingiz mumkin. Bu va shunga 
    o‘xshagan texnologiyalar bugungi kundagi hayotimizning ajralmas qismi hisoblanadi. 
    Aynan ana shu mazmunda “texnologiya” termini va uning “o‘qitish texologiyasi”, 
    “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” shakllari pedagogik adabiyotlardan foydalanila 
    boshlandi va mualliflar ta’lim texnologik jarayonining tuzilishi va tashkil etuvchilarini 
    qanday tasavvur etishlariga qarab ko‘plab ifodalarga ega bo‘ldi. 
    O‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasini 
    puxta ishlab chiqishdan farqli o‘laroq, ta’lim texnologiyasi ta’lim oluvchilar faoliyatiga 
    nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lib, u talabalarning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi 
    faoliyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun 
    zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Bugungi kunda informatika va axborot 
    texnologiyalari o‘qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari turlicha bo‘lib, ular: 
    1) ilmiy izlanish metodlari (kuzatish, tajriba, taqqoslash, analogiya, analiz va sintez, 
    umumlashtirish, abstraksiyalash, konkretlashtirish va klassifikatsiyalash), 
    2) o‘qitish metodlari (izohli-ko‘rgazmali, namoyish, kitob bilan ishlash, reproduktiv, 
    evristik (o‘quv kashfiyoti), muammoli vaziyat, tadqiqot, loyihalash metodi, muayyan 
    vaziyatlarni o‘rganish (keys-stadi) metodi, ma’ruza, hikoya, og‘zaki yo‘l-yo‘riq berish, 
    tushuntirish, suhbat metodlari, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi;
    3) xulosa chiqarish metodlari (induksiya, deduksiya va analitik metod).
    Avvalo "interfaol (interaktiv)" tushunchani aniqlashtirib olaylik. "Interaktiv" degan 
    so‘z inglizcha “interact” so‘zidan kelib chiqqan. “Inter” – o‘zaro, “act” – ish ko‘rmoq, 
    ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. Shunday qilib, interfaol o‘qitish – bu, avvalambor 
    muloqotli o‘qitish bo‘lib, jarayonning borishida o‘qituvchi va o‘quvchi orasida o‘zaro ta’sir 
    amalga oshiriladi. 
    Interfaol o‘qitishning mohiyati o‘quv jarayonini shunday tashkil etadiki, unda barcha 
    o‘quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy 
    fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Bilish jarayonida o‘quvchilarning birgalikdagi 
    faoliyati deganda, ularni har birining o‘ziga xos aloqada individual hissa qo‘shishi, 
    o‘zaro bilimlar, g‘oyalar va faoliyat usullari bilan almashinishlari tushuniladi. Shu bilan 
    birga, bularning hammasi o‘zaro xayrixohlik va qo‘llab – quvvatlash muhitida amalga 
    oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida yangi bilimlarni olishgagina imkoniyat bermasdan, balki 
    bilish faoliyatining o‘zini ham rivojlantiradi, uni yanada yuqoriroq koopersiya va hamkorlik 
    pog‘onalariga olib chiqadi. Interfaol metod bitta so‘zga chiquvchining, shuningdek, bitta 
    fikrning boshqa fikrlar ustidan dominantlik qilishligini chiqarib tashlaydi. Dialogli o‘qitish 
    jarayonida o‘quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarni va tegishli axborotni tahlil 
    qilish asosida murakkab muammolarni yechishga, alternativ fikrlarni chamalab ko‘rishga 


    80
    “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2022. № 6. www.xtjurnali.zn.uz
    va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, diskussiyalarda ishtirok etishga, boshqalar 
    bilan muloqat qilishga o‘rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli 
    ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o‘yinlar qo‘llaniladi, hujjatlar va axborotning 
    turli manbalari bilan ish olib boriladi, ijodiy ishlar qo‘llaniladi. Interfaol o‘qitishni tashkil 
    qiluvchilar uchun, sof o‘quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir: 
    – guruhdagi o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari jarayonida boshqalarning qadriyat-
    larini tushunishi; 
    – boshqalar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lishi va ular yordamiga muhtojlik zaruratin-
    ing shakllanishi; 
    – o‘quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish. Shuning uchun 
    interfaol o‘qitish guruhlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ikkita 
    asosiy funksiyalar amalga oshirilishi lozim: 
    – o‘qitishning pragmatik jihati qo‘yilgan o‘quv masalasini yechishlikning shartligi; 
    – tarbiyaviy masalalarni yechish (hamkorlikdagi ish jarayonida guruh a’zolariga 
    yordam ko‘rsatish, xulq-atvor normalarini shakllantirish). Ushbu faktni alohida qayd etish 
    lozimki, o‘qitishning barcha interfaol usullarini verbal intelekt (og‘zaki) va noverbal intelekt 
    (tasvirli)larga ajratish mumkin. Verbal intelektlarga quyidagilar kiradi: 
    – vizual: yuz ifodasi, gavdaning holati, harakatlar, ko‘zlar orqali aloqa; 
    – akustik: intonatsiya, ovoz balandligi, tembr, nutq tempi, tovush balandligi, nutqiy 
    pauzalar va hokazo. Verbal intelektlar orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
    – “oxiri ochiq” bo‘lgan savollar, ya’ni yagona “to‘g‘ri” javobga ega emas, balki 
    muammo (savol) bo‘yicha turli nuqtai nazarlarni bayon qila olishga yo‘naltirilgan savol-
    larni bera olish qobiliyati; 
    – o‘quvchilar bilan muloqotda o‘qituvchi tomonidan o‘zining nuqtai nazarini hal qi-
    luvchi nuqtai nazar deb emas, balki neytral deb aniqlanishi lozim. Bu narsa mashg‘ulot 
    paytida o‘quvchilarga qo‘rqmasdan “to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” nuqtai nazarlarini bayon etish 
    imkoniyatini beradi; 
    – mashg‘ulot va o‘z-o‘zini tahlil qilishga tayyorgarlik. Ushbu holat mashg‘ulotlarda 
    nima?, qanday? va nima uchun? sodir bo‘lganini, o‘zaro faoliyat qaerda “osilib” qolganini, 
    u nima bilan bog‘liq ekanligini, keyinchalik bunday holatlarning ro‘y bermasligi uchun 
    nimalar qilish kerakligi va boshqalarni tushunib olishga yordam beradi; 
    – mashg‘ulotning borishini, uning kulminatsiyasini, natijaviyligini va boshqa ku-
    zatish imkonini beruvchi yozma xotiralarni yozib borishi. 
    Birinchi bo‘limga alohida e'tibor qaratishni istar edik. O‘qituvchining savoli – bu 
    o‘quvchining tafakkurini o‘stirish yoki rivojlantirish uchun kuchli vosita hisoblanadi. 
    Savolning ikki hil turi mavjud (interfaol o‘qitish nuqtai nazaridan). 
    1. O‘quvchining fikr doirasini chegaralab, uni bilganlarni oddiy qayta tiklashga 
    keltirib qo‘yadigan savollar. Bunday savollar fikrlash jarayonini to‘xtatib turishga xizmat 
    qilib, o‘quvchiga uning fikri hyech kimni qiziqtirmasligini tushunib yetishiga olib keladi; 
    2. Fikr yuritish, o‘ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undo-
    vchi savollar hisoblanadi. 
    Bunday savollar fikrlash darajasini ko‘tarish bilan birga, o‘quvchilarda ularning ham 
    fikri qimmatga ega ekanligiga ishonch uyg‘otadi.
    Interfaol metodlar bo‘yicha o‘qish jarayonini tashkil etilganda e'tibor berilishi kerak 
    bo‘lgan yana bir holat, bu vazifaning mazmuni. Vazifaning mazmuni o‘qitishning an'anaviy 
    shakllariga qaraganda boshqacharoq bo‘lishi lozim. Masalan, guruhga darslikdagi ma’lum 
    bir paragraf konspektini olish vazifa sifatida berilishi maqsadiga muvofiq emas, chunki 


    81
    har bir o‘quvchi bu ishni o‘zi, mustaqil bajarishi mumkin. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, 
    muammoni nostandart qo‘yilishigina, o‘quvchilarni bir-biridan yordam olishga, boshqalarn-
    ing ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy fikrini shakllantirishga undaydi. 
    Masalan, dasturlashga oid masala yechilganda, uni kichik masalalarga bo‘lish mumkin. 
    O‘quvchilarni ham kichik guruhlarga bo‘lish va har biriga kichik masalani yechishni va 
    dasturini tuzishni tavsiya etish mumkin. Dars oxirida guruhlarning kichik masalalarini 
    yechimlari asosida berilgan masala yechishini tashkil qilish lozim. Buning natijasida 
    bitta dars davomida murakkab masalani yechish va unga ko‘proq o‘quvchilarni jalb 
    qilish mumkin bo‘ladi. 
    Klaster texnologiyasini individual va guruhda ishlaganda qo‘llash mumkin. Klaster-
    larga ajratish texnologiyasi uncha murakkab emas. U metodik jihatdan: doskaning 
    o‘rtasiga ochqich so‘z yozish; o‘quvchilarni xayoliga kelgan so‘z bilan bog‘liq so‘z va 
    jumlalarni uning atrofiga yozish; yangi g‘oyalar paydo bo‘lishi bilan xayoliga kelgan 
    so‘zlarni ham darhol yozish; so‘zlarni yozish jarayoni o‘qituvchi tomonidan belgilangan 
    vaqt tugaguncha yoki barcha so‘z va tushunchalar tugaguncha davom etadi. Ta’lim kaster 
    texnologiyasini foydalanish uchun bir qator: xayoliga kelgan fikrlarining sifatiga e'tibor 
    bermasdan yozish, orfografiya va boshqa omillarga e'tibor bermaslik, vaqt tugaguncha, 
    iloji boricha to‘xtamasdan yozish, imkon darajasida ko‘proq bog‘lanishlar hosil qilishga 
    harakat qilish kabi qoidalarga rioya qilish zarur bo‘ladi. Bunda g‘oyalar va so‘zlar sonini 
    cheklab qo‘ymaslik lozim.
    Xulosa tarzda ta’lim texnologiyalari, loyiha va loyihalash nazariyalari, ta’lim tizimi-
    dagi yangi yondashuvlar, “Informatika o‘qitish texnologiyalari va loyihalash” fani maqsad 
    vazifalari hamda kursini o‘qitishning shakli va metodlarini ilmiy-uslubiy tahlili qilish 
    hamda mavjud pedagogik nazariyani inobatga olish ta’lim klasteri sharoitida bo‘lajak 
    o‘qituvchilarning verbal intellektini rivojlantirishda pedagogik asos bo‘lib xizmat qiladi
    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Высотский Л. С., Лурия А. Р. Этюды по истории поведения. – М., 1993. – C. 224 
    2. Iskandarova Sh. O‘zbek nutq odatining muloqot shakllari. Fil.fan.nom.dissertatsi-
    yasi. – Samarqand, 1993. – 140-b. 
    3. Колшанский Г.В. Паралингвистика. — М.: Наука, 1974.–С. 79.
    4. Николаева Г. М., Успенский Б. А. Языкознание и паралингвистика // 
    Лингвистические исследования по общей и славянской типологии. – М., 1966. 
    5. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. 3 jild – T.: Akademnashr, 2012. 1 jild. – 416-b.

    Download 429,88 Kb.
    1   2   3   4




    Download 429,88 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Key words. Cluster, cluster approach, educational technologies, verbal intelligence,  non-verbal intelligence. Qahramon ESHQORAYEV

    Download 429,88 Kb.
    Pdf ko'rish