• II. Darsning turi
  • VIII. Darsning borishi (reja)
  • IX.Yangi mavzu bayoni
  • K. A. Timiryazev- zamonaviy fotosintez ta'limotining asoschisi




    Download 75,51 Kb.
    bet11/16
    Sana06.01.2024
    Hajmi75,51 Kb.
    #131265
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Kurs ishi mavzu Fotosintez jarayonining ahamiyati va uni tarixi-fayllar.org (2)

    Dars ishlanma
    Sana: ________ “___”
    Sinf: 10- “B”.
    Mavzu:Fotosintez jarayonining rivojlanishi
    I. Darsning maqsadi:
    a) ta‘limiy: o`quvchilarga auksin va sitokininlar va ularning o‘zaro ta‘siri haqida umumiy ma`lumotlar berish.
    b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, ekologik, axloqiy tarbiya berish.
    v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
    d) shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
    II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
    III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
    IV. Darsning jihozi: Darslik, ko‘rgazmali qurollar.
    V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar, bukletlar.
    VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, flepchat doska.
    VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 minut.
    Darsning texnologik xaritasi:

    Dars bosqichlari




    Vaqt



    Tashkiliy qism




    10 daqiqa




    Yangi mavzuni


    boshlashga hozirlik


    2 daqiqa


    Yangi mavzuni yoritish





    15 daqiqa


    Guruhlarda ishlash.


    Yangi mavzuni tahlil
    qilish



    10 daqiqa


    Darsni yakunlash





    3 daqiqa

    Uyga beriladigan topshiriqlar





    5 daqiqa



    VIII. Darsning borishi (reja):
    1.Tashkiliy qism: a) Salomlashish, b) Tozalikni aniqlash, d) Davomatni aniqlash c) Darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
    2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) amaliy.
    IX.Yangi mavzu bayoni:
    Fotosintez ekologiyasi deganda, fotosintez maxsuldorligi tashqi sharoit omillarining ta’siriga bog‘liq ekanligi tushuniladi. Bu omillarning ta’siri va o‘simliklarning bu ta’sirlarga moslashuvi o‘simlikshunoslikda katta ahamiyatga ega. Chunki fotosintez jadalligi va mahsuldorligi shu munosabatga bog‘liq.
    Fotosintez jadalligi deb birmetr kvadrat yoki dm2 barg yuzasi hisobiga bir soat davomida o‘zlashtirilgan CO2 , yoki hosil bo‘lgan organix modda miqdoriga aytiladi. Fotosintezniig sof mahsuldorligi deb bir kecha-kunduz davomida o‘simlik quruq massasining barglari yuzasi xisobiga ortish nisbatiga aytiladi. Ko‘chilik o‘simliklar uchun bu 5-12 g/m2 ga teng. Fotosintez eng muxim fiziologik jarayonlaridan biri bo‘lib, o‘simliklar tomonidan boshqariladi va ularning boshqa funksiyalariga ham ta’sir etadi. SHuning uchun ham bu jarayonga tashqi va ichki omillarning ta’sirini o‘rganish katta ahamiyatga ega.
    YORUG‘LIK. YOrug‘lik fotosintezning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, uniig jadalligi va spektral tarkibi katta ahamiyatga ega. YOrug‘lik spektridagi faol (400-700 nm) nurlarning 80-85 foizini barglar yutadi. Lekin shundan faqat 1,5-2 foizi fotosintez uchun sarflanadi, ya’ni kimyoviy energiyaga aylanib, organik moddalar tarkibida (makroergik bog‘larda) to‘planadi. Qolgan energiyaning 45 foizi transpiratsiya uchun va 35 foizi issiqlik energiyasiga aylanib sarflanadi.A.S.Faminsinning ko‘rsatishicha (1880), fotosintez eng past yorug‘likda, xatto kerosin lampasining yorug‘ligida ham bo‘lishi mumkin. Ayrim olimlarning ko‘rsatishicha, fotosintez kechki nomozshom va ba’zi mintaqalardagi yorug‘ kechalarda (oq tun) kuchsiz bo‘lsa ham davom etadi. Eng yuqori yorug‘likda fotosintez jadalligi o‘simliklarning nafas olish tezligidan sezilarli darajada baland bo‘ladi, ya’ni fotosintez uchun yutilgan CO2 ning miqdori nafas olish jarayonida ajralib chiqqan CO2 ning miqdoridan ko‘p bo‘ladi. YOrug‘likning pasayib borishi natijasida esa CO2 lar o‘rtasidagi farq ham kamayib boradi. Fotosintez jarayonida yutilgan CO2 ning miqdori bilan nafas olishdan ajralib chiqqan CO2 ning miqdori bir-biriga teng bo‘lgan yorug‘lik darajasi - yorug‘likni eng kompensatsiya nuqtasi deyiladi. YOrug‘likning kompensatsiya nuqtasi soyaga chidamli o‘simliklarda quyosh yorug‘ligining 1 foizda, yorug‘liksevar o‘simliklarda 3-5 foizida sodir bo‘ladi. Fotosintezda yorug‘lik nurlarining spektral tarkibi ham muhim rol o‘ynaydi. Spektrning qizil nurlari ta’sirida fotosintez jadalligi eng yuqori darajada kechadi. CHunki bu nurlar bir kvantiniig energiyasi 42 kkal/molga teng bo‘lib, xlorofill modekulasini qo‘zg‘algan holatga o‘tkazadi va energiyasi fotokimyoviy reaksiyalar uchun to‘la foydalaniladi. Spektrning ko‘k qismidagi nurlarning bir kvantida 70 kkal/mol energiya bo‘lib, uni qabul qilgan xlorofill molekulasi qo‘zg‘algan holatning yuqori darajasiga o‘tkazadi va to fotokimyoviy reaksiyalarda foydalanguncha bir qismi issiqlik energiyasiga aylanib atrofga taraladi. SHuning uchun ham bu nurlarni unumliligi kamroq bo‘ladi. Lekin fotosintez uchun eng qulay bo‘lgan qizil nurlarga to‘yingan qizil nurlar hisobida 20 foiz ko‘k nurlar qo‘shilsa, fotosintezning tezligi oshadi.

    Download 75,51 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 75,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. A. Timiryazev- zamonaviy fotosintez ta'limotining asoschisi

    Download 75,51 Kb.