|
KARBONAT ANGIDRIDNING KONSENTRATSIYASI
|
bet | 12/16 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 75,51 Kb. | | #131265 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu Fotosintez jarayonining ahamiyati va uni tarixi-fayllar.org (2)KARBONAT ANGIDRIDNING KONSENTRATSIYASI. Fotosintez uchun eng zarur bo‘lgan birikmalardan biri CO2 hisoblanadi. Uning miqdori havo tarkibida 0,03 foizni tashkil etadi. Bir gektar yer ustidagi 100 m havo qatlamida 550 kg CO2 bo‘ladi. Shundan bir kecha-kunduz mobaynida o‘simliklar 120 kg CO2 ni yutadi. Lekin atmosferadagi CO2 ning miqdori tabiatda mavjud bo‘lgan karbonat angidridning doimiy miqdorini saqlab qoladi. Xatto atmosfera tarkibida CO2 ning asta sekin ko‘payish jarayonlari sezilmoqda. Havo tarkibidagi CO2ning miqdorini 0,03 foizdan to 0,3 foizgacha ko‘paytirish fotosintez jadalligini ham oshiradi. O‘simliklarni qo‘shimcha CO2bilan oziqlantirish, ayniqsa, issiqxonalarda o‘stiriladigan qishloq xo‘jalik ekiilari uchun foydalidir. Bu usul bilan ularning hosildorligini oshirish mumkin. Ammo ko‘shimcha CO2bilan oziqlantirish faqat C3 o‘simliklarning hosildorligini oshirishga kuchli ta’sir etadi, C4 o‘simliklariga esa ta’sir etmaydi. CHunki C4 o‘simliklari o‘z tanasida CO2to‘plash va undan foydalanish xususiyatiga ega.
Issiqxonalarda havo tarkibidagi CO2ning miqdorini 0,2-0,3 foizga etkazish, ayniqsa, sabzavot o‘simliklariga yaxshi ta’sir etib, ularniig hosildorligi 20-50 foiz va hatto 100 foizgacha ko‘payishi mumkinligi aniqlangan.
HARORAT. Harorat o‘simliklarning hamma tiriklik jarayonlariga tasir etadi. Fotosintez jarayoni uchun asosan uchta harorat nuqtasi mavjuddir:
1) minimal — bu darajada fotosintez boshlanadi; 2) optimal - fotosintez jarayoni uchun eng qulay harorat darajasi; 3) maksimal — bu eng yuqori harorat darajasi bo‘lib, undan ozgina ortsa fotosintez to‘xtab qoladi. Harorat nuqtalarining darajasi o‘simlik turlariga bog‘liq bo‘ladi. Minimal harorat shimoliy kenglikda o‘sadigan o‘simliklar (qarag‘ay, archa va boshqlar) uchun - 150S, tropik o‘simliklari.uchun esa 4-80S atrofida bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘simliklar uchun harorat 25-350Sbo‘lganda eng jadal fotosintez sodir bo‘ladi. Haroratning undan oshib borishi fotosintezni ham sekinlashtiradi va 400S ga etganda to‘xtab qoladi. Harorat 450S ga etganda esa ayrim o‘simliklar o‘la boshlaydi. Ayrim cho‘l va adirlarda yashaydigan o‘simliklarda 580 S da ham fotosintez to‘xtamay davom etadi. Umuman, fotosintez jarayoniga yorug‘lik, CO2 miqdori va harorat birgalikda murakkab aloqadorlikda ta’sir etadi.
SUV.Fotosintez jarayonida suv juda katta omildir. Chunki suv asosiy oksidativ substrat — havoga ajralib chiqadigan molekulyar kislorod va CO2ni o‘zlashtirish uchun vodorod manbai bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqri barglarning me’yorida suv bilan ta’minlanishi: og‘izchalarning ochilish darajasini va CO2 ning yutilishini, barcha fiziologik jarayonlarning jadalligini, fermentativ reaksiyalarning yo‘nalishini ta’minlaydi. Barg tizmalarida suvning juda ko‘p yoki kamligi (ayniqsa, qurg‘oqchilik sharoitida) og‘izchalarning yopilishiga, natijada fotosintez jadalligiga ham ta’sir etadi. Suv tankisligi yoki kamchilligining uzoq muddatga davom etishi elektronlarning siklik va siklsiz transporti, yorug‘likda fosforlanish, ATFlarning hosil bo‘lish jarayonlariga salbiy ta’sir etadi.
|
| |