|
FOTOSINTEZ VA HOSILDORLIK
|
bet | 15/16 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 75,51 Kb. | | #131265 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu Fotosintez jarayonining ahamiyati va uni tarixi-fayllar.org (2)FOTOSINTEZ VA HOSILDORLIKFotosintez jarayonida o‘simliklarda organik modda hosil bo‘ladi va to‘plana boradi. Bu organik moddaning umumiy miqdori fotosintez va nafas olish jarayonlarining jadalligiga, ya’ni fotosintez jarayonida hosil bo‘layotgan organik moddaning nafas olish jarayoni uchun sarflanayotgan organik modda nisbatiga bog‘lik bo‘ladi: A=E-D, bu yerda, A—to‘plangan organik modda miqdori, R — fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik modda miqdori, D — nafas olish jarayoniga sarflangan organik modda miqdori.
O‘simlik tanasida vegetatsiya davrida sintez bo‘lgan quruq moddaning umumiy miqdori biologik hosil deyiladi. Biologik hosilning xo‘jalik maqsadlariga ishlatiladigan qismi (donlari, urug‘lari, ildiz mevalari va boshqalar) xo‘jalik hosili deyiladi. Xo‘jalik hosilning miqdori har xil o‘simliklarda turlicha bo‘ladi va bu koeffitsient (Kho‘j) bilan ifodalanadi: Umuman, quyidagi sharoitlar yaratilganda eng yuqori hosildorlik darajasiga erishish mumkin: 1) ekinzorlarda barg sathini ko‘paytirish; 2) fotosintetik organning faol ishlash davrini uzaytirish; 3) fotosintezniig jadalligini va mahsuldorligini oshirish; 4) fotosintez jarayonida sintezlangan organik moddalarniig harakatini va o‘simlik a’zolarida qayta taqsimlanishini tezlatish va hokazolar. Buning uchun esa hamma agrotexnik tadbir va choralar (o‘g‘itlash, sug‘orish, erga ishlov beпrish, zararkunandalarga qarshi kurashish va hokazolar) o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishi zarur.
Yangi mavzuni mustahkamlashsavollar:
Yashil o‘simliklarda anorganik moddalardan organik moddalarni hosil bo‘lishiga nima deyiladi?
Fotosintezni o‘rganish bo‘yicha birinchi tajribani kim olib borgan?
Qaysi olim o‘simliklarning yorug‘likda CO2 ni yutib o‘z tanasida uglerod to‘plashini aniqlagan?
O‘simliklarning barg eti qanday nomlanadi?
Xloroplastlarning asosiy vazifasi nimadan iborat?
Xlorofillning markazida qaysi element bor?
Fotosintezni energiya va moddalar almashinuvidagi o‘rni
Fotosintez jarayonida ishtirok etuvchi pigmentlar: xlorofill, fikobillinlar va karatinoidlar.
Fotosintezningyorug‘lik reaksiyalari: xalqali va xalqasiz.
Fotosintezning qorong‘ulik reaksiyalari: KalvinvaXetch-Slekyo‘li.
|
| |