K. K. Matyaqubov -chdpu "Texnologik ta’lim" kafedrasi katta o‘qituvchisi




Download 258 Kb.
bet2/11
Sana15.01.2024
Hajmi258 Kb.
#137732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Elektratexnika Мустакил иш УСЛУБИЙ КЎРСАТМА

Taqrizchilar:




Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Avazbayev A.I.
Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti ilmiy xodimi Raximov F.R.

Texnologik ta’lim kafedrasining 2023 yil “___”_____________ dagi yig‘ilishida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan. __-sonli bayonnoma.
© Chirchiq davlat pedagogika universiteti 2023 y.
KIRISH
Mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayotda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi islohotlarda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi muhim o‘rin tutadi. Har bir mamlakatning rivojlanishi yoki aksincha, inqirozga yuz tutishi mamlakatdagi ta’lim tizimining qay darajada takomillashganiga bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish va ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda, ijtimoiy soha hamda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga strategik masalalar sifatida alohida ahamiyat berilgan.
Jumladan, Konsepsiyada “mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish” vazifasi belgilangan. Shuningdek, unda ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim olishlari, mustaqil ishlash, malakalarini uzluksiz oshirish orqali mutaxassislarning zaruriy kompetensiyalarga ega bo‘lishi, ijodiy yaratuvchanlik, tadqiqotchilik, mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga erishishlari mumkinligi ta’kidlangan.
Mutaxassis kadrlar tayyorlashda ta’lim jarayonini tashkil qilish muhim о‘rin tutadi. Hozirgi kunda о‘quv rejalarda talabalar о‘quv yuklamasining hajmi auditoriya va mustaqil ta’limning nisbati bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida 40/60 foiz nisbatidan 50/50 foiz nisbatigacha, magistratura mutaxassisliklarida 30/70 foiz nisbatidan 50/50 foiz nisbatigacha ajratilgan. Ta’lim dasturining о‘zgarishi jarayonida fanlarning bir qator masala va muammolari mustaqil ta’lim orqali о‘rganilishi lozim. Mustaqil ta’lim talabalar tomonidan u yoki bu fan bо‘yicha dastur materiallaridan bir qismining mustaqil о‘zlashtirilishidir.
Texnologik ta’lim yo‘nalishi “Elektrotexnika, elektronika va elektr o`tkazgichlar” fani bo‘yicha umumiy soat xajmi o‘quv rejada 120 soat miqdorda belgilangan. Umumiy soatning 60 soati (30 soat ma’ruza, 30 soat amaliy) auditoriya va 60 soatni mustaqil ta’lim tashkil etadi. Mazkur uslubiy ko‘rsatmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baholash tartibi bayon etilgan.

Download 258 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 258 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



K. K. Matyaqubov -chdpu "Texnologik ta’lim" kafedrasi katta o‘qituvchisi

Download 258 Kb.