|
Mustaqil о‘qib-о‘rganish va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda talabalar quyidagi vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishi lozim
|
bet | 4/11 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 258 Kb. | | #137732 |
Bog'liq Elektratexnika Мустакил иш УСЛУБИЙ КЎРСАТМАMustaqil о‘qib-о‘rganish va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda talabalar quyidagi vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishi lozim:
fan (modul)lar bо‘yicha mustaqil о‘qib-о‘rganish uchun tavsiya etilgan mavzularni tо‘liq о‘zlashtirishi va mustaqil ish topshiriqlarini belgilangan muddatlarda sifatli tarzda taqdim etishi;
mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda plagiat (kо‘chirmakashlik) ga yо‘l qо‘ymasligi;
mustaqil ish topshiriqlarini bajarishga kreativ yondashishi, mustaqil, tanqidiy va innovatsion fikrlash, axborotlar bilan ishlash kompetentligiga ega bо‘lishi, о‘z-о‘zini rivojlantirishga intilishi;
kichik guruhlarda hamkorlikdagi mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda jamoaning umumiy maqsadiga mos harakat qilishi, о‘ziga yuklatilgan vazifalarni о‘z vaqtida bajarishi, jamoada ishlay olish kompetensiyasini о‘zlashtirishi.
Mustaqil ishga qо‘yilgan baho (ballar) bо‘yicha e’tirozlar bо‘lgan taqdirda, talaba belgilangan muddat tugaganidan keyin 24 (yigirma tо‘rt) soat (1 sutka) davomida dekanat (registrator ofis)ga elektron platforma orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari va turlari
Talabalarning mustaqil ta’limi quyidagi turlarda tashkil etilishi lozim:
– auditoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik kо‘rish;
– auditoriyadan tashqari vaqtda mustaqil ish topshiriqlarini bajarish;
– fan (modul) bо‘yicha mavzularni mustaqil ravishda axborot-resurs markazlari, uyi (talabalar turar joylari)da о‘qib-о‘rganish.
Auditoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik kо‘rish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
– ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik kо‘rish;
– seminar-konferensiyalarga tayyorgarlik kо‘rish;
– kо‘p sо‘raladigan savollar (FAQ-frequently asked questions) orqali о‘zini qiziqtirgan muammolarga о‘rgatuvchi dasturlar vositasida javob izlash;
– forumlarda ishtirok etish - fan mavzulari bо‘yicha telegram kanallari yoki masofaviy ta’lim platformalarida fikr almashish;
– web-kvest-о‘rgatuvchi test dasturlarida mashq qilish orqali fan (modul)ga oid bilimlarini mustahkamlash;
– nazorat ishlariga tayyorgarlik kо‘rish;
– sinov (zachyot)ga tayyorgarlik kо‘rish;
– imtihonga tayyorgarlik kо‘rish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mustaqil о‘qib-о‘rganish va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda talabalar quyidagi vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishi lozim
|