• Mustaqil ta’limni amalga oshirishga doir professor-о‘qituvchi hamda talabalarning vazifa va majburiyatlari
  • Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning




    Download 258 Kb.
    bet3/11
    Sana15.01.2024
    Hajmi258 Kb.
    #137732
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Elektratexnika Мустакил иш УСЛУБИЙ КЎРСАТМА

    Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning
    maqsad va vazifalari
    Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishdan asosiy maqsad fan (modul) bо‘yicha о‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, boyitish, amaliy kо‘nikma va malakalarni takomillashtirish, axborot bilan ishlash, о‘z-о‘zini rivojlantirish, kognitiv, kreativ, hamkorlikda ishlash kompetensiyalarini shakllantirishdan iboratdir.
    Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga xizmat qilishi lozim:

    • talabalarda о‘z-о‘zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi kompetensiyalarni egallash maqsadi bilan bog‘liqlikda mustaqil о‘quv faoliyatini amalga oshirish;

    • bilim, kо‘nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni shakllantira olish va uni hal etishning maqbul yо‘larini izlab topishga qobiliyatli kreativ shaxsni tarbiyalash;

    • talabalarda о‘quv dasturini о‘zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish;

    • ta’lim oluvchilarda bilim olishga doir mas’uliyatni oshirish;

    • talabalarda umummadaniy va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga imkon berish;

    • ta’lim oluvchilarda mustaqil bilim olish, о‘z-о‘zini boshqarish va о‘z-о‘zini rivojlantirishga qobiliyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish.



    Mustaqil ta’limni amalga oshirishga doir professor-о‘qituvchi hamda talabalarning vazifa va majburiyatlari
    Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda professor-о‘qituvchilar quyidagi vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishi lozim:

    • fan (modul) bо‘yicha fan dastur (sillabus)da о‘quv rejasida kо‘zda tutilgan kredit(soat)ga muvofiq mustaqil о‘qib-о‘rganish uchun mavzular va mustaqil ish topshiriqlarini aniq aks ettirish;

    • mustaqil ishlar va topshiriqlarning aqliy faoliyat (tahlil, sintez, taqqoslash, solishtirish, umumlashtirish)ni taqozo etishini ta’minlashi;

    • fan dastur (sillabus)da mustaqil о‘qib-о‘rganish uchun tavsiya etilgan mavzularni о‘zlashtirish va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishga doir metodik kо‘rsatmalar, baholash mezonlari va muddati, maslahat olish uchun kontakt soatlarini kо‘rsatib qо‘yishi;

    • fan (modul) bо‘yicha talabalarning kichik guruhlardagi hamkorlik faoliyatini tashkil etish hamda jamoada ishlash natijalari bо‘yicha sо‘rovlar о‘tkazish. Mazkur jihat talabalarning hamkorlikdagi ishlari natijalarini baholashda hisobga olinishi;

    • kurs ishi mavzulari bankini tuzishda mustaqil ta’lim mazmunini ham aks ettirishi;

    • oraliq va yakuniy nazorat savollarini tuzishda mustaqil ta’lim uchun tavsiya etilgan mavzularni ham nazarda tutishi;

    • mustaqil ish topshiriqlarining bajarilishini elektron tizim (platforma) orqali nazorat qilib borishi, tekshirishi va baholashi, natijalarni о‘z vaqtida talabalarga yetkazishi. Kichik guruhlarda hamkorlikda bajarilgan mustaqil ishlar taqdimotini о‘tkazishi, kongruentlik (“hozir va shu yerda”) tamoyiliga rioya qilgan holda, talabalarning yutuq va kamchiliklarini aniqlashtirishi va natijalarini e’lon qilishi;

    • professor-о‘qituvchi fan dasturi (sillabus)da belgilangan kontakt vaqtida mustaqil ish bо‘yicha talaba murojaati asosida maslahat va amaliy tavsiyalar berib borishini nazorat qilishi;

    • talabalarning mustaqil о‘zlashtirishlari uchun qо‘shimcha о‘quv materiallari, ularning mazmuniga doir mustaqil ish mavzulari va topshiriqlar tayyorlashi hamda talabalarga ularni bajarishlari uchun tegishli kо‘rsatmalar berib borishi.




    Download 258 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 258 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning

    Download 258 Kb.