bo‘ladi. Uzak nozik, tez chiriydigan buladi. CHirish o‘zakdan boshlansa,
po‘stloqqacha tarqalib daraxtni yo‘q kilishgacha olib keladi. Uzak rovak
xujayralardan iborat bulib, u butun tana buylab utadi. Uzakdan pustloqqa
qarab uzak nurlari utadi (16- rasm).
Markaziy qism. Tananing asosiy massasini tashkil qiladi. Bu qismning rangi
orqali daraxtning turlarini, mag‘izliligini va mag‘ihzsizligini ajratish mumkin,
chunki-mag‘izli daraxt turlarida markaziy qismi (mag‘izi) koramtir rangda,
mag‘izning periferiyasi buyicha chegaralangan qatlami ochiq rangda bulib,
pustloq osti (zobolon) deb aytiladi.
Agar mag‘izning rangi pustloq osti qatlamining rangidan farq qilmasa,
daraxt etilgan xisoblanadi.