qilganligi sababli ularning teksturasi ham har xil ko‘rinishda buladi. Yog’ochning
teksturasi yillik halqalarining eniga, ertangi va
kechki yogochlik qismining
ranglaridagi farqiga, tolalarning yirik, mayinligi va yunalishiga ham bog‘liq
bo‘ladi. Yog’ochni
kesish yo‘nalishi teksturaning o‘zgarishida katta rol uynaydi.
Masalan, radial va tangental yo‘nalish buyicha tilingan
taxtalarni randalash
natijasida hosil bo‘ladigan tekstura turlicha ko‘rinishda buladi, radial
yo‘nalish bo‘yicha, tekstura parallel to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘lsa, tangental
yo‘nalish buyicha esa burchak yoki konus shaklidagi
teksturalar mavjud
bo‘ladi. O‘zak nurlari va yillik halqalari aniq ko‘rinmaydigan yog’ochlarning
teksturalari uncha aniq va chiroyli ko‘rinmaydi.
O‘zak nurlari va yillik halqalari aniq bilinadigan yog’ochlarning tabiiy
gullari juda chiroyli buladi. Teksturalari chiroyli bulgan yog’ochlardan
mebel
korxonalarida
pardoz
materiali
sifatida,
qoplovchi
material—shpon
tayyorlashda keng foydalaniladi. Yong‘oq, nok, chinor, shumtol, eman kabi
yogochlar radial va tangental yunalishda tilinganda chiroyli kurinish (gul) lar
xosil buladi.
Yog’ochlarda sun’iy gullar ham hosil qilinadi.
Buning uchun tolalarning
yo‘nalishiga parallel qilib yoki ma’lum burchak ostida buyoqlar surtiladi.