• Yog’ochlik.
  • Kafedrasi bitiruv malakaviy ishi mavzu: uchtepa milliy xunarmandchilik kxkda o




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/50
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,12 Mb.
    #239548
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
    Bog'liq
    murodova r uchtepa milliy xunarmandchilik kxkda oqitiladigan duradgorlik fanini oqitishda oqitishda innovatsion talim texnologiyalaridan foydalanish bmi (1)

    Pustloq.
    Tashqi, ichki qatlamdan iborat bulib, tana xajmining 6—25% 
    cha qismini (miqdorini) tashkil etadi. Pustloqning tashqi qismi puk qatlam deb 
    ataladigan qattiq qatlamdan iborat. U yog’ochni turli tashqi ta’sirlardan, issiq-
    sovuqdan, mexanik ta’sirlardan, turli zararkunanda hasharotlardan saqlaydi. 
    Daraxt pustlog‘ining ichki qismi lub qatlami deyiladi. Lub qatlam kuzga 
    kurinmaydigan mayda tolalar (kapillyarlar) dan iborat. 
    Daraxt po‘stlog‘i hozirgi vaqtda xalk xo‘jaligining turli sohalarida 
    ishlatilmoqda. Qrim, Kavkaz, Uzoq SHarq va Saxalin zonalarida o‘sadigan 
    probkali eman daraxtining po‘stlog‘i qalin bo‘lib, ulardan probkalar, issiklik-
    izolyasion materiallar (plita-lar) va shu kabilar tayyorlanadi. 
    Kambiy.
    Bu lub bilan yogoch orasida joylashgan shirali katlam bulib, u 
    tirik xujayralardan iboratdir. Kambiyni oddiy kuz bilan ko‘rish juda qiyin, uni 
    kurish uchun kuzni qisman «qurollantirish» kerak bo‘ladi. Uni baxorda tanadan 
    pustlok, shilib olingan paytida ko‘rish mumkin. Bu vaktda kambiy 
    xujayralarining buzilishi natijasida shirali, shillik, parda — suyuqlik oqib chiqadi. 
    Kambiy lub orqali shoxdan keluvchi ozuqa bilan oziqlanadi. 
    Kambiy o‘sayotgan daraxt uchun hayotiy manba hisoblanadi. Kambiy 
    xujayralarining bo‘linishi daraxtning butun yashash davrida ro‘y berib 
    turadi. Faqat qishda kambiyning rivojlanishi to‘xtab, baxorda yana boshlanadi. 
    Baxorda kambiyning rivojlanishi shoxlardan, tananing uchki qismidan 
    ~ 20 ~ 


    boshlanib, u asta-sekin tana va ildizga o‘ta boradi. Agar daraxt tanasining 
    po‘stlogi halqa shaklida qirqib olinsa, daraxt o‘sishdan to‘xtab, quriy boshlaydi. 
    Yog’ochlik.
     
    Daraxtdagi tapaning yog’ochlik qismi (po‘stloq) ost, 
    mag‘iz va o‘zakdan iborat. Kambiy hujayralarining rivojlanishi (kuzda 
    susayib, yozda tezlashadi) natijasida, yillik halqalar hosil 
    bo‘ladi. Chunki kambiy hujayralarining rivojlanishi va bo‘linishidan 
    hosil bo‘lgan yangi hujayralarning tananing yog’ochlik qismiga o‘tadigan 
    miqdori ko‘p bo‘lib, ular yirik va yupqa po‘stloqli bo‘ladi. Natijada, 
    yog’ochlikning bahor faslida hosil bo‘lgan qismidagi rovak to‘qimaning zichligi 
    kam va yumshoq bo‘ladi. Yog’ochda, xususan, kuzda kambiyning aktivligi 
    susayadi, hujayralar maydalanib, qalin po‘stloqli bo‘la boradi va zichligi 
    ortadi. Oqibatda, yoz faslida hosil bo‘lgan yog’ochning qattiqligi yuqori 
    bo‘ladi. Yog’ochlikka o‘tgan kambiy xujayralarning zichligi kam bo‘lgan 
    qismi oqishroq tusga ega bo‘lib, zichligi ortiq bo‘lgan qismining rangi qoramtir 
    bo‘ladi. Bu hol daraxtning o‘sish davrida har yili takrorlanib, o‘z navbatida, 
    yillik halqalarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun daraxt 
    yoshini aniqlash maqsadida kesilgan g‘o‘lalarning ko‘ndalang qirqimidagi 
    yillik halqalar hisoblanadi. Yillik halqalarning ortishi natijasida tana 
    yo‘g‘onlasha boradi.
    Yog’ochning kundalang qirqimi buyicha qaraganda, halqalar aylana 
    shaklda, radial qirqimi buyicha, to‘g‘ri chiziqlar ko‘rinishida va tangental 
    qirqimi buyicha qaraganda, uchi shox tomonga qaragan burchaklar shaklida 
    namoyon buladi. Daraxtning yoshiga qarab, halqalarning zichligi va 
    qattiqligi orta boradi. Pustloqda yaqin joylashgan yillik halqalarning zichligi 
    kam, g‘ovak bulib, u orqali ildizdan olingan ozuqa moddalar pastdan yuqoriga 
    qarab ko‘tariladi. 

    Download 1,12 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedrasi bitiruv malakaviy ishi mavzu: uchtepa milliy xunarmandchilik kxkda o

    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish