• I bo‘lim Duradgorlikda ishlatiladigan asbob-uskunalalar
  • Jami: 20 4 16 9
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • Kafedrasi bitiruv malakaviy ishi mavzu: uchtepa milliy xunarmandchilik kxkda o




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/50
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,12 Mb.
    #239548
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
    Bog'liq
    murodova r uchtepa milliy xunarmandchilik kxkda oqitiladigan duradgorlik fanini oqitishda oqitishda innovatsion talim texnologiyalaridan foydalanish bmi (1)

    in
    ar
     
    K
    u
    rs
     
    ish



     







    1.
    Kirish. Duradgorlik fani 
    tarixi.
     
    Duradgorlik 
    ishlaridagi asosiy 
    jarayonlar 


    2.
    Duradgorlikda texnika 
    xavfsizligi qoidalari 


    I bo‘lim Duradgorlikda ishlatiladigan asbob-uskunalalar 
    3.
    Duradgorlikda 
    ishlatiladigan 
    ish 
    qurollari asboblari bilan 
    tanishtirish 


    4.
    Yog’och materiallar 


    5.
    Yog’och o‘ymakorligida 
    ishlatiladigan 
    ashyolar 
    bilan tanishtirish 
    (yog’och turlari) 


    6.
    Kesuvchi stanokda 
    ishlash tartib-qoidalari 
    (vazifalari) 


    7.
    Fugonka (randalovchi) 
    stanokni ishlatish 
    qoidalari 



    8.
    Reyamus stanogini 
    ishlatish qoidalari 
    (vazifalari) 



    9.
    Lobzik arra ishlatish 
    tartib-qoidalari 



    10.
    Qo‘l frezasidan va qo‘l 
    lobzigidan foydalanish 
    tartib-qoidalari va 
    vazifasi 



    11.
    Qo‘l tarsovka va qo‘l 
    shkurka ishlatish tartib-
    qoidalari va vazifasi 



    Jami: 
     
    20 

    16 
     
     
     

     
    ~ 11 ~ 


    1.5. “DURADGORLIK” FANINING MAZMUN VA MOXIYA 
    1.5.1. “YOG’OCH O‘YMAKORLIGI SAN’ATINING O‘ZIGA XOS 
    XUSUSIYATLARI” MAVZUSINING MAZMUN VA MOXIYA 
    REJA: 
    1.
    Yog’och o‘ymakorligi san’atining rivojlanishi. 
    2.
    Yog’och o‘ymakorligi ustalarining ishlari. 
    3.
    Toshkent, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand o‘ymakorlik sa’nati. 
    Qadimiy zamonlardan beri ota-bobolarimiz insoniyat vujudga keltirgan 
    kashfiyot, ilm-fan cho‘qqilarini egallab, o‘z hunarlarini avloddan-avlodga 
    o‘tkazib kelmoqdalar. Yog’ochga naqsh o‘yish va gul solish san’ati hamisha 
    ardoqlanib kelingan. Xozirgi paytda yog’och o‘ymakorligi me’morchilik bilan 
    bir qatorda ro‘zg‘or buyumlariga bezak berishda keng qo‘llanilmoqda. 
    Maxalliy an’analarni avaylab, ardoqlab ularni yangi mazmun bilan 
    boyitayotgan xalq ustalari asrlar davomida sayqal topgan qadimiy san’atning 
    etuk namunalarini yaratmoqdalar. Xozirgi kunda arxitektura bilan bog‘liq 
    bo‘lgan ganch va yog’och o‘ymakorligi tobora taraqqiy etib bormoqda. 
    O‘zbekistonda qadimdan me’morchilik va uy-ro‘zg‘or buyumlarini bezashda, 
    xalq amaliy san’atining turlaridan biri yog’och o‘ymakorligi keng qo‘llanib 
    kelingan. Yog’och o‘ymakorligida turli naqsh uslublaridan foydalaniladi. Har 
    bir usta o‘zi yashab, ijod etgan erdagi badiiy an’analariing o‘ziga xos 
    tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Masalan, xivalik xalq ustalari yog’ochni o‘yib 
    naqsh ishlashda yog’ochning tabiiyligini saqlab qolganlar, buxorolik ustalar esa 
    naqsh o‘yib ishlangan buyumlarni jim-jimador qilib, uni oltinsimon va 
    kumushsimon ranglar bilan bo‘yaganlar. Ko‘qonlik xalq ustalari yog’ochni 
    Tayanch so‘z va iboralar:
    Yog’ochga naqsh o‘yish, gul 
    solish, me’morchilik, ganch, badiiy, oltinsimon va 
    kumushsimon, zaminsiz, buklama shirmalarda, bargli va 
    nina barglilar, smola modda, iskana, chekich iskana,
    kazein elimi, chigit moyi 
    ~ 12 ~ 


    o‘yib naqsh solishda uni o‘rta chuqurlikda o‘yganlar. Toshkent xalq ustalari 
    taxta yuzasidagi naqshlarni zaminsiz, chiziqlar orqali bajarganlar va xoshiya 
    naqshlarini ko‘p ishlatganlar, Marg‘ilon ustalari o‘ymakorlik ishlarining 
    zaminini o‘ta chuqur o‘yganlar. Xozirgi paytda yog’och o‘ymakorligi va 
    naqqoshligi me’morchilik bilan bir katorda ro‘zg‘or buyumlariga bezak berishda 
    keng qo‘llanilmoqda. O‘yma naqqoshlikning ajoyib namunalarini toshkentlnk 
    ustalar yasagan eshiklar, buklama shirmalarda, kursichalar, laganlar shu kabi 
    boshqa buyumlarda yaqqol ko‘ramiz
    Yog’och o‘ymakor ustalar yog’ochni o‘yishdan oldin uning o‘ziga xos 
    xususiyatlarini sinchiklab o‘rganganlar. Keyingina yog’ochga o‘yib naqsh 
    ishlangan. Hamma yog’ochlar ular olinadigan yog’och turiga qarab ikki 
    guruhga: bargli va nina barglilarga, bo‘linadi. Nina bargli daraxtlardan olingan 
    yog’ochlar kurinishda, duradgorlikda va yog’och o‘ymakorligida asosiy material 
    hisoblanadi, chunki ularning o‘ziga xos afzalliklari bor. CHunonchi tarkibida 
    smola moddalari bo‘lganligi uchun u tez chirib ketmaydi, bargli daraxtlarga 
    qaraganda ko‘pligi va engilligi, unga ishlov berish osonligi, tanasi to‘g‘ri, silliq 
    bo‘lgani uchun undan silliq xoda tayyorlash mumkin. Yog’och materiallari 
    tabiiy guli, rangi, tovlanishi va xidiga qarab aniqlanadi. O‘zbekistonlik yog’och 
    o‘ymakor ustalar o‘z ishlari uchun eng yaxshi yong‘oq (grecheskiy orex), 
    kayrag‘och, chinor (platan), tut, archa (mojjevelnik), nok (grusha), zarang 
    (klyon), zirk (olxa), shumtol (yasen), mirzaterak (topol), baqaterak, tog‘ teragi 
    (osina), terak, o‘rik (uryuk) kabi daraxtlardan va hozirda boshqa joylardan 
    keltirilgan shamshod, eman, oq qarag‘ay (pixta), tilogoch (listvennitsa), 
    arg‘uvon (lipa), oq qayin (beryoza), qora qayin (buk), qarag‘ay (sosna) 
    daraxtlari yog’ochlarini ishlatadilar. Ushbu yog’ochlarni pardozlash orqali naqsh 
    o‘yishga tayyorlaydilar. Bunda pardozlashda yog’och sirtini yaxshilab tozalash, 
    silliqlash, o‘yma relefga uch xil: pax (yoyma), choka (yorma), lula pardoz berish 
    hamda bo‘yab, kumush suvi yugirtirish, loklash va jilolash kabi ishlardan iborat. 
    Yog’och o‘ymakorligida ishlatiladigan yog’ochlarni butun yil bo‘yi 
    tayyorlash lozim. Lekin yog’ochlarni daraxtlardan suv qochgan vaqtda, ya’ni 
    oktyabr, noyabr oylarida tayyorlash yaxshi natija beradi. Kesilgan daraxt uzoq 
    ~ 13 ~ 


    saqlanganda chirimasligi va qurt emasligi uchun uning po‘stlog‘ini shilish va 
    soya xamda shamol tegadigan joyda saqlash lozim. Yog’ochlarni ishlatish 
    oldidan e’tibor bilan tanlash va xillash kerak, Buralgan, serbutoq yog’ochlarni 
    olmaslik lozim, chunki ulardan yasalgan buyumlar sifatsiz chiqadi. Xo‘l taxtani 
    ishlash quruq taxtaga qaraganda birmuncha qiyin. Nam taxtalar ko‘pincha ish 
    jarayonida nami qochib qiyshayishi mumkin. SHuning uchun mebel, o‘yma 
    buyumlar yasashda ishlatiladigan yog’och materiallar quruq bo‘lishi shart. 
    O‘quvchilar qilinadigan ishning katta-kichikligiga qarab, yog’och 
    materiallarni, fanerlarni xillab olishlari lozim. Materiallarni xillab olish 
    tayyorlanadigan buyumning sifatli chiqishini ta’minlaydi. Ishlatiladigan yog’och 
    materiallar yaxshi qurigan bo‘lsa, tob tashlab buralish, kurish natijasida darz 
    ketish xollari yuz bermaydi. 
    Naqsh o‘yilishi kerak bo‘lgan buyumni yaxlit holda dastgoxga o‘rnatish 
    birmuncha qiyin. SHu sababli uni qismlarga ajratib o‘yish oson va qulaydir. 
    O‘yiladigan buyum qismlarini maxsus burama qisqichlar bilan dastgoh ustiga 
    qimirlamaydigan qilib o‘rnatiladi. Buyum yuziga naqsh tushirishdan oldin 
    buyum yuzini yumshatish uchun paxta moyi surtiladi. O‘yish vaqtida esa iskana 
    uchi sovunga tegizib olinadi, shunda iskana ravon kesadi. 
    Yog’och o‘ymakorligi san’atining ajoyib xususiyatlaridan biri shundaki, 
    o‘ymakor usta ikki qo‘li bilan ishlaydi. Iskana qalamni chap qo‘liga ushlab, o‘ng 
    qo‘li bilan bolg‘ani tutib, iskana dastasiga urib, naqshni kesadi. O‘zbekistonda 
    ishlatiladigan o‘yma naqshlarning chuqurligi 2 mm dan 15 mm gacha boradi. 
    Toshkent, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand o‘ymakor ustalari buyumlarning 
    o‘yilgan zaminini chekma uslubida maxsus chekich iskana qalam bilan 
    chakichlab chiqadidar. Xiva ustalari naqsh zaminini chakichlamasdan 
    tekisligicha qoldiradilar. Ular o‘yib tayyorlangan buyumlarning yuziga 
    qizdirilgan chigit yog‘i surtadilar. Bunda buyumning namga va issiq-sovuqqa 
    chidamliligi oshadi. Ikkinchidan chigit yogi naqsh yuzini qoramtir qilib 
    ko‘rsatadi. Toshkent, Qo‘qon va Samarqand ustalari esa tayyor buyumlarni 
    maxsus lok bilan loklaydilar. 
    ~ 14 ~ 


    Yog’och o‘ymakorligi san’atida ishlatiladigan yordamchi materiallar va 
    asbob uskunalarga quyidagilarni kiritish mumkin. Duradgorlik elimi, kazein 
    elimi, chigit moyi, jilvir qog‘oz, elimdon kabilardan foydalaniladi. 
    Bundan 
    tashqari 
    duradgorlikda 
    yog’ochni 
    qayta 
    ishlash 
    uchun 
    mo‘ljallangan dastaki va mexanik asboblardan ham foydalaniladi. 
    Duradgorlik elimi - yog’och materiallarini bir-biriga elimlash uchun 
    ishlatiladi. Duradgorlik elimi go‘sht va suyaklardan tayyorlanadi. 
    Kazein elimi - yog’och o‘ymakorligi va duradgorlikda ishlatiladigan elim 
    bo‘lib, sutning oxirgi ishlatib bo‘lmaydigan qismidan tayyorlanadi. U talqon 
    xolida yoki 4-12 mm li qattiq donacha ko‘rinishida bo‘ladi. 
    CHigit moyi — o‘yilgan o‘yma nakati beys yordamida o‘rik, yong‘oq yoki 
    boshqa yog’och rangiga keltirib bo‘yalgandan so‘ng chigit moyi paxtali latta 
    bilan ishqalab surkab chiqiladi va 3,7 nomerli spirtli lok surkab chiqiladi. 
    Knopka naqshni buyumni yuziga tushirishda shildiroq qog‘oz siljimasligi 
    uchun uni maxkamlab qo‘yishda ishlatiladi. 
    Moslamalardan jilvir qog‘oz, mayin yassi egovlar ishlatiladi. Jilvir 
    qog‘ozlar donlarining yirik-maydaligiga qarab, 120 dan 180 gacha 
    nomyorlanadi, nomerlar ortib borishi bilan donalari maydalashib boradi, 120-
    140 nomerlilari mayda donali jilvir deyiladi. 

    Download 1,12 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedrasi bitiruv malakaviy ishi mavzu: uchtepa milliy xunarmandchilik kxkda o

    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish