Korxona sharoitida yog’ochlarning namligi, asosan tortish va
elektr
metodi bilan aniqlanadi. Tortish metodi buyicha namlik quyidagi formula bilan
topiladi:
W q [{t~t
o
)G‘t
o
] • 100
[%]
Bunda
m
—namunaning quritishdan oldingi massasi;
0
m
— shu
namunaning absolyut xolatigacha quritilgandan keyingi massasi.
Tortish metodi buyicha absolyut namlikni aniqlash uchun tegishli yog’och
materiallardan 20X20X30 mm li prizmatik namunalar tayyorlanib tekshirish
maqsadga muvofiqdir. Tayyorlangan bunday
namuna notekisliklardap va
yog’och qipiqlaridan tozalanadi, keyin esa 0,01 g aniqlikda tortib,
С
0
2
103
±
temperaturasi bulgap quritish shkafida quritiladi. Quritish protsessi
12... 24 soatgacha davom etishi mumkin (yog’och turiga bog‘liq holda) yoki
juda tez xolda (bu uncha aniq metod emas) yog’ochlarning elektr
o‘tkazuvchanligiga asoslangan elektrovlagomer yordamida ulchash orqali
ularning namligini aniqlash mumkin. Yog’ochlarning namligiga qarab: ho‘l,
chala quruq, ochikda qurigan, uyda qurigan va absolyut quruq deb bir-biridan
farq qilinadi. YAngi kesilgan
daraxtniig namligi turiga, kesilgan vaqtiga qarab
40% va undan yuqori bo‘ladi, ya’ni ho‘l yog’ochning namligi 23 % day ortiq chala
quruq, yog’ochning namligi 18—23 % gacha, ochiq havoda qurigan yog’ochning
namligi 12—18 % gacha uy ichida qurigan yog’ochning namligi 8—12 % gacha
buladi. Absolyut quruq qurigan yog’ochning namligi 0% bo‘lib, bu laboratoriya
sharoitidagina hosil qilinadi.
Yog’ochning og‘irligi uning turiga, tuzilishiga va namligiga bog‘liq.
Yog’ochning solishtirma va hajmiy og‘irligi buladi.
Solishtirma og‘irlik-hech qanday g‘ovakligi, namligi,
havosi bulmagan
absolyut yog’ochning og‘irligi hisoblanib, birligi GG‘sm
3
larda ifodalanadi.
Hamma turdagi yog’ochlarning solishtirma og‘irliklari taxminan 1,5 ga teng
buladi.
Hajmiy og‘irligi deb yog’ochning g‘ovakligi, namligi, havosi va smolasi bilan
qattiq moddasining birgalikdagi og‘irligiga aytiladi.
~ 24 ~
Bu og‘irlik yog’ochning asosiy sifatlarini, mexanik xossalarini ko‘rsatuvchi
faktorlar bulib, katta amaliy axamiyatga ega. Turli yog’ochlarda hajmiy
og‘irlik turlicha buladi. Hatto, turli joylarda o‘sgan bir turdagi yog’ochning
hajmiy og‘irligi ham bir xil bo‘lmaydi.
Bulardan
tashqari, yog’ochlarning fizik xossalariga: yog’ochlarning
qurishi, nam tortib bukilishi, tob tashlab qiyshayishi, yorilishi, yog’ochlarning
zichligi, tovush, issiqliq, elektr o‘tkazuvchanliklari ham kiradi.