• Yog’och payraxali plitalar.
  • Kafedrasi bitiruv malakaviy ishi mavzu: uchtepa milliy xunarmandchilik kxkda o




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/50
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,12 Mb.
    #239548
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
    Bog'liq
    murodova r uchtepa milliy xunarmandchilik kxkda oqitiladigan duradgorlik fanini oqitishda oqitishda innovatsion talim texnologiyalaridan foydalanish bmi (1)

    Duradgorlik 
    plitalari. 
    Bir-biriga 
    elimlab 
    yopishtirilgan 
    yoki 
    yopishtirilmagan reykalardan yigilgan va ikki tomoniga bir yoki ikki qavat shpon 
    yopishtirilgan yog’och shpon duradgorlik plitasi deb ataladi. Duradgorlik piitalari 
    chiroyli gulli, randalangan fanerlar bilan ham qoplanadi. Bular bir tomonlama 
    yoki ikki tomonlama qoplanadi.
     
    Duradgorlik plitalarining qalinligi 16 dan 50 mm gacha, eni 1220 dan 1525 
    mm gacha, uzunligi 1800 dan 2500 mm gacha qilib tayyorlanadi. 
    Plitalardan shchitli mebellar, eshik, tusiq, polkalar, divan va boshqalar 
    tayyorlanadi. 
    Yog’och payraxali plitalar. 
    Yog’ochni qayta ishlash korxonalarida xoda 
    va g‘o‘lalarni tilish, randalash vaqtida, faner va shchit tayyorlashda ko‘plab 
    qipiq, payraxa, taxta, reyka va fanerlarning chikindilari hosil buladi. Ulardan 
    plitalar tayyorlashda foydalanish mumkin. Plita tayyorlash texnologiyasi 
    kuyidagichadir. 
    Yog’och ishlash stanoklarida hosil bulgan payraxa, qipiq va yog’och 
    chikindilar-plita tayyorlash sexiga yuboriladi. Bu erda katta o‘lchamdagi yog’och 
    chiqindilar maydalanadi va vibratsion elaklarda elanib, changdan tozalanadi. 
    Tozalangan tarasha maydalanib, payraxalar bilan birgalikda quritgichga 
    yuboriladi. Bu erda payraxa namligi 4—6% ga tushguncha quritilib, 
    aralashtirgichga yuboriladi va sintetik smola bilan aralashtiriladi. Sintetik 
    smolaning mikdori quruq payraxa ogirligining 6—8% ini tashkil etadi. 
    Natijada, hosil qilingan aralashma tayyorlanadigan buyum va mebel 
    qismlarining shakl hamda o‘lchamlariga ega bulgan maxsus qoliplarga to‘kib 
    yoyiladi va tekislanadi. Yoyilgan payraxaning qalinligi tayyorlanadigan buyum 
    qalinligi va zichligiga qarab har xil buladi. Qolip sovuq pressga utkazilib, unda 
    payraxani 40—45 mm qalinlikkacha presslanadi. So‘ngra issik, pressga 
    o‘tkaziladi. Issiq pressda presslash Q140° gacha temperaturada olib boriladi. 
    Tegishli korxonalarda yog’och payraxali plitalar tayyorlash bilan bog‘liq 
    ~ 28 ~ 


    bo‘lgan texnologik protsess yarim avtomat va avtomat liniyalar yordamida 
    olib boriladi. 
    Yog’och payraxali plitalar qalinligi 5—100 mm gacha, eni 1200—2400 
    mm gacha, uzunligi 5400 mm gacha qilib tayyorlanadi. 
    SHuni aytib utish kerakki, bunday plitalarning hohlagan uzunlikdagisini 
    uzluksiz presslash orqali hosil qilish mumkin. 
    Bunday plitalarning puxtaligi va tuzilishi hamma yunalishda bir xildir. 
    Ularga randalangan faner, pardoz shponi qoplash yo‘li bilan sifatini 
    oshirish va turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Ular mix, burama mix 
    yordamida tirnok,li birikmalar xosil qilish yuli bilan oson biriktiriladi. 
    Yog’och payraxali plitalar mebel korxonalarida ishlatiladigan barcha 
    yog’ochning
    85% gacha qismini tashkil etadi. Plitalar pol tayyorlash, devor va 
    shiplarni qoplash, eshik qanotlari tayyorlashda ishlatiladi. 

    Download 1,12 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedrasi bitiruv malakaviy ishi mavzu: uchtepa milliy xunarmandchilik kxkda o

    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish