• Tayanch so‘z va iboralar: chizg‘ich, go‘niya, porsi go‘niya, vintli porsi cho‘niya, xatkash, Sirkul, Kronsirkul va nutromer, shtangensirkul, mikrometr
  • VA REJALASH ASBOBLARI” MAVZUSINING MAZMUN VA




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/50
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,12 Mb.
    #239548
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
    Bog'liq
    murodova r uchtepa milliy xunarmandchilik kxkda oqitiladigan duradgorlik fanini oqitishda oqitishda innovatsion talim texnologiyalaridan foydalanish bmi (1)

    VA REJALASH ASBOBLARI” MAVZUSINING MAZMUN VA 
    MOXIYATI 
    REJA: 
    1.
    Yog’och o‘ymakorligida o‘lchov asboblarning ahamiyati. 
    2.
    Go‘niya va uning turlari 
    3.
    Xatkash va undan foydalanish. 
    4.
    Sirkul va unin turlari 
     
    Yog’och materiallardan tayyorlanadigan buyumlarning aniq va yaxshi 
    sifatli chiqishi duradgorning ish malakasiga va shu bilan birga, nazorat-o‘lchov 
    hamda rejalash asboblaridan o‘rinli, to‘g‘ri foydalana olishlariga bog‘liq. 
    Duradgorlikda masshtabli chizg‘ich, go‘niya, porsi go‘niya, vintli porsi 
    cho‘niya, xatkash kabi nazorat-o‘lchov va rejalash asboblaridan foydalaniladi 
    Masshtabli chizg‘ich
    yordamida Yog’och materiallarning, tayyor detal va 
    buyumlarning o‘lchamlari o‘lchanadi va rejalash ishlari bajariladi. 
    Masshtabli chizg‘ich yordamida rejalashda baza yuzasidan boshlab kerakli 
    o‘lchamlar belgilanadi. Bu belgilar ustiga chizg‘ich o‘rnatilib qalam yoki 
    chizg‘ich bilan reja chiziladi. Masshtabli chizg‘ich yordamida egri chiziqlarni 
    ham rejalash mumkin. Buning uchun egrichiziq o‘rniga uning egriligiga qarab 
    har er-har erga mix qoqib olinadi. So‘ngra chizg‘ichni qirrasi shu mixlar 
    bo‘yicha egib o‘tqiziladi va qalam bilan reja chiziq chiziladi. 
    Tayanch so‘z va iboralar: 
    chizg‘ich, go‘niya, porsi go‘niya, 
    vintli porsi cho‘niya, xatkash, Sirkul, Kronsirkul va nutromer,
    shtangensirkul, mikrometr
     
    ~ 31 ~ 


    Duradgorlik nazorat-o‘lchov asboblari: 
    I-masshtabli chizg‘ich; II-a-oddiy yog’och go‘niya; 1-kunda; 2-chizg‘ich; b-metall chizg‘ichli go‘niya; 
    III-a-bir cho‘pli; b-ikki cho‘pli xatkash; 1-kunda; 2-xatkash; 3-pona; 4-chizg‘ich; IV-porsi go‘niya; 1-
    kunda; 2-chizg‘ich; V-vintli go‘niya; 1-kunda; 2-chizg‘ich; VI-sirkul; VII-kronsirkul; VIII-nutromer.
    Go‘niya 
    duradgorlikda randalangan sirtlarning bir-biriga nisbatan 
    go‘niyaviyligini, taxta qirqimlarining go‘niya asosida arralanganligini, buyum 
    qismlarining go‘niyaviy (to‘g‘ri burchak hosil qilib) biriktirilganligini va 
    sirtlarga to‘g‘ri burchak hosil qilib reja chiziq chizish, reja chiziqlarning qolgan 
    tomonlarga simmetrik ko‘chirish maqsadda ishlatiladi. 
    Arralangan yoki 
    randalangan sirtlarning bir-
    biriga nisbatan 
    go‘niyaviyligini tekshirish 
    hamma vaqt “bet” yoki 
    “yordamchi bet” ga nisbatan 
    olib boriladi. Sirtlarning bir-
    biriga nisbatan 
    go‘niyaviyligini tekshirishda 
    go‘niya kundasi “bet” yoki 
    “yordamchi bet” ga jips tutilib, 
    so‘ngra go‘niya chizg‘ichi 
    ~ 32 ~ 


    tekshiriladigan sirt (qirra yoki qirqim)ga tushiriladi. Chizg‘ichning sirtga jips 
    tegish yoki tegmasligiga qarab sirtlarning to‘g‘ri arralangan yoki randalanganligi 
    haqida xulosa chiqariladi. 
    Go‘niya yordamida randalangan taxta chetlarining go‘niyaviyligini 
    tekshirishda chizg‘ichni sirt bo‘ylab surmasdan, balki sirtning har er-har eriga 
    ko‘tarib ko‘chirish yo‘li bilan tekshiriladi. Aks holda, chizg‘ich qattiq 
    Yog’ochdan tayyorlanishiga qaramasdan, ishqalanib eyiladi va go‘niyaviyligi 
    (to‘g‘ri burchakliligi) buziladi. Shuning uchun vaqt-vaqti bilan go‘niyaning 
    to‘g‘ri burchakliligi tekshirib turiladi. Buning uchun nazorat go‘niya asosida 
    randalangan taxtaning “bet”iga tekshiriladigan go‘niya lineykasining ichki 
    qirrasi bo‘yicha reja chizig‘i chizib, shu reja chizig‘i bo‘yicha chizg‘ichni 
    ag‘darib tutiladi. Bu vaqtda chizg‘ichning ichki qirrasi reja chizig‘iga parallel 
    yoki u bilan ustma-ust tushsa, go‘niya to‘g‘ri burchakli, tekshirish uchun 
    yaroqli, aks holda yaroqsiz hisoblanadi. Chizg‘ich tashqi qirrasining to‘g‘riligi 
    ham shu tariqa tekshiriladi. 
    Go‘niya yordamida reja chizig‘ini qolgan tomonlarga olib o‘tishda 
    ko‘chirish tartibiga rioya qilinadi. Reja chizig‘i birinchi navbatda baza 
    yuzalariga chizilib (“bet” va “yordamchi bet”lar rejalash baza yuzasi 
    hisoblanadi), ular orqali qolgan tomonlarga olib o‘tiladi. Masalan, “bet”dagi reja 
    chizig‘i taxtaning ikki cheti (qirrasi) ga ko‘chirilib, orqa tomonga “yordamchi 
    bet” orqali ko‘chiriladi. Reja chizig‘i hech qachon orqa tomon orqali olib 
    o‘tilmaydi. 
    Porsi go‘niya.
    Buyum qismlarining porsi usulida biriktirishda (sur’at 
    ramkasi qismlari, eshik, deraza romlarining chaspaklari, javon, shkaf kabilarning 
    karnizlari, umuman chorabzal randalar yordamida gul chiqarilgan qismlarni 
    biriktirishda) rejalash porsi go‘niya yordamida bajariladi. Porsi go‘niya 
    chizg‘ichi kundaga 45
    0
    burchak hosil qilib o‘rnatiladi. 
    Porsi go‘niya yordamida rejalash go‘niya yordamida rejalash singari 
    bajariladi, bunda faqat “yordamchi bet” ga nisbatan “bet”larga reja chiziq 
    chiziladi. Porsi chiziqlari boshqa tomonlarga ko‘chirilmaydi. 
    ~ 33 ~ 


    Vintli porsi go‘niya chizg‘ichi kundaga vint yordamida qotiriladi, vintni 
    bo‘shatish yo‘li bilan chizg‘ichni kundaga nisbatan ixtiyoriy burchakka burib 
    o‘rnatish mumkin. Shuning uchun vintli porsi go‘niya yordamida bir-biriga turli 
    xil burchaklar hosil qilib biriktiriluvchi qismlar rejalanadi. 
    Vintli porsi go‘niya yordamida chiziladigan reja chiziqlari faqat 
    “bet”larga chiziladi. 
    Xatkash - 
    aniq o‘lchamli qilib arralash, randalash, o‘yish-teshish ishlarini 
    bajarishda Yog’och materiallarning turli tomonlariga ularning qirralariga 
    parallel qilib reja chiziqlari chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi. 
    Xatkashlar bir cho‘pli, ikki cho‘pli va ko‘p chizg‘ichli bo‘lishi mumkin. 
    Ikki cho‘pli xatkashlar bir cho‘plisiga qaraganda ishlatishga qulay. Ko‘p 
    chizg‘ichlixatkashlar ko‘p tirnoqli birikmalarni rejalashda ishlatilib, ular har bir 
    birikma uchun maxsus tayyorlanadi. 
    Xatcho‘pli xatkashlarni ishga sozlishda pona bo‘shatilib, cho‘plar 
    kundadan kerakli o‘lchamda chiqariladi. Uning aniq o‘lchamda chiqarilishini 
    ta’minlash uchun masshtabli chizg‘ich yordamida kundadan cho‘pning 
    chizg‘ich-mixgacha bo‘lgan oraliq o‘lchanadi. Chizg‘ichlar o‘lchamga 
    sozlangandan so‘ng cho‘plar kundaga pona yordamida qotirilib, o‘lchamlar 
    qayta tekshiriladi. 
    Bir cho‘pli va ikki cho‘pli xatkashlardan foydalanib rejalashda eni 7-8 sm 
    atrofida bo‘lgan taxtalarga reja chiziladi. Undan enlik taxtalar masshtabli 
    chizg‘ich yordamida rejalanadi. 
    Xatkash yordamida rejalashni to‘g‘ri tashkil etish uchun chizg‘ich-
    mixning cho‘pdan oz-ko‘p chiqishiga mos ravishda xatkashni surish 
    yo‘nalishiga qarab kundani shu yo‘nalish bo‘yicha ma’lum burchakka burib 
    tutiladi. Kunda Yog’ochga tik tutib surilsa, chizg‘ich-mix Yog’ochga qadalab, 
    uni surish qiyinlashadi, reja to‘g‘ri chiqmaydi. 
    Sirkul. 
    Duradgorlikda faneralar bilan ishlashda taxtalardan doiraviy, egri 
    chiziqli buyumlar tayyorlashda, Yog’och ishlaydigan tokarlik dastgohlarida 
    detal va buyumlarning o‘lchamini yo‘nilgan sirtlarga tushirishda sirkul 
    yordamida rejalash ishlari bajariladi. 
    ~ 34 ~ 


    Yog’och ishlanadigan tokarlik dastgohlarida metall sirkuldan, taxta va 
    fanerlarni rejalashda o‘quvchilar sirkulidan foydalanish mumkin. 
    Sirkul yordamida o‘lchamlarni ko‘chirish ishlari ham bajariladi, sirkulni 
    o‘lchamga sozlashda masshtab chizg‘ichidan foydalaniladi. 
    Kronsirkul va nutromer. 
    Yog’och ishlanadigan tokarlik dastgohlarida 
    tayyorlanadigan buyumlarning tashqi va ichki diametrlarini o‘lchashda, 
    shuningdek, o‘lchamga sozlashda kronsirkul va nutromerdan foydalaniladi. 
    Kronsirkul va nutromerni o‘lchamga sozlash va ular yordamida olingan 
    o‘lchamlarni hisoblash masshtabli chizg‘ich yordamida bajariladi. 
    Sirkul, kronsirkul, nutromer kabi asboblar bilan bajariladigan ishlarni 
    universal nazorat-o‘lchov va rejalash asbobi hisoblangan shtangensirkul 
    yordamida bajarish ham mumkin. 
    Shtangensirkul 
    detallarni 
    ±
    0,02 dan 
    ±
    0,1 mm gacha aniqlik bilan 
    o‘lchashga imkon beradigan asbob. 
    Mikrometr 
    yupqadetallarni yoki arra polotnolarini 
    ±
    0,002 dan 
    ±
    0,1 mm 
    gacha aniqlik bilan o‘lchash uchun ishlatiladi. 
    Rejalashning mohiyati shundaki, bunda chizmada ko‘rsatilgan 
    o‘lchamlarni (qo‘shimcha ishlov berish uchun qoldiriladigan qo‘yimni ham 
    hisobga olgan holda) ishlanadigan detal, brus yoki material sirtiga ko‘chiriladi. 
    Reja chiziqlarini reysmus yoki bigiz yordamida, yo bo‘lmasa, qalam yoki bo‘r, 
    ko‘mir (grafit) surkalgan kanop yordamida chizish mumkin. 
    Asbob va andaza yordamida yog’ochni shunday rejalash kerakki, 
    rejalanadigan taxta (brus)dagi nuqsonli joylar keyingi ishlash vaqtida arralab 
    tashlanadigan bo‘lsin. 

    Download 1,12 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VA REJALASH ASBOBLARI” MAVZUSINING MAZMUN VA

    Download 1,12 Mb.
    Pdf ko'rish