|
Kafedrasi ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua
|
bet | 54/93 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 435,6 Kb. | | #131505 |
Bog'liq Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua-fayllar.orgNazorat uchun savollar:
1.1-sinfda to`garak mashg`ulotlari qanday tashkil qilinadi?
2.1-sinfda o`tkaziladigan to`garak mashg`ulotlari qanday mavzular asosida tashkil qilinadi?
3.1-sinf to`garak mashg`ulotlarida qanday mustaqil topshiriqlar beriladi?
4.1-sinf to`garak mashg`ulotlarida qanday ijodiy topshiriqlar beriladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.Ona tili o‘qitish metodikasi. T., Nosir.2009.
2.Sh.Yo`ldоshеva, Х.G`ulоmоva «Bоshlang`ich sinflarda оna tili o`qitish mеtоdikasi» Tоshkеnt 2000 y. 1-2 qism.
12-Mavzu: 2-sinflar uchun to‘garak rejasini va mashg‘ulot ishlanmasini tuzish.
Reja:
1.2-sinfda to`garak rejasini tuzish.
2.2-sinfda to`garak mashg`ulot ishlanmasini tuzish.
Darsning maqsadi: Talabalarning 2-sinfda to`garak rejasini tuzish va mashg`ulot ishlanmasini tuzish metodikasi yuzasidan ko`nikma va malaka hosil qilish, mavzu yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.
Darsning tiri: Mustahkamlash tipidagi dars.
Darsning jihozi: Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.Ona tili o‘qitish metodikasi. T., Nosir.2009, 2-to`garaklar rejasi.
Tayanch so`z va iboralar: to`garak, to`garak rejasi, rasm asosida hikoya, matnni og’zaki qayta hikoyalash.
2-Sinf ona tilidan to’garak mashg’uloti mavzular rejasi:
Gap haqida umimiy ma’lumot
Bosh harf bilan yozish
Tovushlar va harflar
Unli va undosh tovushlar
Rasm asosida hikoya
Harf birikmasi bilan ifodalash
Sirg’aluvchi j tovushi
H va x tovushi
Matnni og’zaki qayta hikoyalash
Bayon yozishda yo’l qo’yiladigan xatoliklar
Tutuq belgisi
So’z o’yini
Takrorlash
Husnihat mashqi
Bo’g’in so’zning qismi
Bo’g’inga bo’lish va bo’g’inga ko’chirish
Harf birikmasi so’zlarni bo’g’inlarga ajratish
Jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar
Aytilishida tushib qoladigan undoshlar
So’z ichida yonma- yon kelgan bir xil undoshlar
Diktant yozish
Diktant tahlili
Matnni o’g’zaki va yozma qayta hikoyalash
Shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlar
Kim? Nima? So’rog’iga javob bo’lgan so’zlar
Test sinovi tahlili
Ism va familiyani to’g’ri yozish
Nutq o’stirish mashqi
Bosh harf imlosi
|
| |