|
Tabaqa ko‘rinishidagi yo‘qotilishlar
|
bet | 4/5 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 378,62 Kb. | | #114369 |
Bog'liq 22Karerlarda ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishining asosiy ko‘rinishlari va ularni umumiy tamoyillariTabaqa ko‘rinishidagi yo‘qotilishlar qazib olinayotgan blokning (uchastkaning) butun maydonini o‘lchash asosida qo‘llanilayotgan uskuna va mexanizmlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Foydali qazilma yo‘qotilishi va sifatsizlanishi barcha konchilik korxonalarida hisobga olib borilishi shart. CHunki buning asosida bajariladigan kon ishlarini sifati baholanib, foydali qazilmani er bag‘ridan chiqarib olish darajasi nazorat qilinadi.
Agar bu usulni qo‘llanishi mumkin bo‘lmasa yoki juda qiyin bo‘lsa, u holda ularning amaldagi miqdorlarini balans zahira bilan tovar foydali qazilma ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovvut orqali aniqlanadi.
Konlarni qazib olishning kon – geologik sharoitlari har xilligi, foydali qazilma qiymatining turli – tumanligi va ularning kamyobligi tufayli yo‘qotilish va sifatsizlanish miqdorlarini aniqlash usullari o‘zining murakkabligi, mehnattalabligi va aniqlik darajasi bo‘yicha bir – biridan sezilarli darajada farq qiladi.
Bu masalani to‘g‘ri hal qilish uchun har bir tarmog‘i bo‘yicha yo‘qotilishi va sifatsizlanishini aniqlashda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hatolik miqdorini hisoblash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Konchilik amaliyotida foydali qazilma yo‘qotilishi va sifatsizlanishi ikki usulda, ya’ni bevosita va bilvosita deb nomlangan usullarda aniqlanadi.
Bevosita usulda foydali qazilma yo‘qotilishi va sifatsizlanishni aniqlashda yo‘qotiladigan foydali qazilma foydali qazilmaga aralashib ketishi mumkin bo‘lgan qoplama jins va balansdan tashqari ruda miqdorlari marksheydrik tasvirga olish natijalari asosida bevosita aniqlanadi.
Yo‘qotilishi va sifatsizlanishni hisobga olishda to‘g‘ri usulning asosiy sharoitlaridan biri – geologiyarazvedka ishlari ma’lumotlarini umumlashtirish va ularni ekspluatatsion razvedka ishlari natijalari bo‘yicha aniqlash asosida foydali qazilma ruda tanalarining chegaralarini o‘ta aniqlikda belgilanganligidir.
Turli vazifalarga mo‘ljallangan seliklardagi foydali qazilma yo‘qotilishining hajmi zondirlovchi burg‘ulashdan olingan ma’lumotlar asosida foydali qazilma zahirasini hisoblash usullarining biri bo‘yicha aniqlanadi.
Portlatilgan foydali qazilmaning ish maydonlarida, transport yo‘llarida, qayta yuklash va omborlash joylarida qolib ketishi sababli sodir bo‘ladigan yo‘qotilishlar ularning hajmiga nisbatan ruletka yordamida o‘lchash yoki taxeometrik tasvirga olish bo‘yicha namuna sinovlari natijasidan foydalanib aniqlanadi.
.
Qazish ishlari tugallangan (chegaraga etkazilgan) pog‘onalar massivida qoladigan foydali qazilma yo‘qotilishi va foydali qazilmaga aralashib,uni sifatsizlantiruvchi jinslarning hajmi ruda tanasi yotish elementlari bo‘yicha aniqlanadi.
Ruda tanalari qiya va o‘ta qiya joylashgan konlarda taxeometrik tasvirga olish vositasi yordamida qazib olinadigan pog‘ona chegaralari aniqlanadi va ular tegishli geologik qirqimlarda belgilanadi.
Gorizontal va yotiq konlarni qazib olishda ruda yo‘qotilishi , hamda sifatsizlanishni miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlashda gipsometrik plandan foydalanish samaradorligi yuqori bo‘ladi.
|
| |