• -burg‘ilab portlatish ishlari natijasida kon jinslari aralashib ketgan foydali qazilma ag‘darmalardagi yo‘qotishlar;
  • O‘ta qiya va tik konlarni qazib olishda foydali qazilma yo‘qotilishi va sifatsizlanishi yotqiziq tutashish tekisligi og‘ish burchagi pog‘ona qiyalik burchagiga to‘g‘ri kelmasligi tufayli sodir bo‘ladi
  • -kon massasi ag‘darmalardagi yo‘qotishlar




    Download 378,62 Kb.
    bet3/5
    Sana09.12.2023
    Hajmi378,62 Kb.
    #114369
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    22Karerlarda ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishining asosiy ko‘rinishlari va ularni umumiy tamoyillari

    -kon massasi ag‘darmalardagi yo‘qotishlar;
    -o‘pirilish va bosib qolgan joylardagi yo‘qotishlar;
    -yong‘in va suv bosish natijasida sodir bo‘lgan yo‘qotishlar.
    Guruh 2. Qazib olishdan bo‘shagan maydondan tashqaridagi yo‘qotishlar:
    -burg‘ilab portlatish ishlari natijasida kon jinslari aralashib ketgan foydali qazilma ag‘darmalardagi yo‘qotishlar;
    -foydali qazilmani yuklash, tushirish, omborlarga joylashtirish va saralash joylarida sodir bo‘ladigan yo‘qotishlar.
    Ekspluatatsion yo‘qotilishlarning yuqorida keltirilgan tasnifidan ko‘rinib turibdiki, ushbu tasnif konlarni ochiq usulda qazib olishda barcha yo‘qotilishlar ko‘rinishini qamrab olib, texnologik jarayonlarning bosqichlari va o‘rnini o‘zida aks ettiradi, hamda korxonalarda foydali qazilma yo‘qotilishini texnik – iqtisodiy me’yorlash va hisobga olish ishlarini bajarishni qulay bo‘lishiga imkon yaratadi.
    Qattiq foydali qazilmalarni yo‘qotilishini me’yorlashning “Namunaviy uslubiy ko‘rsatkichlari” bo‘yicha konlarni ochiq usulda qazib olishda ekspluatatsion yo‘qotilishlarning faqat foydali qazilma pog‘onasini qazish texnologiyasi, uning parametrlari va qazish ishlarining tashkil qilish usuliga bog‘liq bo‘lgan qismigina me’yorlashtiriladi.
    Bu yo‘qotilishlarni quyidagilar tashkil qiladi: qazish uchastkasi seliklardagi yo‘qotilishlar; qazib olingan foydali qazilmaning kon – tayyorlov lahimlari o‘tishda balansdan tashqari ruda yoki qoplama jinslar bilan aralashishi tufayli ag‘darmalarda yo‘qotilishi; blokni (uchastkani) saralab qazib olishda foydali qazilmaning ruda tanasi ustki va ostki yonlarida qolib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotilishlar; foydali qazilmani yuklash, tushirish, omborlarga joylashtirish va saralash joylaridagi yo‘qotilishlar.
    Ochiq kon ishlarida foydali qazilmaning yo‘qotilishi va sifatsizlanishi, asosan foydali qazilma yotqizig‘i bilan qoplama jinslar yotqizig‘i tutashish zonalarini qazib olishda sodir bo‘ladi.
    Murakkab strukturali konlarni ekspluatatsiya qilishda qazib olinayotgan blok (uchastka) turli tavsifga ega bo‘lib, tarkibida konditsion foydali qazilmadan tashqari nokonditsion foydali qazilma navlari va foydasiz kon jinslari yoki balansdan tashqari rudalar bo‘lishi mumkin.
    Bunda foydali qazilma, nokonditsion ruda va foydasiz kon jinslarini alohida – alohida saralab qazib olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Foydali qazilmani yalpisiga va saralab qazib olishda yo‘qotilish, hamda sifatsizlanish me’yoriy ko‘rsatkichlarini mumkin bo‘lgan qazish variantlarini texnik – iqtisodiy solishtirish asosida aniqlanadi.
    Gorizontal va yotiq foydali qazilma yotqiziqlari bloklarni (uchastkalarni) yalpisiga yoki saralab qazib olishda mumkin bo‘lgan yo‘qotilish va sifatsizlanish ko‘rinishlari prof. B.P.YUmatov tomonidan tavsiya etilgan .
    YOtiq konlarda yo‘qotilishlar yo‘qotiladigan foydali qazilma tabaqasi ko‘rinishida, sifatsizlanish esa blokning butun maydoni bo‘yicha yotqiziqning shifti va ostini tozalashda foydali qazilmaga aralashib ketadigan qoplama jins tabaqasi ko‘rinishida bo‘ladi.
    Qiya konlarni mexanik cho‘michli ekskavatorlar bilan qazib olishda ekskavatorning bemalol ishlashi uchun zarur bo‘lgan gorizontal maydon hosil qilinishi sababli foydali qazilma yo‘qotilishi va sifatsizlanishi sodir bo‘ladi.
    Agar bunda draglayndan foydalaniladigan bo‘lsa, foydali qazilma yo‘qotilishi va sifatsizlanishi yotiq konlarni qazib olishdagiga o‘xshash bo‘lib, ancha murakkab profilga ega bo‘lgan tabaqalar ko‘rinishida bo‘ladi.
    O‘ta qiya va tik konlarni qazib olishda foydali qazilma yo‘qotilishi va sifatsizlanishi yotqiziq tutashish tekisligi og‘ish burchagi pog‘ona qiyalik burchagiga to‘g‘ri kelmasligi tufayli sodir bo‘ladi.
    Bunday sharoitda yo‘qotiladigan foydali qazilmani va qazib olingan foydali qazilmaga aralashib ketadigan qoplama jinslar uchburchak shakliga ega bo‘ladi.
    Foydali qazilma yo‘qotilishi va sifatsizlanishi miqdorlari, ularning sodir bo‘lish tavsifiga ko‘ra turli usullarda aniqlanadi.

    Download 378,62 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 378,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -kon massasi ag‘darmalardagi yo‘qotishlar

    Download 378,62 Kb.