Kasbiy faoliyat psixologiyasi




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik
giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
 
 


116 
MODUL VI. RIVOJLANTIRUVCHI O‘QITISH.
 
MODULNING UMUMIY MAQSADI:
 
O‘qitish psixologiyasi, o‘rgatish 
modellari va tajribani o'zlashtirish mexanizmlarining tavsifi, turli o'qitish 
modellarining rivojlantirish imkoniyatlari, o‘qitish texnologiyalarining psixologik 
tavsifi, sohaning kasb egasiga psixologik talablari va kasbiy faoliyatda psixologik 
bilimlarning ahamiyati, psixologiya fani haqida tushuncha, psixologiyaning fan 
sifatida rivojlanish bosqichlari, psixik hodisalarning asosiy shakllari, psixologiya 
fanining tarmoqlari, psixologiya fanining metodlariga oid ko‗nikmalarni 
shakllantirish.
MODULNING O‘QUV MAQSADLARI: 

ta‘limiy maqsad

modulning optimal mazmuni, o‗rganiladigan bilimlar 
ko‗lami, shakllantiriladigan ko‗nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo‗yish, 
talabalarga kasbiy faol psixologiyasi fani va uning nazariy asoslariga oid bilimlar 
berish, fanga oid tushunchalarni o‗zlashtirishi orqali kasbiy kompetentligini 
oshirish;  

tarbiyaviy maqsad

talabalarda fanning o‗ziga xos xususiyatlari haqida 
tushunchalar berish orqali sohaga qiziqishlarini orttirish, kasbiy mahoratni 
shakllantirish;  

rivojlantiruvchi maqsad

modul uchun ajratilgan vaqtdan ratsional 
foydalanish, talabalarning kasbiy yetuklik darajasini, kasbiy dunyoqarashi va 
pedagogik-psixologik qobiliyatini rivojlantirish. 
 
6.1. O‘qitish psixologiyasi. O‘rgatish modellari va tajribani 
o'zlashtirish mexanizmlarining tavsifi.
 
 
 
Tayanch so`z va iboralar:
O‘qish motivlari, o‘quv faoliyati mazmuni, 
salbiy motivatsiya, o‘qishga nisbatan salbiy motivatsiya, ichki extiyoj, shakllanish 
imkoniyatini belgilash, undovchi motivlar, ko`zg`atuvchi yosh xususiyatlari, 
muomalaga kirishish, motivatsiya doirasining kengligi. 
 


117 
O‗qish motivlari muammosini tadqiqot qilgan jaxon psixologlari ularni ikki 
kategoriyaga, yoki guruhga ajratib, tekshirishni lozim topadilar. Birinchi 
kategoriyaga taalluqli motivlar o‗quv faoliyatining mazmuni, moxiyati hamda 
uning jarayonlari, sharoitlari bilan bevosita uyg`unlashgandir. Ikkinchi 
kategoriyaga kiruvchi motivlar tizimi o‗quvchilarning atrof - muxit bilan keng 
ko‗lamdagi o`zaro munosabatlariga ularning begona, o`zga kishilar bilan 
muomalaga kirishish, extiyojiga, ijtimoiy turmush voqeliligiga nisbatan shaxsiy 
qarashiga bog`liqdir. 
O‗quv faoliyati mazmuni bilan uzviy bog`liq motivlar tizimini shartli 
ravishda ikki guruhga ajratib, ularni ijobiy (musbat, pozitiv) va salbiy (manfiy, 
negativ) deb nomlash mumkin. Bunday atamalarni qo`llashdan asosiy maqsad 
maxalliy an‘ana, ijtimoiy tajriba (stereotipizatsiya darajasidagi ta‘sirchan kuchli 
tashqi omil) ekstremal xolat ta‘sirida keskin ruxiy burilishlar yasashga qodir 
psixologik mexanizmlarni aniqlashdan iboratdir. Odatda salbiy (negativ) 
motivatsiya shunday vaziyatda vujudga kelishi mumkinki, qachonki o‗quvchi 
bilimlarni o`zlashtirmaslik oqibatida qanday ko‗ngilsiz xolatlarga olib kelishini 
anglab yetsa (jazolanish, ota - onalar tanbexi, sinfdoshlar e‘tirozi, yomon baho 
olish, jamoa a‘zolari orasida obro`sizlanish va boshqalar) va ana shunga muvofiq 
sa‘yi - xarakatlarni amalga oshirsa. Salbiy motivatsiyaga ega bo`lgan o‗quvchi 
kamroq musibatli (mushkul axvol) yo‗lni tanlab, ta‘lim jarayonida qatnashishda 
davom etadi. Bunday o‗qish motivatsiyasiga aloqador o‗quvchilar yuqori 
ko‗rsatkichlarga, muvaffaqiyatli o`zlashtirish imkoniyatiga ega bo`lmaydilar, 
chunki ishtiyoqsiz darsga qatnashish tuyg‗usi, bilim va o‗quv predmetiga nisbatan 
qiziqishning mavjud emasligi bunga ma‘noviy to`siq bo`lib xizmat qiladi. Buning 
natijasida o`zlashtirmovchi, bo`sh o`zlashtiruvchi, sust o‗quvchilarning safi taboro 
kengayib boradi, bu narsa kundalik odatga aylana borsa, u stereotip darajasiga 
o`sib o`tishi mumkin. Mustaqil va muvaffaqiyatli o‗qish esa, shaxsdan faol, qatiy, 
ijodiy izlanishlarni takozo qiladi va shunga o`xshash talablarni o`zlashtiruvchi 
oldiga qo‗yadi. Shaxsning mazkur xolatlarga tayyor emasligi, undagi 
imkoniyatlarning cheklanganligi sababli o`zlashtirmovchilar qatorini to`ldirishga, 


118 
bir sinfda yoki kursda ikki yil o‗qishga olib keladi, usha qiyinchiliklar bilan o`z 
sinfi, kursini tamomlaydi. Bunday toifadagi o‗quvchilar yoki talabalar o‗quv 
faoliyati motivatsiyasini qayta ko`rish evaziga ijobiy natijalarga erishish mumkin. 
O‗quvchilar va talabalarda o‗qishga nisbatan salbiy motivatsiya birdaniga 
vujudga kelmaydi, balki uni keltirib chiqaruvchi bir necha xususiyatli omillar ta‘sir 
etishi extimol. 
Xozirgi zamon psixologiya fani bilimlarni egallashga nisbatan ichki 
extiyojga katta ahamiyat beradi va bu bilan shaxs xulq - atvorini birmuncha 
boshqarish imkoniyati mavjud ekanligini ta‘kidlaydi. Shuning bilan birga o‗quvchi 
(talaba) da barqaror bilishga qiziqishni shakllantirish muammosiga aloxida e‘tibor 
qilinadi. Darhaqiqat barqaror bilishga qiziqishlar ko`zg`atuvchi turtki (kuch) 
sifatida o‗quv motivlarini vujudga keltiradi, muvaffaqiyatli ta‘minlashga xizmat 
qiladi. O‗quvchi yoki talabada bilimlarning muayyan soxasiga, u yoki bu faoliyat 
turiga qiziqishning tug`ilishi ko‗p jixatdan shaxsni qay tariqa shakllanish 
imkoniyatini belgilaydi.
Ana shu boisdan o‗qituvchi o`z o‗quv faniga nisbatan o‗quvchi va 
talabalarda qiziqishni o`stirish tarafdori bo‗lishi shart, chunki xuddi shuning 
negizida o‗quv materiali va o‗quv dasturini yuksak darajada o`zlashtirish 
muammosi yotadi. Shuni aloxida ta‘kidlash lozimki, bilishga qiziqish motiv 
doirasida o`sadi, o`zaro ta‘sir etadi, ular bilan uzviy bog`lanib ketadi.
Ma‘lumki, o‗quvchi (talaba) bilim dargoxida ilm olishdan tashqari 
tengdoshlari jamoasi ichiga kirib boradi va qatnashadi, shu boisdan unda o`z 
o`rtoqlari, o‗qituvchilariga nisbatan muayyan munosabat shakli vujudga keladi. 
Uning o‗quv faoliyatiga undovchi motivlari bilan bir qatorda boshqacha xususiyatli 
xulq - avtor motivlari ham mavjuddir, jumladan ijtimoiy motiv jamoa bilan bo‗lish 
istagini anglatib, uning hayotida ishtiroq etish xoxishini o`zida aks ettiradi.
O‗quvchi va talabalar o‗quv faoliyatining ijtimoiy motivlari ularning boshqa 
odamlar bilan muomalaga kirishi ehtiyoji bilan uzviy bog`liq bo`lib, ularni 
baholash, quvvatlash, tengdoshlar jamoasida muayyan joy egallash singari 
talablarda o`z aksini topadi. Mazkur motivlar o‗quv faoliyatining moxiyati bilan 


119 
bog`liq bo`lmay, balki unga yondosh yordamchi faktorlarni bildiradi. Ammo ushbu
motivlar o‗quvchi va talaba o‗qishiga jiddiy turtki vazifasini bajaradi. 
Ijtimoiy motivlarni taxlil qilishda davom etsak, ular bevosita jamoa burchi, 
qarindoshlar va yaqin kishilar oldiga burch, o‗qishni umuminsoniy madaniyat, 
qadriyat, ma‘naviyatni egallash tasavvuri bilan bog`liq vosita, ushbu vosita 
odamlar foydali shaxs tariqasida namoyon bo‗lish, o`z imkoniyatini ro`yobga 
chiqarish, ezgu niyatini ushalishiga intilish funksiyasini bajarish mumkin. Turtki, 
undovchi usul vazifasini bajaruvchi ko`zg`atuvchi yosh xususiyatlari davriga qarab 
u yoki bu darajada aks etadi, ammo ular xar doim ham anglashilgan shaklga ega 
emas, shuning uchun ifodalanish darajasi nursizdir. O`smirlik va o‗spirinlik 
davrlarida ijtimoiy motivlar anglashinilgan, ahamiyat kasb etuvchi bosqichga o`sib 
o`tadi. Bunday motivatsiyani xar tomonlama qo`llab quvvatlash, rag`batlantirish 
bilan birga va bir davrning o`zida bilishga qiziqishiga aloqador boshqa o‗quv 
faoliyati motivlarini shakllantirish lozim.
Ijtimoiy motivlar o‗quvchi va talabalarning tor ma‘nodagi shaxsiy intilishlari 
bilan ham aloqador bo‗lishi mumkin, jumladan, ularda o‗qishga nisbatan qiziqish 
yuk bo`lsa – da, lekin barcha topshiriqlarni yuksak darajada bajaradi, chunki 
o‗qituvchi ularning "a‘lo" baholashi, sinf yoki kurs peshqadami qilib tayinlashi, 
xech qanday shubxa bilan qaramasligi, extimol o‗quv jarayonidagi bunday 
xususiyatlar odamlarga shaxsiy muvaffaqiyat yoki yutuqqa erishishning, nufuz 
(obro` - e‘tibor) ning, yalov - bardorlikning birdan - bir yo‗li deb tasavvur qilinadi. 
Bunday yo‗lni tanlash vijdonga hilof xatti-xarakatlarga olib boradi, shaxsni 
shakllanish jarayoniga salbiy ta‘sir etadi. Shu boisdan ijtimoiy deb qabul qilingan 
motivlar jamoa ehtiyojini qamrab oladi, goxo ular shaxsiyatparastlik, tor saviyali 
shaxs xususiyatini mujassamlashtiradi.
Ularning hayotida o`z tengdoshlari va do`stlari bilan muomalaga kirishish, 
do`stlikka sodiqlik, bergan va‘dasi (so`zi) ni uddasidan chiqish, hamkor bo‗lish 
ehtiyoji muxim o`rin egallaydi. O‗qituvchi mashg`lotlarda o‗quv faoliyatining 
zarur motivatsiyasini shakllantirsa, ularning mavjud ehtiyojlariga tayanib ish tutsa, 
o‗quvchida bilishga qiziqish barqarorlashadi. 


120 
Shuning uchun qiziqish motiv, motivatsiya shaxsning xatti-xarakati ichki 
regulyatsiyasi funksiyasini bajarib, ehtiyojni qondirish, xoxish - istak, ezgu niyat, 
orzu tilakni amaliyotda ro`yobga chiqarishning bosh omili bo`lib xisoblanadi. 
Motiv va motivatsiya faqat bilimlarni o`zlashtirish, o‗quv ko‗nikmalari va 
malakalarini egallash bilan cheklanib qolmasdan, balki shaxsning xulq-atvori, 
ya‘ni shaxsga oid xususiyatlarining namoyon bo‗lishini ham izohlashga xizmat 
qiladi. 
Hunar - texnika bilim yurti o‗quvchilarining o‗quv faoliyati motivlari: 
1) o`z ishining ustasi, yaxshi mutaxassis bo‗lishga intilish;
2) o‗qishga qiziqish;
3) mehnatga muxabbat; 
4) jamiyatga foyda keltirish uchun intilish;
5) o`rtoqlari orasida xurmat - e‘tiborga erishish xoxishi; 
6) bilim yurtini tamomlagandan keyin durustroq maosh uchun xarakat; 
7) yomon mehnat qilganda jazo olishdan qutilish uchun xarakat; 
8) jamoa oldidagi javobgarlik. 
Yuqoridagi keltirilgan o‗quv motivlarini aniqlashga muljallangan metodika 
sakkizta motivlardan tuzilgan bo`lib, hunar - texnika bilim yurti o‗quvchilarining 
o‗qish motivlarini tadqiq qilishga qaratilgandir. Ushbu metodikani maxalliy 
sharoitga moslashtirish natijasida motiv va motivatsiyalarning etnopsixologik 
jabxalari va xususiyatlarini o‗rganish imkoniyatini vujudga keltiradi. Bundan 
tashqari, motivlar va motivatsiyalarning turli faoliyat doirasida yuzaga kelish 
omillarini hamda manbalarini aniqlashga qulay shart - sharoit yaratadi. Mazkur 
metodikani bir nechta vazifani bajarish niyatida qo`llab ko`rish, uning 
foydalanilmagan imkoniyatlari bo`yicha qo`shimcha ma‘lumotlar beradi. 
Motivlarning hilma-hil bo`lganligi, motivatsiya doirasining kengligi sababli 
ularning xar ikkalasi ham hayot va faoliyatning juda ko‗p qirralarida ishtiroq etadi, 
shuning bilan birga mazkur faoliyatning maxsuldorligi, samaradorligi, barqarorligi, 
uzluksizligini ta‘minlaydi. Shu bilan bir qatorda mehnat faoliyatiga oid 
motivlarning etnopsixologik xususiyatlarini topishga yordam beradi. 


121 

Download 1,72 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish