• «Men»- munozarada»
  • Kichik, tor doiralardagi kompakt guruhlarda uyushtirilgan munozaralarning erkin mavzuli, yo‘naltirilgan va aniq ssenariyli disput
  • Kasbiy faoliyat psixologiyasi




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik

    - o‗yindan tashqarida»

    «Men» - o‗yinda» deb ataluvchi holat: tinglovchilar doira shaklidagi stol 
    atrofida joylashadilar va o‗rtaga tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr 
    almashish, hattoki, ayrim ijtimoiy rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo‗ladi, 
    hatto boshlovchi ham «qatorda» o‗tiradi. «Ishchanlik o‗yinlar» va boshqa rolli 
    o‗yinlar ana shunday sharoitda o‗tkazilishi mumkin. 

    «Men»- munozarada» deb ataluvchi bu holat ayni bahs - munozaralar 
    o‗tkazish uchun qulay, chunki unda shaxs o‗z fikrini dadil aytish uchun 
    imkoniyatni his qiladi. Odatda bunday bahslar to‗rtburchak stol atrofida 
    uyushtiriladi. 

    «Men» - hamkorlikdaman» degan bu holat kattaroq guruhlar tarkibida 
    tashkil etiladi. Munozara a‘zolari to‗rt-besh kishidan iborat bo‗lib, alohida stollar 
    atrofida o‗tirib, har bir guruh o‗z qarorini chiqaradi. «Munozara klublari» 
    faoliyati shu tarzda tashkil etiladi.
    Bu keltirilgan har bir xolat baxs qatnashuvchilarida o‗ziga xos ruhiy 
    tayyorgarlik va mas‘uliyat xissini keltirib chiqaradi. 
    Demak, dars mobaynida o‗qituvchi mavzuning xarakteri va u shakllantirish 
    lozim bo‗lgan bilim, malaka va fazilatlarga mos tarzda munozara sharoitini 
    tanlashi va shundan keyingina mashg‗ulotni boshlashi kerak. Ko‗rinib turibdiki, 
    an‘anaviy sinfda tashkil etiladigan mashg‗ulotlarning samaradorligi deyarli yo‗q, 
    chunki ular oldingi qatorlarda o`tirgan tinglovchilarning faolligigagina 
    yo‗naltirilgan, qolganlar «o‗yindan tashqari» holatda, bu narsa ularning dars 
    mazmuniga munosabatlarida bevosita aks etadi.  
    Kichik, tor doiralardagi kompakt guruhlarda uyushtirilgan munozaralarning 
    erkin mavzuli, yo‘naltirilgan va aniq ssenariyli disput turlari mavjud bo‗lib, bu 
    tanlangan mavzuga va munozara guruhlarining muloqot tajribasiga bog‗liqdir 


    129 
    («disput» so‗zining lug‗aviy ma‘nosi - «fikrlayapman», «tortishayapman», degan 
    ma‘noni bildiradi). Kichik guruhda olib boriladigan munozaralarda asosiy narsa - 
    guruh a‘zolarining tanlangan mavzu xususiyatiga qarab, har birining o‗z fikr 
    mulohazalarini oxirigacha bayon etish imkoniyatlarining borligidir. Bunday 
    guruhda boshlovchi ham qatorda o‗tirib, mavzuning yechimini batamom hal 
    bo‗lmaguncha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo‗lishi mumkin. Lekin asosiy 
    rol guruhning a‘zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib chiqqan norasmiy 
    lider asosiy bahs yurituvchi bo‗lishi mumkinligini unutmasligi zarur. Bunday 
    guruhglar turli sharoitda ko‗pincha bahs ishtirokchilari uchun tabiiy sharoitlarda 
    (masalan, sinfda, talabalar auditoriyalarida, ish xonalarida va b.k.) o‗tkazilsa, 
    maqsadga muvofiq bo‗ladi.
    Agar baxlashuvchilar guruhi odatdagidan kattaroq hajmda (masalan, 30 
    kishigacha) bo‗lsa, unda munozarani uyushtirishning o‗ziga xos tomoni bor. Bu 
    xolda bahs guruhi shartli ravishda uchga bo‗linadi. Birinchi guruh - «fikrlarni 

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish