• 1. Ilmiy aspekt
  • 3. Protsessual-amaliy aspekt
  • Texnologiya-bu bir ishda, mahorat va san‘at, qo‗llaniladigan usullar  yig‗indisidan iborat




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik

    Texnologiya-bu bir ishda, mahorat va san‘at, qo‗llaniladigan usullar 
    yig‗indisidan iborat. 
    Pedagogik 
    texnologiya-ta‘lim 
    shakli, usuli, uslublari, tarbiyaviy 
    vositalarning 
    maxsus 
    yig‗ilishini 
    aniqlovchi 
    psixologik-pedagogik 
    ko‗rsatmalarning majmuidir. 
    Pedagogik texnologiya aspektlari. 
    Pedagogik texnologiya tushunchasi 3 aspektda namoyon bo‗lishi mumkin: 
    1. Ilmiy aspekt-pedagogik texnologiya pedagogik fanning qismi sifatida 
    ta‘lim uslublari, tarkibi va maqsadlarini ishlab chiqadi va o‗rganadi, hamda shu 
    bilan birga pedagogik jarayonlarini loyihalashtiradi. 
    2. Protsessual-tavsifiy aspekt - ta‘limda rejalashtirilgan natijalarga erishish 
    uchun jarayonni tasvirlash, maqsad, tarkib, uslub va vositalar majmuidir. 
    3. Protsessual-amaliy aspekt - pedagogik (texnologik) jarayonning amalga 
    oshishi, barcha pedagogik metodologik (uslubiy), instrumental vositalarga amal 


    126 
    qilish. 
    Shunday qilib, pedagogik texnologiya fan sifatida amal qilib, ta‘limning 
    yanada ratsional yo‗llarini tadqiq etadi.
    Bu esa, ta‘limda qo‗llaniladigan usullar, tamoyillar va regulyativlar tizimi 
    sifatida hamda ta‘limning real jarayoni sifatida bajaradi.
    Pedagogik texnologiya paydo bo‗lgunga qadar ta‘lim tizimi doirasida 
    ta‘lim jarayonini yetarli samarali loyihalash qoidasi ishlab chiqilmadi. Pedagogik 
    texnologiyaning o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o‗quv maqsadlariga 
    kafolatiga erishishda o‗quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. 
    Texnologik yondashuv, eng avvalo, yuzalikda emas, balki rejalashtirilgan 
    natijasini olish imkonini beruvchi konstruktiv, ko‗rsatmali sxemada o‗z ifodasini 
    topadi. 
    Maqsadga yo‗naltirilganlik, jarayon natijalarini tashhisli tekshirish, ta‘limni 
    alohida o‗rgatuvchi qismlarga bo‗lib tashlash o‗quv jarayonining qirralarini 
    bugungi kunda ta‘limni qayta ishlab chiqish sikli g‗oyasiga birlashtirish imkonini 
    beradi. U asosan o‗z ichiga quyidagilarni oladi.
    * ta‘limda umumiy maqsadning qo‗yilishi; 
    * tuzilgan umumiy maqsaddan aniq maqsadga o‗tish; 
    * pedagoglarning bilim darajalarini dastlabki baholash; 
    * bajariladigan o‗quv ishlarning majmuasi; 
    * natijani baholash. 
    Bundan ko‗rinadiki, o‗quv jarayoni «modulli» ko‗rinishga kelib, turli 
    mazmun bilan to‗ldirilgan, umumiy tizimga mos holda ishlab chiqariladigan 
    bloklar qismlardan iborat.
    O‗quv jarayoni pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning 
    rejalashtirishda pedagogdan yuksak malaka talab etadi, materiallar tayyor 
    bo‗lgach, pedagog asosan tashkiliy va konsultativ vazifalarni bajaradi. Umumiy 
    ko‗rinishda pedagogik texnologiya tarkibiga quyidagilar kiradi: 
    fanning identifikatsiyalashgan o‗quv maqsadlarini ishlab chiqish; 
    o‗quv maqsadli shajarasi; 


    127 
    o‗quv maqsadlarini nazorat topshiriqlariga aylantirish; 
    maqsadga erishish usullari; 
    erishilgan o‗quv maqsadlarini baholash. 
    Bu tarkibiy qismlarning har biri ma‘lum yo‗nalishdagi pedagogik 
    operatsiyalar tizimini tashkil etadi. (Sxemaga qarang) 
    Zamonaviy ta‘limni tashkil etishga qo`yiladigan muxim talablardan biri 
    ortiqcha ruxiy va jismoniy kuch sarf etmay, qiska vaqt ichida yuksak 
    natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni 
    o‗quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum faoliyat yuzasidan ko`nikma va 
    malakalarni xosil qilish, shuningdek, o‗quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular 
    tomonidan egallangan bilim, ko`nikma xamda malakalar darajasini baxolash 
    o‗qituvchidan yuksak pedagogik maxorat xamda ta‘lim jarayoniga nisbatan 
    yangicha yondoshuvni talab etadi. 
    Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta 
    tajriba to`plangan bo`lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar 
    interfaol 
    metodlar 
    nomi 
    bilan 
    yuritilmoqda. 
    Ta‘lim amaliyotida 
    foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan 
    foydalanish borasida so`z yuritamiz 
    Bahsning samarali bo‗lishi, eng avvalo, bahslashuvchilarning bir-birlariga 
    nisbatan 
    fazoviy 
    joylashuvlariga 
    bog‗liq. Tinglovchi va muzokarada 
    qatnashuvchilarning fazoviy joylashuvlari va ularning psixologik mavqelarining 
    mohiyati muhim bo‗lganligi bois biz ushbu xolatlarni keltiramiz: 

    Sinf sharoiti. Bu - an‘anaviy dars o‗tkazish shakli bo‗lib, tinglovchilar 
    bir-birlarining yuzlarini ko‗rish imkoniyati cheklangan va doska oldidagi 
    Ta‘limning umumiy 
    maqsadlari va mazmuni 
    O‗quv 
    maqsadi 
    Ta‘lim 
    Baholash 
    Tuzatishlar (korreksiya)
    Tuzatishlar (korreksiya) 


    128 
    o‗qituvchiga va u bayon etayotgan mazmunga nisbatan tinglovchilarning 
    mavqelari, mas‘uliyati turlicha. Bu sharoitda bahs o‗tkazish mumkin emas. 
    Chunki, sinfda oxirgi qatorda o‗tirgan bola bilan birinchi qatorda o‗tirganning 
    darsga munosabati keskin farq qiladi. Tinglovchining psixologik mavqei - «Men» 

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya-bu bir ishda, mahorat va san‘at, qo‗llaniladigan usullar  yig‗indisidan iborat

    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish