yengillashtiruvchi mashqlar




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik
giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
yengillashtiruvchi mashqlar, boshqacha qilib aytganda, psixogimnastik 
mashqlar o‗tkazish tavsiya etiladi. Masalan, ana shu maqsadda o‗tkaziladigan 


132 
psixogimnastik mashqlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1) o‗qituvchi guruhni aylana shaklida turishlarini so‗raydi va a‘zolarni 
navbatma-navbat o‗rtaga chiqib, guruh bilan xohlagan tarzda, lekin samimiy 
salomlashishni so‗raydi. Keyin guruhdan kimning salomi ko‗proq yoqqanini 
so‗raydi; 
2) guruh a‘zolari o‗qituvchi atrofida yarim aylana shaklida turishadi. 
Navbat bilan guruh a‘zolari o‗rtaga chiqib, xoxlagan a‘zo bilan so‗zsiz, lekin 
ochiq yuz bilan mimika vositasida salomlashish va biror fikrni bildirishi so‗raladi; 
3) hamma doira shaklida o‗tiradi va o‗qituvchi olib kelgan koptok navbat 
bilan muloqot katnashchilariga otiladi, faqat kimga otilsa, o‗sha odamning kuchli, 
yaxshi bir sifati aytilib, so‗ngra yana otiladi. O‗qituvchi koptokning albatta har 
bir kishiga tegishini nazorat qiladi. 
Bu kabi mashqlar munozara qatnashchilari o‗rtasida o‗zaro tanglikning 
bo‗lmasligi va o‗z fikrini bayon etayotganda o‗qituvchidan tortinmasligi uchun 
o‗ziga xos trening hisoblanadi. 
O‗qituvchi munozarani boshlar ekan, ishtirokchilar ongiga quyidagilarni 
yetkaza olishi kerak: 
a) mashg‗ulot har bir ishtirokchiga albatta foydali bo‗ladi va ular bir-
birlariga yordam berish uchun kelganlar; 
b) munozara o‗zaro muloqotning bir shakli bo‗lib, har bir ishtirokchi bir-
biriga ochiq va samimiy munosabatda bo‗lsin; 
c) munozara ishtirokchilarining o‗zaro tajribalarini almashinishlari uchun 
qulay sharoitdir; 
d) fikr bayon etishda kerak bo‗lsa tavakkal qilaylik, lekin indamaslik 
shiorimiz bo‗lmasin; 
e) munozara paytida ko‗p yozish shart emas; 
f) agar biror narsa tushunarli bo‗lmasa, uni so‗rashdan tortinmang; 
g) bilgan bilimlarimizni bir-birimizdan ayamaymiz, chunki boshqalar ham 
bundan manfaatdor bo‗lsinlar, «yashiringan bilim - bilim emas» ligini 
unutmaylik! 


133 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda ta‘limda zamonaviy 
didaktika va ta‘lim tarkiblarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari, yangi 
g‗oya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy asoslanishi 
qo‗llanilmoqda. Zamonaviy texnologik mutaxassis bo‗lish uchun ta‘lim 
texnologiyalarining barchasini, shu jumladan pedagogik komponentlarini chuqur 
o‗rganib, tahlil qilish lozim. 
Pedagogik lug‗atda pedagogik texnologiya tushunchasiga turli xil yo‗llar 
bilan yondashilgan, shuning uchun bizning tushunchada pedagogik texnologiyalar 
har xil mualliflarning ta‘riflarini umumlashtiruvchi sermazmun yig‗imdir. 
Pedagogik 
texnologiya 
ko‗proq sifatli natijaga erishishga qaratilgan. 
qo‗llanadigan pedagogik texnologiya natijasi esa, birinchi navbatda, pedagogning 
mahoratiga, pedagogik klassifikatsiya turlaridan mohir foydalana olishiga, ilmiy-
kasbiy tajribasiga, shaxsiy xususiyat hamda insoniy fazilatlariga bog‗liq. 
Auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari, o‗quv faoliyatini 
samarali bo‗lishi uchun faol o‗qitish metodlari va ularni tashkil etish usullarini 
bilish muhim bo‗lib, yangi pedagogik va didaktik texnologiyalarni joriy etishning 
o‗z psixologik qonuniyatlari mavjud. Dars mobaynida munozara, breynshtorming 
va treninglarni o‗tkazish, dars samarasini oshiradi. Har qanday muammoni 
yechish uchun qo‗llash mumkin bo‗lgan bahs turlari va asosan yozma bahsni 
o‗tkazish qoidalari bor. ―Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi‖ va ―Ta‘lim 
to‗g‗risidagi Qonun‖da o‗qitishning yangi texnologiyalari va o‗qituvchi-pedagog- 
psixologlarga qo‗yilgan yangi talablar ham ta‘lim sifatini oshirishga, ham 
o‗qituvchining kasb mahoratini yuksak bo‗lishiga xizmat qiladi. 

Download 1,72 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish