Ijtimoiy ta‘sirlarning shaxs tomonidan anglanishi




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik

Ijtimoiy ta‘sirlarning shaxs tomonidan anglanishi. Ijtimoiy normalar, 
sanktsiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini malum 
manoda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning 
komilagi, uning ahloq — ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning 
o`ziga ham bog`liqdir. Odamning o`z-o`zini anglashi, bilishi va o`z ustida ishlashi 
avvalo uning diqqati, ongi bevosita o`ziga, o`z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, 
hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya‘ni, ijtimoiy xulq-shaxs 
tomonidan uni o`rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e‘tibor berishdan 
tashqari, o`zining shaxsiy xarakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda 
tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi. 
Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o`rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli 
faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga 
ko`rsatilayotgan ta‘sir oddiy, mexanik tarzda o`zlashtirilmay, u har bir shaxsning 
ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan sub‘ektiv tarzda 
idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta‘sirlar odamlar 
tomonidan turlicha xarakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 10 - 15 ta o`quvchidan 
iborat akademik litsey o`quvchilarini olaylik. Ularning bilimni, ilmni idrok 
qilishlari, ulardan ota-onalarining kutishlari, o`qituvchilarning berayotgan darslari 
va unda yetkazilayotgan ma‘lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir xilday. 
Lekin baribir ana shu 15 o`quvchining har biri shu ta‘sirlarni o`zicha, o`ziga xos 
tarzda qabul qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o`quv ko`rsatgichlari va 
iqtidorida aks etadi. Bu o`sha biz yuqorida ta‘kidlagan ijtimoiylashuv va 
individualizatsiya jarayonlarining o`zaro bog`liq va o`zaro qarama-qarshi 
jarayonlar ekanligidan darak beradi. 
Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro`y beradigan shart-sharoitlarini ijtimoiy 
institutlar deb ataymiz. Bunday institutlarga oiladan boshlab, mahalla, rasmiy 


151 
davlat muassasalari (bog`cha, maktab, maxsus ta‘lim o`choqlari, oliygohlar, 
mehnat jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi. 
Yana bir muhim ijtimoiylashuv o`choqlariga maktab va boshqa ta’lim 
maskanlari kiradi. Aynan shu yerda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus 
tarzda uyg`unlashtiriladi. Bizning ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, maktabni biz 
ta‘lim oladigan, bola bilimlar tizimini o`zlashtiradigan maskan sifatida qabul 
qilamiz. Lekin aslida bu yer ijtimoiylashuv tarbiyaviy vositalarda yuz beradigan 
masqandir. Bu yerda biz ataylab tashkil etilgan, oxirgi yillarda joriy etilgan 
«Ma‘naviyat darslari», «Etika va psixologiya» kabi tarbiyalovchi fanlarni nazarda 
tutmayapmiz. Gap har bir darsning, umuman maktabdagi shart-sharoitlar, umumiy 
muhitning tarbiyalovchi roli haqida. Masalan, dars paytida o`qituvchi butun diqqati 
bilan yangi darsni tushuntirish bilan ovora deylik. Uning nazarida faqat dars, 
mavzuning mazmuni va undan ko`zlangan maqsad asosiyday. Lekin, aslida ana shu 
jarayondagi o`qituvchining o`zini qanday tutayotganligi, kiyim-boshi, mavzuga 
sub‘ektiv munosabati va qolaversa, butun sinfdagi o`quvchilarga munosabati 
hamma narsani belgilovchi, ijtimoiy tajriba uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan 
omildir. Shu nuqtai nazardan o`quvchilar didi, kutishlari va talablariga javob 
bergan o`qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks holda esa o`qituvchining 
ta‘siri faqat salbiy rezonans beradi. Huddi shunday har bir sinfda shakllangan 
muhit ham katta rol o`ynaydi. Ba‘zi sinflarda o`zaro hamkorlik, o`rtoqchilik 
munosabtlari yaxshi yo`lga qo`yilgan, guruhda ijobiy munozaralar va baxslar 
uchun qulay sharoit bor. Bu muhit tabiiy o`z a‘zolari ijtimoiy xulqini faqat ijobiy 
tomonga yo`naltirib turadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv muhiti – bu mehnat jamoalaridir. Bu 
muhitning ahamiyati va o`ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli 
pishib qolgan, ma‘lum tajribaga ega bo`lgan, hayot haqidagi tasavvurlari 
shakllangan paytda keladi. Qolaversa, egallangan mutaxassislik, orttirilgan mehnat 
malakalari va bilimlar ham juda muhim bo`lib, shu muhitdagi ijtimoiy normalar 
xarakteriga ta‘sir qiladi. Lekin baribir shaxsning kimlar bilan, qanday o`zaro 
munosabatlar muhiti ta‘sirida ekanligi uning yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining 


152 
muhim mezonlaridandir. Shuning uchun ishga kirishdagi asosiy motivlardan biri – 
o`sha jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o`zaro munosabatlar, rahbarning 
kimligi va uning jamoaga munosabati bo`lib, ko`pincha oylik-maosh masalasi ana 
shulardan keyin o`rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida yaxshi, sog`lom 
ma‘naviy muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson 
taqdirida katta rol o`ynaydi.

Download 1,72 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy ta‘sirlarning shaxs tomonidan anglanishi

Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish