Kasbiy faoliyat psixologiyasi




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik

Birinchidav, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik mahsuli 
«Homo Sapiens» sifatida o`rganiladi. 
Ikkinchidan, tarixiy jarayonning ham ob‘ekti, ham sub‘ekti tariqasida shaxs 
tadqiq etiladi. 
Uchinchidan, individ muayyan ko‗lamda o‗zgaruvchan, taraqqiyotning 
genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzot tarzida ilmiy jihatdan 
tekshiriladi. Insonni jamiyat ishlab chiqarishining yetakchi tarkibi, bilish, 
kommunikatsiya va boshqaruv sub‘ekti, tarbiya predmeti sifatida tadqiq etilishi 
muhim ahamiyatga ega. Inson va uning borliq bilan ko‗p qirrali munosabatga 


139 
hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda namoyon bo‗lishi mumkin: 
tabiatning biotik va abiotik omillari - inson; 
- jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti - inson;
inson - texnika; 
inson - madaniyat; 
- inson va jamiyat - yer va fazo. 
XXI asrda ham odam individ, shaxs, sub‘ekt, komil inson sifatida talqin 
qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir tushuncha mohiyatida sifat o‗zgarishlari 
yuz berishi mumkin. 
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual-
tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davr sifatlari ontogenetik evolyutsiya 
bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo‗ladi va takomillashuv jarayonida o‗z 
ifodasini topadi jinsiy dimorfizm xususiyati esa, ularga mos tushadi. Individning 
individual-tipologik 
xususiyatiga 
konstitutsion 
(tana 
tuzilishi, 
bioximik 
individuallik) holatlar, simmetriya va assimetriya juft retseptorlari, effektorlari 
funksiyasi kiradi. Bu xususiyatlar va xossalar birlamchi hisoblanib, hujayra va 
molekulyar tuzilishining barcha darajalarida ishtirok etadi. 
Yosh, jinsiy va individual tipologik xususiyatlar sensor, mnemik, verbal va 
mantiq psixofiziologik funksiyalari dinamikasi hamda organik ehtiyojlar tuzilishini 
aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi deb atab, ularning 
integratsiyasi temperamentida va tug`ma mayllarda ifodalanilishini ta‘kidlab o‗tish 
joiz. Yuqoridagi sifatlar rivojining muhim shakli ontogenetik evolyutsiyadan iborat 
bo‗lib, ular filogenetik dasturga asoslanib hukm suradi. Yosh va individual 
o`zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta‘siri ostida har xil 
ko`rinishda namoyon bo`ladi. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning 
ijtimoiy sifatlari ta‘sir etib, uning individual o`zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi. 
Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik 
xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, 
mafkuraviy, ya‘ni uning jamiyatda egallagan o‗rni) orqali ifodalanadi. Status 
negizida doimiy o‗zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funksiyasi 


140 
muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo‗nalganlik shaxsni faollashtiradi. Status, 
rol, qadriyatga yo`nalganlik shaxs xususiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va 
uning tuzilishida asos bo‗lib xizmat qiladi. Shaxsning ta‘rifi xulq motivatsiyasi 
xususiyati va ijtimoiy fe‘latvor tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi 
alomatlar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining 
o‗zaro ta‘sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari 
yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl - uning 
jamiyatdagi hayot yo‗li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi. 
Individ, shaxs va sub‘ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga 
e‘tibor berish zarur: 
- inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart-sharoitlar (ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari); 
- insoning o‗ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning ichki qonuniyatlari, 
mexanizmlari, evolyutsiya bosqichi, barqarorlashuvi va involyutsiya; 
- inson yaxlit tuzilishning asosiy tarkiblari, ularning o`zaro aloqalari, 
shaxsning tashqi ta‘sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning 
takomillashuvi kabilar. 
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy va 
nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki, faoliyatda yashash muhiti 
tarixiy tajribani egallash interiorizatsiya va eksteriorizatsiya amalga oshadi. 
Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati protsessida hayotiy 
deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funksional tizimi protsesslari 
yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, ko‗nikma va malakalarni, 
kishining sotsial tajribalarini o‗zlashtiribgina qolmay, balki o‗zining idroki, 
tafakkuri, xayoli, hissiyotlari va irodasini bir so‗z bilan aytganda, voqelikka 
bo`lgan ongli munosabatini hamda o‗z harakatlari va xulq-atvorining motivlarini 
tarkib toptiradi. 
Shaxsning barcha xususiyatlari, munosabatlari va xatti-harakatlari shaxsning 
hayoti faoliyatida ma‘lum rolni bajaruvchi va har biri murakkab qurilmadan iborat 
bo‗lgan hamda shartli ravishda to‗rtta o‗zaro mustahkam bog‗langan funksional 


141 
bosqichlarga birlashtiriladi: 
Birinchisi - boshqaruv tizimi; 
Ikkinchisi - stimullashtirish tizimi; 
Uchinchisi - stabilizatsiyalash tizimi; 
To‘rtinchisi indikatsiyalash tizimi. 
Shaxsning ana shu sotsial ahamiyatga ega bo‗lgan barcha sifatlari ijtimoiy 
taraqqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning hulq-atvori va xatti-
harakatlarini belgilaydi. 
Birinchi tizim hosil bo‗lishida analizatorlar o`rtasidagi doimiy tabiiy aloqani 
aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol o‗ynaydi. Biroq, bu ilgari yuqorida 
ta‘kidlab, o‗tganimizdek ontogenez protsessida filogenetik analizatorlar o‗rtasidagi 
aloqa vaqtli aloqalar bilan organik jihatdan qo‗shilib keladilar. Bunda mazkur 
tizimning 
ichida 
perseptiv 
tizimiga 
o`tib 
ketadigan 
yuksak 
darajada 
integratsiyalashgan ma‘lum ichki sensor komplekslarni hosil qiladi. Bunday 
komplekslar qatoriga nutq, eshitish, ko`rish hamda sensomotor komplekslarni 
kiritish mumkin. Mana shu komplekslarning hammasi odamning hayot-faoliyati 
jarayonida o‗zaro bir-biri bilan doimiy aloqaga kirishib, sensorperseptiv 
uyushishning yagona funksional dinamik tizimini yaratadi. Insonning sensor-
perseitiv jihatlari rivojlanib, doimo takomillashib boradi. 
Ikkinchi tizim barqaror psixik holatlarni o‗z ichiga oladi. Bu holatlar bolaning 
aniq maqsadni ko‗zlovchi va foydali faoliyatining ongli sub‘ekti sifatida bola 
boshlagan ilmlarining dastlabki yillaridayoq shakllana boshlaydi. Temperament, 
intellekt, bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi. 
Uchinchi 
tizim 

shaxsni 
arbob 
sifatida 
stabilizatsiya 
tizimidir. 
Yo‗naltirylganlik, qobiliyat, mustaqillik va xarakter uning tarkibiy qismini tashkil 
etadi. 
Yo‘naltirilganlik - shaxsning integral va generalizatsiya qilingan 
xususiyatidir. 

Download 1,72 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish