Kasbiy faoliyat psixologiyasi




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik

Integral— (lotin tilida - «butun», «tiklangan») – uzviy bogliqlik, butunlik, 
birlikdir. 


142 
Generalizatsiya (lotin tilida - «umumiy», «bosh») - shartli va shartsiz 
reflekslarning umumlashishi. 
Yo‗naltirilganlik bilim, munosabatlarning hamda shaxsning xulq-atvori va 
xatti-harakatlarida ijtimoiy ahamiyat yetakchilik qilgan motivlarning bir butun 
ekanligida o‗z ifodasini topadi. Bu xususiyat odamning dunyoqarashi, qiziqishlari 
va ma‘naviy ehtiyojlarida namoyon bo`ladi, 
Yo‗naltirilganlik strukturasida qoyaviy e‘tiqod katta rol o`ynaydi. G`oyaviy 
e‘tiqod - bu bilimning, o‗sha shaxsga xos bo‗lgan intellektual, emotsional va iroda 
sifatlarining sintezi, qoyalar va xatti-harakatlar bir butunljgining negizidir. 
To‘rtinchi tizim o‗z ichiga shunday xususiyatlar, munosabatlar va xatti-
harakatlarni oladiki, ularda real shaxslarning ijtimoiy «o‗y fikrlari va his-
tuyg`ulari» aks ettiriladi. Ular bu shaxslarning siyosiy jihatdan ongli, ijtimoiy 
taraqqiyotning mas‘ul arboblari sifatida xulq-atvorini belgilab beradi. Bunga 
gumanizm, kollektivizm, optimizm va mehnatsevarlik fazilatlari kiradi. 
Tarbiyali bo‗lish - bu xulq-atvorini nazorat qilishdan iboratdir: bunday 
nazorat insonni yomon xatti-harakatlarni bajarmaslik imkoniyatini beradi. 
Agar, shaxs xulq-atvori va axloqiyligi haqida qaygursa, u ijtimoiylashuvga 
erishgan bo‗ladi. 
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvni o‗rganish jarayoni sifatida qaraladigan 
yosh psixologiyasida olingan natijalarga asoslanadi: bola o‗zini egotsentrik emas, 
balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag`batlantirilishi kerak? 
Tarbiya o‗z mohiyatiga ko‗ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishidir. 
Agar ta‘lim shaxsning ongini shakllantirishi bo‗lsa, tarbiya uning ongsizlik 
sferasiga ta‘sir etishidir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik xos. 
Odatda 6 oylik bolalar unga gamxo‗rlik qiladigan ota-onasiga bog‗lanib qoladilar. 
Ota-onaning oldida bo‗lish, ular bilan muloqotda bo‗lish bolalarga juda yoqadi, 
ularning yo‗qligi bolaga yoqmaydi. Ota-onaning g‗amxo‗rligini bildiradigan 
so‗zlar, xatti-harakatlar bola uchun juda katta ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, 
suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo‗ladi. Xulq-atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi 
xuddi shu o‗rganish jarayoni orqali sodir bo‗lishi mumqin: xulq-atvorning istalgan 


143 
shakllari gamxurlik va e‘tibor bilan taqdirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo‗llab-
quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulqatvorni rag‗batlantirish va yomon xulq-ataor 
uchun jazolash axloqiy ijtimoiylashuvning kichik bir qismidir. Biz ko‗rib chiqqan 
xulqatvor hamma bolalarga ham taalluqli emas. 
Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an‘ana va urfodatlarning roli 
katta. 
Xalq urf-odatlari, an‘analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga 
egadir. Ular odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, do‗stlik-birodarlik his-
tuyg`ularini rivojlantiradi. Bular o‗z navbatada yoshlar uchun ibrat namunasini 
o‗taydi. 
Mustaqil jammiyatning baxt-saodati yo‗lida halol mehnat qilish: jamiyat 
boyligini saqlash va ko‗paytirish yo‗lida har bir kishining tinmay g‗amxo‗rlik 
qilishi, ijtimoiy burchini yaxshi anglash, jamiyat hayotida va shaxsiy hayotda 
halollik va rostguylik, axloqiy sofdillik, odamiylik va kamtarlik, milliy va irqiy 
adovatlarga aslo yo‗l qo`ymaslik va shu kabilar tarbiya jarayonining muhim 
xislatlaridir. 
Tarbiya jarayonida g‗amxo‗rlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-
onalarga nisbatan g‗amxo‗r ota-onaga ko‗proq taqlid qiladilar. G`amxo‗r ota-
onalar bolaning salbiy xulq-atvorini qo‗llab-qo‗vvatlaganda, bola o‗z xatti-
harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi. 
Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g‗amxo‗rlik bilan bir qatorda yaxshi 
ko‗rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy 
muloqotni - tushuntirishni, muxokama qilishni, agar bolaning xulq-atvori shuni 
talab qilsa, og‗zaki tanbeh berishni, yaxshi xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda 
tutadi. 
Tarbiya jarayonining texnologiyasini quyidagicha sharhlash mumkin:
1) tarbiyalanuvchini alohida takrorlanmas, individuallik sifatida tushunmoq 
lozim, uning ehtiyojlari strukturasini aniqlash kerak; 
2) ijobiy emotsiyalar vositasida ijobiy xulq-atvor odatlarini shakllantirmoq 
kerak, ong ham, iroda ham motivlar ierarxiyasini shakllantira olmaydi, zotan, bir 


144 
ehtiyojning o`rnini faqat boshqa ehtiyojgina egallashi mumkin; 
3) shu ehtiyojlarni qondirish vositalari bilan bolani qurollantirish tarbiya va 
tarbiyachidan muloqotni ham, hamdardlikni ham emas, aynan shu vositalar bilan 
qurollantarishni kutadi. Arastu aytganidek: « Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: 
iste’dodga, ilmga, mashqqa». 
Konfutsiy: «Eskini o‘zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina 
tarbiyachi bo‘la oladi» degan edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun 
mamlakat miqyosida ta‘lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunarga o‗rgatish sohalarini 
isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Bugungi kunda tarbiya 
jarayonida ham qator o‗zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shuni ta‘kidlash lozimki, 
ma‘rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An‘anaviy sharqona qarashga ko‗ra, 
ma‘rifatlilik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma‘naviyat va go‗zal 
axloq degani hamdir. 
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek, milliy 
mustaqillik va uning ne‘matlari respublikamiz fuqarolarida tub o`zgarishlarni 
vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg`u, qiyofa, xarakter, tabiiy kuy, raqs, ma‘naviyat, 
qadriyat hamda ruhiyat ta‘siri ostida o`zining tub mohiyatini aks ettira boshladi. 
O‗tmishning boy merosi, uning an‘analari milliy istiqlol tufayli o‗z egalariga 
qaytarib berildi. Fuqarolarning ijtimoiy ongi asta sekin o‗zgarib borishi natijasida 
etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshladi, milliy, umumbashariylik xislatlari 
o‗rtasida adolatlilik, teng huquqlilik aloqalari o‗rnatilmoqda. 
XXI asrda shaxs shakllanishida, uning tarbiyalanganlik darajasini ortishida 
dinning, xususan, «Hadis» ilmining ahamiyati kattadir. Shaxslararo munosabatda 
tenglik, g‗amxo‗rlik, samimiylik, o‗zaro yordam, simpatiya, antipatiya, 
hamdardlik, sevgi-muhabbat singari milliy xususiyatlarni tarkib toptirishda 
hadislarning roli yanada ortmoqda. 
O‗zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbiyaning kundalik va istiqlol 
rejasi, bolalarga ta‘sir o‗tkazish vositasini tanlash va undan unumli foydalanish 
o‗ziga xos xususiyatiga ega, chunki uning asosida xalq an‘analari yotadi. 
O‗zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlaridan unumli foydalanish har 


145 
tomonlama taraqqiy etgan inson shaxsini tarkib toptirishda muxim rol o‗ynaydi. 
Abdulla Avloniy aytganidek: « Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot; yo najot, yo 
halokat; yo saodat - yo faloka t masalasidir». 
Yosh avlod tarbiyasida milliy ruhiyat, umuminsoniy, xalqchil milliy 
qadriyatlar, urf-odatlar, an‘analar yetakchi o‗rin tutmog`i lozim (tarbiya -
etnopsixologik va etnopedagogak munosabat). Bular orqali yoshlarda quyidagi 
fazilatlarni tarbiyalash lozim: 
a) yoshlarda vatanparvarlik his-tuygularini shakllantirish; 
b) xayrixohlik, odamlarga hurmat, mehr-shafqat; 
c) kattalarni hurmat qilish, e’zozlash; 
d) muloyimlik; 
e) ishbilarmonlik, mohirlik, ishchanlik, iqtisodiy tafakkur; 
f) kichik yoshdan mehnatsevarlik; 
g) jismoniy baquvvatlik; 
h) axloq-odoblilik; 
i) oilaparvarlik; 
j) ayollarga hurmat; 
k) o‘zaro hamkorlikka intiluvchanlik, 
Ma‘lumki, yoshlarning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi bilan oila, mahalla, ta‘lim 
muassasalari, ommaviy axborot vositalari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, 
ilmiy-pedagogik 
kadrlar 
shug`ullanadilar. 
Tarbiya 
jarayoni 
barcha 
ishtirokchilarning hamjihatlik bilan olib boradigan ishlarigina o‗zining ijobiy 
natijalarini berishi mumkin. 

Download 1,72 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish