bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik

bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh 
bo‗lib turmasak, ularni ilmu hunarga o‗rgatmasak, munosib ish topib 
bermasak, bu omonatni boy berib qo‗yishimiz hech gap emas‖ deb 
ta‘kidlaganlar. 
«Ta‘lim to‗grisida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bugungi 
kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e‘tiborni qaratmoqda. 
Tasavvur qiling: ilmli, katta ixtirolarga qurbi yetadigan, qonunlarni yaxshi 
o‗zlashtirgan mutaxassis - ma‘naviyatsiz, tarbiyasiz, axloqsiz bo`lsa nima bo‗lishi 
mumkin? U o‗z manfaatini o`ylaydi, Vatan uchun u biror narsa qurbon qila 
olmaydi, chunki - u xudbin. Unda mehr-oqibat, fidoyilik, vatanparvarlik, milliy 
g‗urur yo`q. U muhtojlarga yordam bermaydi, chunki unda tarbiya shakllanmagan. 
Xulq-atvor va odatni shakllantirish - ma‘lumki, odam ongining yuksak 
belgilaridan biri - uning o‗zini anglashidir. Odamning o`zini anglashi o‗z navbatida 
shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odam o‗z tevarak-atrofidagi olamni biluvchi 
va u olamga ta‘sir etuvchi sub‘ektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan 
narsalari uning uchun ob‘ektdir. Ana shu nuqtai-nazardan olganda, odamning 
o‗zini anglashi sub‘ektiv ravishda o‗zini men deb his qilishida ifodalanadi. 
Odam ijtimoiy zot bo‗lganligidan unga o‗zligini anglash qobiliyati xosdir. 
Faqat ijtimoiy hayotda, o‗zga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda 
odamning o‗zini anglashi, uzini «men» deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. 


137 
Odam o‗zini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, o‗zining o‗tmishi va kelajagini 
anglashi, o‗z huquq va burchini anglashi va nihoyat o‗zining fazilat hamda 
kamchiliklarini anglashi o‗zini anglashiga kiradi. 
Insonning tabiatini o`zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta‘sir 
qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqa qilib aytganda, jamiyat ishlab 
chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o`sishi va 
o‗zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta‘sir 
qiluvchi kuchli omil inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga 
berilishidir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya 
bo‗lib, u kishining individual hayoti davomida ma‘lum konkret omillarning ta‘siri 
ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta 
faktor ta‘sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi, odam tug`ilib o‗sadigan tashqi 
ijtimoiy muhitning ta‘siri bo‗lsa, ikkinchisi, odamga uzoq muddat davomida 
tizimli beriladigan ijtimoiy ta‘lim-tarbiyaning ta‘siridir va nihoyat, uchinchisi 
odamga nasliy yo‗l bilan beradigan irsiy omillarning ta‘siridir. 
Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi, 
ijtimoiy muxit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Lekin, inson 
shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o‗tganimizdek, faqat shu ikkita faktorga 
emas, balki uchinchi bir faktorga ham bogliqdir. Bu faktor nasliy yo‗l bilan ayrim 
anatomik va biologik xususiyatlarning ta‘siridir. Odamga nasliy yo‗l bilan ayrim 
anatomik va biologik xususiyatlar beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va 
ko`zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug‗ma ravishda 
berilishi mumkin. Lekin, shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga 
hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya‘ni uning aqliy tomonlari bilan bog‗liq 
bo‗lgan sifatlari nasliy yo‗l bilan berilmaydi. Nihoyat, nodir hollarda ayrim 
qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematika qobiliyatlarda nasliy yo‗l bilan berilishi 
mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya‘ni ro`yobga chiqishi 
uchun albatta, ma‘lum sharoit bo‗lishi kerak. 
Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan iste‘dodli olimlar, 
muhandis-ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, iste‘dodli 


138 
artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo‗l bilan berilgan barcha 
imkoniyatlarning ro‗yobga chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga 
kelganligining 
dalili bo‗la oladi. 
Bolalar maktab yoshiga yetgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni 
boshlanadi, Kichik maktab, o‗smirlik va katta maktab yoshi davrlarida shaxs 
shakllanishining yuqori bosqichi namoyon bo‗ladi. 
Inson shaxsini o‗rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi 
fanlar shug‗ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq va gumanitar 
fanlarning umumiy tadqiqot ob‘ektiga aylanib bormoqda. Shunga qaramasdan, bir 
tomondan, insonni o‗rganishda differensiatsiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi 
tomondan, inson taraqqiyotining sintetik tavsifi bo‗yicha integratsiya holati ko‗zga 
tashlanmoqda. Inson bir qator fanlarning tadqiqot ob‘ektiga ekanligini to`liq tarzda 
tasavvur etishi uchun uni biosotsial va sotsiobiologik jihatdan o‗rganish maqsadiga 
muvofiq ish yuritishi lozim. Ma‘lumki, inson hayoti va faoliyatining operatsional 
(o‗quv, operatsiya, harakat, malaka) mexanizmi uning ontogenezida funksional 
mexanizmga o‗sib o`tadi, binobarin, unda komillik belgisi shakllanadi, natijada u 
kamolot cho‗qqisining muayyan darajasiga erishadi. 
Inson - jamiyat - tabiat - turmush munosabatlarini tekshirgan rus olimlari 
S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leont`ev, B.G.Ananev odamning ular bilan 
har xil turdagi va ko‗rinishdagi strukturaviy, funksional, fazoviy va makoniy 
aloqalar tizimi mavjudligini ta‘kiddab o‗tganlar. 

Download 1,72 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh

Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish