• Uchinchi guruhga
  • Kasbiy faoliyat psixologiyasi




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik

    Ikkinchi guruhga mansub tarbiyasi qiyin o‗smirlar yaxshi va yomonni 
    tushunadilar, biroq mustaqil e‘tiqodga, barqaror yuksak his-tuyg‗uga ega 


    158 
    emasliklari sababli «orqa qanoat»da turib qoidani bo`zadilar. Ularning hatti-
    harakatlari tasodifiy voqelikka, ta‘sir kuchiga va vaziyat xususiyatiga bog‗liqdir. 
    Ular tashviqotga tez beriladilar, barcha narsalarga ishonadilar, qaysi yo‗lga kirib 
    qolganliklarini anglab yetadilar, biroq «kompaniya» fikriga qarshi borishga botina 
    olmay ko‗ngilsiz ishlarga qo‗l uradilar. Ko‗pincha tartibbuzarlar qilmishlariga 
    tavba qilib, sinf jamoasi a‘zolarini ishontiradilar, lekin ma‘lum fursat o‗tgandan 
    so‗ng bergan va‘dalarini butunlay unutadilar. 
    Uchinchi guruhga mansub tarbiyasi qiyin o‗smirlar shaxsiyatparastlik 
    tufayli qonunbuzarlik, tartibbuzarlik yo‗liga kirib qoladilar. Ular shaxsiy talablari 
    va ehtiyojlarini qondirish uchun har qanday nojo‗ya hatti-harakatdan qaytmaydilar, 
    hamisha odamlarga yaxshilik qilishni orzulaydilar, biroq o‗zlarining shaxsiy 
    manfaatlarini ijtimoiy manfaatdan yuqori qo‗yadilar. O‗zlarining xohishlarini 
    taqiqlangan usullar bilan amalga oshiradilar, so‗ng qilmishlariga afsus-nadomat 
    chekadilar, ruhan eziladilar. Lekin mazkur kechinmalarni tez unutadilar, ularning 
    shaxsiy ehtiyojlari har qanday yuksak hislardan, xohishlardan ustun turadi. 
    Axloqqa hilof hatti-harakatlar achinish hissi tarzida namoyon bo‗ladi, xolos.
    Injiq tabiatli o‗smirlar to‗rtinchi guruhga mansub bo‗lib, ular sinf 
    jamoasida o‗z o‗rinlarini topa olmaganidan qayg‗uradilar. Bunday o‗quvchilar 
    ginaxon (arazchi) bo‗ladilar, shuning uchun sinf jamoasida kamsitilayotgandek 
    kechinmalar bilan yashaydilar. Bunday holatning vujudga kelishiga asosiy sabab 
    shaxsiy imkoniyatlardan ko‗ra intilish, mayl va obro‗ ketidan quvishning 
    ustunligidir. Ular jamoa a‘zolarining hurmatiga sazovor bo‗lishni xohlaydilar. 
    Ko‗pincha tundlik bilan ish to`tadilar, biror narsaga xayrixohliklari yaqqol ko‗zga 
    tashlanmaydi. Tushkunlik qayfiyati, umidsizlik, o‗z imkoniyati, aqliy quvvatiga 
    ishonchsizlik ularga xos xususiyatlardir. Ular qonun va qoidalarni buzishga 
    astoydil harakat qilmasalarda, ta‘lim va tarbiya jarayonida qiyinchilik tug‗diradilar. 
    Tarbiyasi qiyin o‗smirlarning hatti-harakatlarini ijobiy yo‗nalishga burib 
    yuborish uchun ularda mas‘uliyat, g‗urur, javobgarlik, ishonch kabi yuksak hislarni 
    tarkib toptirish lozim. Buning uchun ularga yoshi, kuchi, qobiliyati va 
    qiziqishlarini hisobga olib, topshiriqlar berish ayni muddaodir. Ularga kichik 


    159 
    jamoani sport seksiyasini, tirik burchakni boshqarish vazifasini ishonib, topshirish 
    natijasida salbiy fe‘l-atvorlarini kamaytirish mumkin. Ularni o‗zlari qiziqqan 
    to‗garaklarga jalb qilish orqali o‗qishga salbiy munosabatlari asta-sekin yo‗qotib 
    boriladi.
    Tarbiyasi qiyin o‗smir o‗quvchilarni qayta tarbiyalash uchun quyidagilarga 
    e‘tibor berish kerak. Tarbiyasi qiyin o‗smir o‗quvchilarni keltirib chiqaruvchi 
    sabablar majmuasi quyidagilardan iborat: 

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish