Kasbiy faoliyat psixologiyasi




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik

2. Oila. Yurtimizda oila hamisha davlat himoyasida va oliy qadriyat sifatida 
e‘zozlanadi. Oila ijtimoiylashuvning asosiy va muhim o`chog`i bo`lgani uchun 
ham uning shu muhitda tarbiyalanayotgan yoshlar e‘tiqodi va dunyoqarashidagi 
roli sezilarlidir. Respublikamizda «Oila» yili deb elon qilinishi, «Oila» ilmiy-
amaliy Markazi o`z faoliyatini boshlashi jamiyatda, yoshlar tarbiyasi borasida 
oilaning roli va mas‘uliyatini oshirishga qaratilgan muhim tadbir bo`ldi va ularda 
yurtga, Vatanga, yaqinlarga sadoqat, muhabbat hislarini tarbiyalash orqali 
dunyoqarashlari mazmuniga ham ijobiy ta‘sir ko`rsatdi. 
3. Mafkura. Har bir davrning o`z mafkurasi bo`ladi va u shaxs 
ijtimoiylashuvi jarayonida uning ongiga ta‘sir ko`rsatuvchi muhim omillardan 
hisoblanadi. Kommunistik mafkuradan batamom voz kechgan jamiyatimizda yangi 
mustaqillik mafkurasi shakllanmoqda. Zero, mafkura jamiyat a‘zolarining tabiat, 
jamiyat va ijtimoiy jarayonlar xususidagi g`oyalari, bilimlari majmui bo`lib, har bir 
ijtimoiy guruh o`z e‘tiqodiga mos mafkurani tanlaydi. Mustaqillikdan ruhlangan, 
uning moddiy va ma‘naviy ne‘matlaridan bahramand bo`layotgan o`zbekistonliklar 
o`tgan qisqa vaqt mobaynida uning qadriyatlari, har bir shaxsga yaratilayotgan 
cheksiz imkoniyatlari, ilm va bilim borasidagi shart-sharoitlarni anglab, o`zlari 
ongli ravishda ana shu tizimga sadoqat va uni sevish, ardoqlash va himoya qilishga 
tayyorlik falsafasini shakllantirmoqdalar. Yangi mafkura mustaqillik va milliy 
qadriyatlar g`oyasi ta‘sirida shakllanmoqda va bu tabiiy, birinchi navbatda yoshlar 
dunyoqarashini o`zgartiruvchi muhim shartdir. 
4. Ijtimoiy ustanovkalar. Sof psixologik ma‘noda yangicha tafakkur va 


154 
dunyoqarashni shakllantiruvchi va o`zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm -
bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu-shaxsning atrof muhitida sodir bo`layotgan 
ijtimoiy hodisalarni, ob‘ektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma‘lum tarzda idrok etish, 
qabul qilish va ular bilan munosabatlar o`rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida 
odamdagi dunyoqarashni ham o`zgartirishga aloqador kategoriyadir. 
Rus olimi V. A. Yadov o`zining dispozitsion kontseptsiyasini yaratib, unda 
ustanovkalarni to`rt bosqich va to`rt tizim sifatida tasavvur qilgan: 
a) elementar ustanovkalar (set)-oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko`pincha 
ongsiz tarzda hosil bo`ladigan ustanovkalar. Ularni o`zgartirish uchun moddiy 
shart-sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o`zgartirish kifoya; 
b) ijtimoiy ustanovkalar (attitud)-ijtimoiy vaziyatlar ta‘sirida ijtimoiy 
ob‘ektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o`zgartirish uchun 
ijtimoiy shart-sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari 
tizimini o`zgartirish kerak; 
c) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar-ular shaxsning umumiy yo`nalishini 
belgilaydi va ularni o`zgartirish e‘tiqodlar va dunyoqarashlarni o`zgartirish 
demakdir; 
d) qadriyatlar tizimi - ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida 
jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih 
hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul 
qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va 
avloddan avlodga o`z qadrini yo`qotmay kelayotgan qadriyatlardir. 
Ijtimoiy ustanovkalarni o`zgartirishning eng sodda va qulay yo`li - bu ayni 
vaziyatlar va ulardagi ta‘sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz 
sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo`lganda, 
ob’ektivlashadi, ya‘ni o`z kuchini va mavjudligini ko`rsatadi. Shuning uchun ham 
agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo`lsak, u yerda biror g`oyani ongga 
singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o`z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa 
qarashlarini bir xil so`zlar va iboralar, harakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo`l 
bilan ko`pchilikning ma‘qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana 


155 
shu usul keng qo`llaniladi. Shulardan kelib chiqib, ijtimoiy ustanovkalarni 
o`zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni 
o`zgartirishga erishish mumkin. 
O‗qituvchilar jamoasi har qancha o`rinishidan qat‘iy nazar, ta‘lim jarayonida 
tarbiyasi qiyin o‗smirlar ham uchrab turadi. Hozirgi davrda bunday o‗quvchilar 
bilan yakkama-yakka ishlash usuli yaratilgan, fe‘l atvordagi nuqsonlarning hatti-
harakati nosog‗lomligining oldini olish va tuzatish yo‗llari ilmiy asosda ishlab 
chiqilgan.
Tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, tarbiyasi qiyin, injiq, xulqi salbiy 
bolalarning kelib chiqishining ijtimoiy sabablaridan tashqari, pedagogik va 
psixologik sabablari ham mavjud. O‗quvchilarda nojo‗ya hatti-harakatlar paydo 
bo‗lishining sabablari va turtkilar har hildir. Qonunni buzishi yoki qoidaga hilof 
ish qilishi darajasiga qarab tarbiyasi qiyin o‗smirlar jinoiy qonunbuzar va oddiy 
qoidabuzar (tartibbuzar) guruhlarga ajratiladi. 
Shaxsning biologik o‗sishidagi nuqsonlar, sezgi organlarining kamchiliklari, 
o‗qishga salbiy ta‘sir etuvchi oliy nerv faoliyati va temperamentdagi qusurlar 
tarbiyasi qiyinlarni keltirib chiqaradi. Shaxsning psixik o‗sishidagi kamchiliklar
chunonchi, aql idrokning zaif rivojlangani, irodaning bo‗shligi, hissiyotning 
kuchsizligi, zarur ehtiyoj va qiziqishlarning mavjud emasligi, o‗smirning intilishi 
bilan mavjud imkoniyati o‗rtasidagi nomutanosiblik va hokazolar hatti-harakatni 
izdan chiqaradi. Shaxsning fazilatlari tarkib topishidagi nuqsonlar: axloqiy 
hislarning yetishmasligi, o‗qituvchi, sinf jamoasi, oila a‘zolari bilan noto‗g‗ri 
muloqot, ishyoqmaslik, bo‗sh vaqtni to‗g‗ri taqsimlamaslik va boshqalar ham 
salbiy qiliqlarni vujudga keltiradi. Shaxsning bilim, o‗quv faoliyatidagi 
kamchiliklari: aqliy faoliyat usullaridan keng foydalana bilmaslik, eng muhim 
bilim, ko‗nikma va malakalarni egallashdagi uzilishlar; maktab faoliyatidagi, 
o‗qitishdagi nuqsonlar tarbiyaviy chora va tadbirlardagi xatolar ham shular 
jumlasiga kiradi. Maktabdan tashqari muhitning ta‘siridagi nuqsonlar, chunonchi, 
oilada pedagogik-psixologik bilimlarning yetishmasligi, oilaviy nizolar, ajralish, 
ota-onaning ichkilikka va shahvoniy hayotga berilishi, balog‗atga yetmagan 


156 
tengqurlarining ta‘siri, madaniy-ma‘rifiy ishlab chiqarish jamoalari hamda 
jamoatchilik qurshovidaga kamchiliklar ham tarbiyasi qiyin o‗smirlar ko‗payishiga 
sabab bo‗ladi.
Tarbiyasi qiyinlarni o‗rganishda kinolavhalar, yuridik varaqa, ishontirish, 
rag‗batlantirish, bo‗ysundirish, qo‗rqitish, «sun‘iy qiyin holatni yaratish» singari 
usullardan 
foydalaniladi. 
Shulardan 
ayrimlarining 
mohiyatiga 
qisqacha 
to‗xtalamiz. 
Odatda novella, voqea, hikoya, sarguzasht, ocherk kabi adabiy asarlardan 
foydalanish o‗smirlar hatti-harakatining sabablarini o‗rganishda yaxshi samara 
beradi. O‗qituvchi, sinf rahbari yoki ichki ishlar xodimlari tomonidan tarbiyasi 
qiyin o‗smirlarga tegishli asardan parcha o‗qib beriladi, so‗ng ularda qanday 
qo‗zg‗alish yoki ta‘sirlanish paydo bo‗layotganligi kuzatiladi. Tajriba qoidasiga 
binoan, o‗qilgan parchada o‗smirlarning sarguzashti, ajoyibot va g‗aroyibotlar o‗z 
aksini topishi shart. 
Agar usul o‗zining ijobiy natijasini ko‗rsata olmasa, boshqa vositalarni 
qo‗yish maqsadga muvofiqdir. Navbatdagi bosqichda ulardan o‗qilgan asar 
personaji yoki bosh qahramonining o‗rnida bo‗lganida qanday ish tutishi so‗raladi. 
Shu yo‗l bilan har bir o‗smirni qanday hodisalar qiziqtirishi va unda qanday salbiy 
hatti-harakat yoki illat mavjudligi aniqlanadi. O‗qituvchi o‗quvchilar bilan 
muloqotda har bir o‗smirdan asarning bosh obrazi yoki personajiga munosabatini 
so‗rashi lozim. Chunki shaxsiy mulohazalar zaminida o‗smirning ruhiy 
dunyosidagi turli kechinmalar aks etadi. Shu tufayli ularning nojo‗ya hatti-
harakatlari nimalar bilan bog‗liq ekanligi o‗qituvchiga ayon bo‗ladi.
Tajriba o‗tkazishda matnni o‗qilayotganda psixologik pauzaga, ravon 
ohangga, o‗qish sur‘ati va ritmiga alohida e‘tibor berish lozim. Ana shu qoidalarga 
rioya qilinsagina matnning ta‘siri ortadi, o‗smirdagi muayyan kechinmalarning 
tashqi ifodasi tez ko‗rinadi. O‗smirlar xususiyatiga mos matnlarni tanlash, ularning 
hajmiga va mazmuniga e‘tibor berish alohida ahamiyat kasb etadi. Tanlangan 
matnlar tarbiyasi qiyin o‗smirlarning o‗ziga xos va yosh xususiyatlariga, ichki 
imkoniyatlariga mutlaqo mos bo‗lishi shart. 


157 
Qonunbuzarlikning sababini aniqlash usullaridan yana biri - syujetli 
fotosuratlar yoki rasmlar bilan tajriba o‗tkazishdir. Buning ma‘nosi va maqsadi 
o‗smirlarning salbiy hatti-harakatlarini keltirib chiqaradigan qanday motivlar 
mavjudligini, shuningdek, ular qaysi ta‘sirlarga osonroq berilishini aniqlashdir. 
Tarbiyasi qiyin o‗smirlardagi xususiyatlarni o‗rganishning yana bir yo‗li 
alohida-alohida suhbat o‗tkazish orqali ularning ruhiy kechinmalari bilan 
tanishishdir. Suhbat kezida yaxshi va yomon xulq-atvor, hatti-harakatlar yuzasidan 
keng ma‘lumotlar to‗planadi. Mazkur jarayonda amalga oshiriladigan har hil hatti-
harakatlarni baholash, ularni sharhlab berish lozim. Hatti-harakatni baholashda 
o‗smirga qo‗yilgan ayb yo tan olinadi, yoki mutlaqo u inkor etiladi. Biroq 
o‗tkazilgan suhbatlar o‗smirning psixik dunyosiga shunday nozik ta‘sir qilishi 
kerakki, natijada unda vijdon azobi, o‗ng‗aysizlik tuyg‗usi vujudga kelsin. O‗smir 
shaxsiyatiga tegadigan muomala qilish man etiladi. Hamma vaqt suhbat davomida 
iliq psixologik iqlim, do‗stona munosabat, qulay mikromuhit bo‗lmog‗i shart. 
Faqat shundagina mavjud imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanish 
mumkin. O‗smirlar bilan suhbat orqali ularning kelajak rejalari, orzu-umidlari
intilishlari, jismoniy va aqliy mehnatga yaroqliligi aniqlanadi. 
O‗smirlarning tipologik xususiyatlariga binoan bir nechta shartli guruhga 
ajratish mumkin. 
Tarbiyasi qiyin o‗smirlarning birinchi guruhi orsizlar yoki subutsizlar 
deyiladi. Ular o‗z xatolarini bilib turib qonun va qoidalarni buzadilar, noma‘qul 
ishlarni qiladilar. Ko‗pincha ular o‗zlarining gunohkor ekanliklarini tan 
olmaydilar, maktabdagi ayrim kamchiliklarni tanqid qiladilar. Lekin yutuqlarni 
e‘tirof qilishni xohlamaydilar. Shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga, ma‘qullashni 
va o‗z talablarini o‗zgalar so‗zsiz bajarishini juda yoqtiradilar. Bunday bolalar 
betga chopar, o‗jar tabiatli, rahm-shafqatsiz, «zo‗ravon» bo‗ladilar. Mustaqil fikrga 
ega bo‗lmagan tengdoshlarini o‗z atroflariga to‗playdilar va birgalikda tartib 
buzishga undaydilar. 

Download 1,72 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish