• 8.1. Tarbiyalash va o‘z-o‘zini tarbiyalash psixologiyasi. O‘qituvchi va o‘quvchi: ta‘lim jarayonida muloqot va hamkorlik.
  • MODULNING O‘QUV MAQSADLARI




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik

    MODULNING O‘QUV MAQSADLARI: 

    ta‘limiy maqsad

    moduldagi har bir mashg‗ulotning ma‘lumot berish, 
    rivojlantirish, ta`limiy maqsadini aniq belgilash, uning mashg‗ulotlar tizimidagi 
    o‗rnini qat‘iy aniqlash. talabalarga modul va uning nazariy asoslariga oid bilimlar 
    berish, modulga oid tushunchalarni o‗zlashtirishi orqali kasbiy kompetentligini 
    oshirish;  

    tarbiyaviy maqsad

    talabalarda modulning o‗ziga xos xususiyatlari 
    haqida dastlabki tushunchalar berish orqali sohaga qiziqishlarini orttirish, kasbiy 
    mahoratni shakllantirish;  

    rivojlantiruvchi maqsad

    talabalarning kasbiy yetuklik darajasini, kasbiy 
    dunyoqarashi va pedagogik-psixologik qobiliyatini rivojlantirish. 
     
    8.1. Tarbiyalash va o‘z-o‘zini tarbiyalash psixologiyasi. O‘qituvchi 
    va o‘quvchi: ta‘lim jarayonida muloqot va hamkorlik.
     
     
     
    Tayanch so`z va iboralar:
    Ijtimoiy munosabatlar mahsuli, 
    muloqotning turi va shakllari, insoniy munosabatlar, o‘zaro til topishish, bir-birini 
    tushunish, kasbiy faoliyat sohasi, shaxslararo munosabatlar, muloqotning 
    kommunikativ tomoni, muloqotning interaktiv tomoni, muloqotning perseptiv 
    tomoni,
     
    Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining eng asosiy sababi - uning 
    doimo insonlar davrasida, ular bilan o‗zaro ta‘sir doirasida bo‗lishini anglatadi. Bu 
    shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora 


    163 
    qiladi. 
    Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita 
    «yuzma-yuz» bo‗lishi, yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga 
    o‗xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi 
    amaliy yoki do‗stona bo‗lishi; sub‘ekt-sub‘ekt tipli (dialogik, sheriklik), yoki 
    sub‘ekt-ob‘ektli (monologik) bo‗lishi mumkin. 
    Insoniy munosabatlar shunday o‗zaro ta‘sir jarayoniki, unda shaxslaro 
    munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‗ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar 
    o‗rtasida ro‗y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu - quvonchlar 
    almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‗lishgani sari, ular o‗rtasidagi 
    munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o‗rtasida umumiylik, o‗xshashlik va 
    uyg‗unlik kabi sifatlar paydo bo‗ladiki, ular bir - birlarini bir qarashda 
    tushunadigan yoki «yarimta jumladan» ham fikr ayon bo‗ladigan bo‗lib qoladi, 
    ayrim xollarda esa, ana shunday muloqotning tig‗izligi teskari reaksiyalarni - bir-
    biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib 
    chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig‗iz 
    munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‗izlik oilaning barcha a‘zolari o‗rtasida 
    emas, uning ayrim a‘zolari o‗rtasida bo‗lishi mumkin (ona - bola, qaynona - kelin 
    va x-zo). 
    O‗zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‗zlaydigan 
    asosiy maqsadlari - o‗zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning 
    murakkabligi, kerak bo‗lsa, «jozibasi», betakrorligi shundaki, o‗zaro bir hil til 
    topishish yoki tomonlarning aynan bir hil o‗ylashlari va gapirishlari mumkin emas. 
    Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo‗lsak, bunday muloqot eng 
    samarasiz, eng beta‘sir bo‗lgan bo‗lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt 
    ko‗rishmay qolgan do‗stingizni ko‗rib qoldingiz. Siz undan xol-ahvol so‗radingiz, 
    lekin u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni ma‘qullab, gapingizni 
    qaytarib turibdi. Bunday muloqot juda bemaza bo‗lgan va siz ikkinchi marta o‗sha 
    odam bilan iloji boricha rasman salom - alikni bajo keltirib, o‗tib ketavergan 
    bo‗lardingiz. Ya‘ni, muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir 


    164 
    shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning hilma-hilligi 
    namoyon bo‗ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o‗ziga jalb etadi. 
    Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, 
    ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi 
    suhbatdoshlar doimo ma‘naviy jihatdan rag‗batlantiriladilar.
    XX1 asrda yashar ekanmiz, odamning eng tabiiy bo‗lgan muloqotga ehtiyoji, 
    uning sirlaridan habardor bo‗lish va o‗zgalarga samarali ta‘sir eta olishga bo‗lgan 
    intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor. 
    Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o‗tib bormoqdamiz. 
    Axborotlarning ko‗pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma‘lumotlarni saralash, 
    u bilan to‗g‗ri munosabatda bo‗lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir 
    kapitalga aylandi va bu o‗z navbatida insonlarga zarur axborotlar o`zatilishi tezligi 
    va tempini o‗zgartiradi. 
    Ikkinchidan, turli kasbiy faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining 
    ko‗payishi, ular o‗rtasida munosabatlar va aloqaninng dolzarbligi axborotlar tig‗iz 
    sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi 
    muloqotni talab qiladi. Umuman, XX1 asrning korporatsiyalar asri deb, bashorat 
    qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporatsiya insonlarning o‗zaro til topishlariga 
    qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo‗lishi haqida gapirmoqdalar. 
    Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko‗p xollarda bevosita yuzma-yuz emas, 
    balki zamonaviy texnik vositalar - uyali aloqa, fakslar, elektron pochta, Internet 
    kabilar yordamida aniq va lo`nda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham o‗ziga 
    xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi. 
    Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular 
    sotsionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning 
    samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli hil 
    xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday 
    sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat 
    mahsulini belgilaydi. 
    Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, 


    165 
    muloqotga o‗rgatish (sotsial psixologik trening) masalalari bilan shug‗ullanuvchi 
    fanlarning ham jamiyatdagi o‗rni va salohiyati keskin oshdi.
    Shaxslararo munosabatlarni o‗rganish psixologiya fanida eng dolzarb 
    muammolardan hisoblanadi. Chunki inson shaxsining eng nuf uzli va 
    yetakchi faoliyatlaridan biri bo‗lgan muloqot va u orqali o‗zaro 
    munosabatlar odamlar orasida umumiylik, o‗xshashlik, uyg‗unlik kabi 
    sifatlar paydo bo‗lishiga olib keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo 
    munosabatlarning, 
    chunonchi, 
    ota -ona 
    va 
    farzand 
    orasidagi 
    munosabatlarning o‗ziga xos tomonlari shaxsning hayoti, faoliyatining 
    samarasi va mazmuniga bevosita ta‘sir etadi. Shunday ekan, insonlar 
    orasida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlar, ularning turli 
    psixologik xususiyatlarini o‗rganish masalasi ijtimo iy psixologiya fanida 
    muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi.
    Muomala shaxslararo munosabatlarning shunday ko‗rinishidirki, 
    uning yordamida odamlar o‗zaro psixik jihatdan aloqaga kirishadilar, 
    o‗zaro axborot almashinadilar, ta‘sir o‗tkazadilar, ta‘sirl anadilar, idrok 
    etadilar, tushunish va baxolash jarayonlarini kechiradilar. Shuning uchun 
    muomala ijtimoiy psixologik xodisa, ijtimoiy kategoriya sifatida ijtimoiy 
    turmushning barcha sohalarida bevosita ishtirok etib, hamkorlik 
    faoliyatining moddiy, ma‘naviy, emotsional, kognitiv, motivatsion, 
    regulyativ qirralarini aks ettiruvchi ob‘ektiv va sub‘ektiv ehtiyoj sifatida 
    vujudga keladi, ijtimoiylashuvning asosiy omili, negizi vazifasini 
    bajaradi.
    Shaxslararo munosabatlarda muomalaning inson psixik dunyosiga
    ta‘siri masalalarini psixolog olimlardan L.S.V igotskiy, S.L.Rubinshteyn, 
    A.N.Leontyev, B.G.Ananyev, A.V.Zaporojets, A.A.Bodalev, B.F.Lomov, 
    A.A.Leontyev, M.I.Lisina tadqiqot ishlarini olib borganlar.
    L.S.Vigotskiy bola shaxsi ruxiy dunyosi rivoji va taraqqiyotida 
    muomalani tushuntirib deydi: ―Bola shaxsiy faolligini namoyon 
    bo‗lishining asosiy yo‗li kattalar bilan muomalasi hisoblanadi … . Uning 


    166 
    tashqi olamga munosabati hamisha boshqa odam orqali munosabat 
    bildirishdir‖.
    L.S.Vigotskiy fikricha, ontogenezda genetik jihatdan birlamchi 
    o‗zaro ta‘sir baxs, dialogdir; ikkilamchi esa , individning ongi, ruxiy 
    jarayonlarining individualligidir: ―Biz madaniy rivojlanishning umumiy 
    genetik qonunini mana shunday shaklda ifodalashimiz mumkin: bolaning 
    madaniy o‗sishida har qanday funksiya baholanishi uchun ikki marta, 
    ikki hil rejada paydo bo‗ladi, avval ijtimoiy, keyin psixologik, 
    shuningdek, shaxslararo interpsixologik kategoriya sifatida so‗ng bola 
    ichki dunyosida intropsixologik kategoriya tariqasida‖.
    L.S.Vigotskiy shuningdek shaxslararo munosabatlarda asosiy qurol 
    va vosita muomala jarayoni ekanligini uqtiradi. Uning fikricha, 
    shaxslararo munosabatlarda dastavval muomala asosiy vosita, so‗ngra 
    esa, xulq atvor vositasi turadi. Chunki inson yakka qolgan paytda ham 
    muomala funksiyasini o‗zida saqlaydi. 
    L.S.Vigotskiy qarashlaridan yana shu jihat ko‗rinadiki, muomala 
    intereorizatsiya, ya‘ni ichki nutq va ektereorizatsiya, ya‘ni tashqi nutq, 
    muomala shakllarida namoyon bo‗ladi. Bundan ko‗rinadiki, muomala 
    tufayli shaxs ijtimoiylashuvi yuzaga keladi. 
    Demak, L.S.Vigotskiyning muomala, shaxslararo munosabatlar 
    psixologiyasiga oid fikrlari nihoyat qimmatli, chunki unda biz shaxs 
    ijtimoiylashuvi jarayoni uchun muhim asos sif atida muomalani ko‗ramiz 
    va shaxs shakllanishida bu jarayonning qimmati cheksiz ekanligini 
    yanada anglaymiz. 
    V.M.Bexterevning 
    boy 
    merosida 
    shaxslararo 
    munosabatlar 
    muammosi, xususan, muomala mavzusi ijtimoiy psixologik nazariya 
    jixatidan o‗rganilgandir. Uning qarashlarida insonlarning o‗zaro ta‘sir 
    etishlari muhim muammo sifatida talqin etiladi. V.M.Bexterev ijtimoiy 
    xayotda muomalaning rolini tavsiflab, uning funksiyalarini hamkorlik 
    faoliyatini amalga oshirish mexanizmi sifatida ajratib talqin qiladi. 


    167 
    Uning fikricha, shaxsning atrofdagilari bilan muomalasi qanchalik hilma 
    hil va boy bo‗lsa, shunchalik uning taraqqiyoti muvaffaqiyatli amalga 
    oshadi. 
    V.M.Bexterev muomalaning ijtimoiy roli va funksiyasini taxlil 
    etishda uning ko‗rinishlari bo‗lmish taqlid va ta‘sirlanish ahamiyatiga 
    to‗xtaladi. Uning fikricha, taqlid bo‗lmasa, shaxs ham yuzaga kelmas edi. 
    Chunki taqlid o‗z materialini muomaladan olishini uqtiradi. Ta‘sirlanish 
    esa, ijtimoiy jarayonlar namoyon bo‗lishining omili tariqasida qaraladi.
    V.M.Bexterev muomalani shartli ravishda bevosita va bilvosita 
    turlarga ham ajratadi. Bilvosita muomala tarkibiy qismlari sifatida xat, 
    telefon, telegramma, erkalash, urishish va boshqalarni olsa, bevosita 
    muomala turiga nutqni kiritadi. Shuni ta‘kidlash joizki, muomalani 
    eksperimental o‗rganish ishini V.M.Bexterev tomonidan amalga 
    oshirilgandir. 
    V.N.Myasihevning 
    «Shaxsning 
    munosabatlar 
    psixologiyasi» 
    konsepsiyasiga ko‗ra, shaxs ―dialogik‖ xususiyatli, muomalaning shaxsiy 
    tajribasi va boshqa odamlar bilan o‗zaro munosabat maxsuli sifatida 
    namoyon bo‗ladi. Shu tufayli shaxsda qiziqish darajasi, emotsiya kuchi, 
    xoxish, extiyoj, ijtimoiy yo‗nalganlik kabi shaxsni xarakatlantiruvchi 
    ichki kuchi tarkib topadi va bu uning kechinmalari, xulqida, xarakatida 
    ifodalanadi. 
    V.N.Myasihevning shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid 
    asarlarining taxlilidan ko‗rinadiki, muomala jarayoni shaxsning 
    xususiyatlari, 
    xarakteri, 
    mayili, 
    qobiliyatiga 
    ta‘sir 
    etishdagina 
    rivojlanmasdan, 
    balki 
    muloqotda 
    ishtirok 
    etuvchilarning 
    psixik 
    jarayonlari bilan ham bog‗liqligi namoyon bo‗lar ekan. Shuning uchun 
    V.N.Myasihev ishlarining alohida tomoni muomala, uning psixologik 
    tuzilmasi bilan muloqot ishtirokchilari psixik jarayonlari orasidagi 
    munosabat xususiyatlarini ochib berilishida yaqqol ko ‗rinadi. 
    Shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan uch hil vazifalar va 


    168 
    murakkab jarayon to`zilmasini G.M.Andreeva ―Ijtimoiy psixologiya‖ 
    kitobida ushbu tuzilishini taklif etadi: 
    1) muloqotning kommunikativ tomoni, ya‘ni o‗zaro munosabat yoki 
    muloqotga kirishuvchilarning o‗rtasida ma‘lumotlar almashinuvi jarayoni 
    sifatida; 
    2) muloqotning interaktiv tomoni, ya‘ni muloqotga kirishuvchilarning 
    xulq atvorlariga ta‘sir jarayoni sifatida; 
    3) muloqotning perseptiv tomoni, ya‘ni muloqotga kirishuvchilarning 
    bir birlarini idrok etishlari va tushunchalari bilan bog‗liq jarayon 
    sifatida. 
    O‗zaro munosabatlarda muloqotning psixologik jihatdan murakkab 
    ekanligini B.F. Parigin shunday yozadi: ―Muloqot shunchalik ko‗p qirrali 
    jarayonki, unga bir vaqtning o‗zida quyidagilar kir adi: 
    a) individlarning o‗zaro ta‘sir jarayoni;
    b) individlar o‗rtasida axborot almashinuvi jarayoni;
    c) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
    d) bir kishining boshqalarga ta‘sir ko‗rsatish jarayoni;
    e) bir biriga hamdardlik bildirish imkoniyati; 
    f) shaxslarning bir birini tushunishi jarayoni‖.
    Demak, shaxslararo munosabatlar, ya‘ni muloqot jarayoni odamlar 
    amalga oshiradigan faoliyatlar orasida eng murakkabligi va ko‗p 
    qirraliligi bilan xarakterlanar ekan, ijtimoiy psixologiya fanida olib 
    borilgan jahon psixologlarining juda ko‗p tadqiqotlari sh u fenomenni 
    shaxs uchun ham zarur, ham oddiy, ham ta‘sirchan deb qaraydi.
    Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, 
    fazilatlari, hattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. 
    Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‗lish imkoniyatidan mahrum bo‗lgan 
    odam o‗zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs 
    bo‗lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi 
    ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz.


    169 
    Har 
    qanday 
    muloqotning 
    eng 
    elementar 
    funksiyasi 

    suhbatdoshlarning o‗zaro bir-birini tushunishlarini ta‘minlashdir. Bu 
    o‗zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan 
    boshlanadi. O‗zbek halkining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham 
    shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, 
    ko‗rishadi, so‗rashadi, xol-axvol so‗raydi. Shunisi xarakterliki, ta‘ziyaga 
    borgan chog‗ida ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu 
    kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va hal qlarda ham bor, ya‘ni 
    bu jihat milliy o‗ziga xoslikka ega. 
    Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. 
    Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‗ziga zarur 
    insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar 
    tomonidan o‗g‗rilanib ketilishi, so‗ng ma‘lum muddatdan keyin yana 
    odamlar orasida paydo bo‗lish faktlari shuni ko‗rsatganki, «mauglilar» 
    biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda 
    qolib 
    ketadi. 
    Bundan 
    tashqari, 
    bunday 
    holat 
    b oladagi 
    bilish 
    qobiliyatlarini ham cheklashi ko‗plab psixologik eksperimentlarda o‗z 
    isbotini topdi. 
    Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu 
    faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular 
    nazaridan qolgan odamning qo‗li ishga ham bormaydi, borsa ham 
    jamiyatga emas, balki faqat o‗zigagina manfaat keltiradigan ishlarni 
    qilishi mumkin. Masalan, ko‗plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya‘ni odamni 
    yo`lg‗izlatib qo‗yishning uning ruhiyatiga ta‘siri o‗rganilgan. Masalan, 
    uzoq vaqt termokamerada bo‗lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy 
    holatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi 
    bilan yo`lg‗izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar 
    bilan o‗zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o‗zgarishlarga olib 
    kelmasligini ham olimlar o‗rganishgan. Lekin baribir har qanday 
    yolg‗izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, 


    170 
    hissiyotga 
    beriluvchanlik, 
    hadiksirash, 
    havotirlanish, 
    o‗ziga 
    ishonchsizlik, qayg‗u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi 
    qiziqki, yo`lg‗izlikka mahkum bo‗lganlar ma‘lum vaqt o‗tgach ovoz 
    chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko‗rgan yoki his 
    qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo‗lsa, keyinchalik nimagadir qarab 
    gapiraverish ehtiyoji paydo bo‗lar ekan. Masalan, bir M.Sifr degan olim 
    ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g‗or ichida yashagan 
    ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o‗tgach, u t urgan 
    yerda bir o‗rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz,
    deb yozadi u, shu hayotsiz g‗or ichidagi tanxo tirik mavjudotlar edik. 
    Men o‗rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg‗ura 
    boshladim...» 
    Shaxsning muloqotga bo‗lgan ehtiyojining to‗la qondirilishi uning 
    ish faoliyatiga ham ta‘sir ko‗rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu 
    muhitda o‗zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko‗pincha 
    odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniksa, gaplashib o‗tirib 
    qilinadigan 
    ishlar, 
    birgalikda 
    yonma -yon 
    turib 
    bajariladigan 
    operatsiyalarda odamlar o‗z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‗proq, 
    tezroq ishlashga kuch va qo‗shimcha iroda topadi. To‗g‗ri, bu 
    hamkorlikda usha yonidagi odam unga yoqsa, ular o‗rtasida o‗zaro 
    simpatiya hissi bo‗lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan 
    bo‗lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sotsiolog hamda psixolog 
    Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita 
    ta‘sirini o‗rganib, sotsiometrik texnologiyani, ya‘ni so‗rovnoma asosida 
    bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va 
    sotsiometriya metodikasiga asos solgan edi.
    Insoniyatning muomala quroli til bo‗lib, odamlar bir -birlari bilan 
    bo‗ladigan barcha munosabat va muloqotlarini so‗zlashish yordamida 
    amalga oshiradilar. Dono xalqimizda so‗zlashish qoidasi, tilga 
    ehtiyotkor bo‗lish, har bir so‗z, har bir jumlani o‗ylab gapirish, qisqasi - 


    171 
    so‗zlash odobi va muloqot madaniyati haqida juda ko‗p ibratli hikmatlar 
    bor. Ulardan birida keltirilishicha, odamning sharafi va iftixori uning 
    madaniy so‗zlashishida ko‗rinadi. Kimda-kim so‗zlashish odobiga rioya 
    qilmasa, unda insoniylik ham ko‗rinmaydi. Gap o‗rinli va ma‘noli 
    aytilgan bo‗lsa, uni jim turib tinglamoq foydalidir.
    Bu borada so‗zlashishning sakkizta qoidasini keltirishni lozim deb 
    topdik: 
     bemavrid gapirmaslik; 
     lutf ila yumshoqlik bilan so‗zlashish; 
     ochiq chehra bilan gapirib, yuzda samimiylikni saqlay olish; 
     eshituvchiga malol kelmaydigan tarzda gapirish; 
     faqat foydali gaplarni gapirish. 
     o‗ylab, andisha bilan so‗zlash, o‗ylamay aytilgan gap 
    pushaymonlik keltirishini yodda tutish; 
     kishilar gapirayotganda oraga gap qo‗shmaslik, so‗zini bo‗lmaslik;
     ko‗p gapirmaslik, zero, bu yaxshilik alomati emas.
    Har bir odam kishilarga zarar keltiradigan so‗zlardan o‗zini saqlashi 
    lozim. Zero, muqaddas Hadisi sharifda aytilganidek, ―O‗zingga ravo 
    ko‗rmagan yomon narsani birovga ham ravo ko‗rma‖. Buning uchun tilga 
    ehtiyot bo‗lish, kishi dilini og‗ritadigan, ko‗ngilni qoldiradigan, izzat 
    nafsiga tegadigan, or-nomusi, sha‘nini oyoq-osti qiladigan so‗zni hech 
    so‗zlamaslik darkor. Hamma vaqt shirin so ‗z bo‗lish, doimo yaxshi, 
    ma‘noli so‗zlash kerak, chunki, tildan yetgan ozor nayza ozoridan yomon... . 
    Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‗zaro hamkorlikdagi 
    faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi 
    yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka 
    tartibda emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‗lganligini 
    hisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqot texnikasi mehnat 
    unumdorligi va samaradorlikning muhim omillaridandir. 
    Odamlar bir - birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy 


    172 
    ko‗zlagan maqsadlaridan biri - o‗zaro bir-birlariga ta‘sir ko‗rsatish, ya‘ni fikr-
    g‗oyalariga ko‗ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‗zgartirish va yaxshi 
    taassurot qoldirishdir.

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish