• 2. Paralingvistik ta’sir
  • Kasbiy faoliyat psixologiyasi




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik

    Psixologik ta’sir - bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, 
    hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta‘sir ko‗rsata olishdir. Ijtimoiy psixologiyada 
    psixologik ta‘sirning asosan uch vositasi farqlanadi. 
    1. Verbal ta’sir - bu so‗z va nutqimiz orqali ko‗rsatadigan ta‘sirimizdir. 
    Bundagi asosiy vositalar so‗zlardir. Ma‘lumki, nutq - bu so‗zlashuv, o‗zaro 
    muomala jarayoni bo‗lib, uning vositasi - so‗zlar hisoblanadi. Monologik nutqda 
    ham, dialogik nutqda ham odam o‗zidagi barcha so‗zlar zahirasidan foydalanib, 
    eng ta‘sirchan so‗zlarni topib, sherigiga ta‘sir ko‗rsatishni xohlaydi. 
    2. Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni 
    kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past 
    tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to‗xtashlar, duduqlanish, 
    yo‗tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, 
    masalan, do‗stimiz bizga biror narsani va‘da berayotgan bo‗lsa, biz uning qay 
    darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib - pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan 
    «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta. 
    3. Noverbal ta’sirning ma‘nosi «nutqsiz» dir. Bunga suhbatdoshlarning 
    fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‗rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim) qiliqlari, 
    mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, 
    undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, xidlar) kiradi. Ularning barchasi 
    muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq 
    bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki 
    daqiqalarida o‗rtog‗ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko‗rganimdan biram 
    xursandman», desa, ishonasizmi?  
    Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir - birlariga 
    ta‘sir ko‗rsatmoqchi bo‗lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‗zlar 
    vositasida ta‘sir etishni o‗ylar ekan. Aslida esa, o‗sha so‗zlar va ular atrofidagi 
    harakatlar muhim rol o‗ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan 


    173 
    formulasiga ko‗ra, birinchi marta ko‗rishib turgan suhbatdoshlardagi 
    taassurotlarning ijobiy bo‗lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, 
    va noverbal harakatlar 58% gacha ta‘sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat 
    o‗zgarishi mumkin albatta, lekin halq ichida yurgan bir maqol to‗g‗ri: «Ust-boshga 
    qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi». 
    Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‗proq ta‘sirga ega bo‗lishi 
    sheriklarning rollariga ham bog‗liq. Ta’sirning tashabbuskori - bu shunday 
    sherikki, unda ataylab ta‘sir ko‗rsatish maqsadi bo‗ladi va u bu maqsadni amalga 
    oshirish uchun barcha yuqorida ta‘kidlangan vositalardan foydalanadi. Agar 
    boshliq ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o‗rnidan turib kutib oladi, 
    iltifot ko‗rsatadi, xol-ahvolni ham quyuqroq so‗raydi va so‗ngra gapning asosiy 
    qismiga o‗tadi.
    Ta’sirning adresati - ta‘sir yo‗naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning 
    suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo‗lmasa, yoki adresat tajribalirok sherik bo‗lsa, u 
    tashabbusni o‗z qo‗liga olishi va ta‘sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin 
    bo‗ladi. 
    Oxirgi yillarda «professionalizm» tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo‗lib 
    qoldi. Chunki jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirish, mehnat unumdorligini 
    «inson omili»ni takomillashtirish hisobiga oshirish davr talabi bo‗lib qoldi. 
    Ayniqsa, odamlarni boshqarish sohasidagi professionalizmga katta e‘tibor 
    qaratilmoqda. Juda ko‗pchilik mutaxassislar barcha bajaradigan funksiyalari 
    orasida odamlar bilan til topishish, ularga ta‘sir ko‗rsatish, ular faoliyatini to‗g‗ri 
    tashkil qilish va boshqarish eng murakkablaridan ekanligini e‘tirof etmoqdalar. 
    Odamlar bilan normal munosabatlarni o‗rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida 
    amaliy sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, o‗z nuqtai nazariga 
    o‗zgalarni professional tarzda qo‗ndira olmaslik, «birov»ni, uning ichki 
    kechinmalari va o‗ziga bo‗lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy 
    psixologiyada kommunikativ uquvsizlik, yoki diskommunikatsiya holatini keltirib 
    chiqaradi. Bunda odamlar oddiy til bilan aytganda, bir - birlarini tushunolmay 
    qoladilar, shuning oqibatida pishib turgan loyiha yoki yaxshi reja amalga 


    174 
    oshmasligi, bir necha oylarga cho‗zilib ketishi mumkin. 
    Shuning uchun ham hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining tadbiqiy 
    yo‗nalishida, boshqaruv psixologiyasida katta yoshli odamlarni kommunikativ 
    bilimdonlikka o‗rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga 
    katta ahamiyat berilmoqda. Har bir korxona, xususiy firma yoki davlat 
    muassasasini boshqaruvchi menejer, rahbar tayyorlash muammosi ana shu 
    rahbarlarni, boshqaruvchilarni psixologik jihatdan odamlar bilan ishlashga 
    o‗rgatish muammosini chetlab o‗tolmaydi. Umuman, hozirgi davrda har qanday 
    mutaxassis - vrach, muhandis, o‗qituvchi, iqtisodchi, agronom, quruvchi, jurnalist, 
    madaniyatshunos 
    yoki 
    boshqalar 
    ham 
    kommunikativ 
    malakalarga 
    ega 
    bo‗lmaguncha, bozor munosabatlari sharoitida tezda jamoaga kirishib, ko‗pchilik 
    bilan til topishib, o‗z professional mahoratini ko‗rsata olmaydi. Har bir ziyo`li 
    inson boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va san‘atiga ega bo‗lishi kerak. 
    Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o‗rgatishni har 
    qachongidan ham dolzarb qilib qo‗ymoqda. To‗g‗ri, muloqotga kirishish - 
    ijtimoiylashuv 
    jarayonida 
    barcha 
    sifatlardan 
    oldinroq 
    shakllanadigan 
    qobiliyatlardan, u tabiiy va hayotiy narsa. Bola tili juda yaxshi chiqib ulgurmay, 
    atrofidagilar bilan aktiv muloqotga kirisha boshlaydi. Lekin masalaning paradoksal 
    tomoni ham shundaki, yillar o‗tgan sari ongli, aqlli odam har bir gapini o`ylab 
    gapiradigan, har bir qadamini o`ylab bosadigan bo‗lib qoladi, bu uning jamiyatdagi 
    mavqeini belgilovchi vositadir. Bu muloqotga kirishishga ruhan tayyorlanishning 
    ahamiyatini ham odam anglashini taqozo etadi. Shunday qilib, ana shu eng tabiiy 
    va bir qarashda oddiy inson faoliyati shu qadar murakkab va serqirraki, uning 
    mexanizmlarini o‗rganish, guruhlarda to‗g‗ri munosabatlarni tashkil etish va 
    odamlarni 
    samarali 
    muloqotga 
    o‗rgatish muammosi bugungi ijtimoiy 
    psixologiyaning muhim masalalaridandir. 
    Ma‘lumki, gaplashayotgan odamlarning biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, 
    eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‗zaro 
    mosligi, bir-birini to‗ldirishiga bog‗liq ekan. Noto‗g‗ri tasavvurlardan biri shuki, 
    odamni muomala yoki muloqotga o‗rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan 


    175 
    asoslangan so‗zlardan foydalanib, ta‘sirchan gapirishga o‗rgatishadi. Uning 
    ikkinchi tomoni - tinglash qobiliyatiga deyarli e‘tibor berilmaydi. Mashxur 
    amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi «Yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni 
    biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir» deganda aynan 
    shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‗lishini nazarda tutgan edi. 
    Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i 
    tinglash jarayoniga ketar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo‗ladiganlar 35 - 
    40 % oylik maoshlarini odamlarni «tinglaganlari» uchun olarkanlar. Bundan 
    shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan 
    hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko‗proq foyda keltirarkan. 
    Shuning uchun bo‗lsa kerak, nemis faylasufi A. Shopengauer «Odamlarni 
    o‗zingiz to‗g‗ringizda yaxshi fikrga ega bo‗lishlarini xoxlasangiz, ularni tinglang» 
    deb yozgan ekan. Darhaqiqat, agar siz kuyunib gapirsangizu, suhbatdoshingiz sizni 
    tinglamasa, boshqa narsa bilan ovora bo‗laversa, undan ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz, 
    balki u bilan aloqani ham uzasiz. O‗qituvchi gapirayotgan paytda uni tinglamaslik 
    odobsizlikning eng keng tarqalgan ko‗rinishi deb baholanishini bilasizmi? 
    Nima uchun biz ko‗pincha yaxshi gapiruvchi, so‗zlovchi bo‗la olamiz-u, 
    yaxshi tinglovchi bo‗la olmaymiz? Psixologlarning fikricha, asosiy halaqit 
    beruvchi narsa - bu bizning o‗z fikr-o‗ylarimiz va xohishlarimiz og‗ushida bo‗lib 
    qolishimizdir. Shuning uchun ham ba‘zan rasman sherigimizni tinglayotganday 
    bo‗lamiz, lekin aslida hayo`limiz boshqa yerda bo‗ladi. Tinglashning ham xuddi 
    gapirishga o‗xshash texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi ham ko‗p, lekin 
    asosan biz kundalik hayotda uning ikki usulini qo‗llaymiz: so‘zma - so‘z qaytarish 
    va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdosh so‗zlarining bir qismini yoki 
    yaxliticha qaytarish orqali, sherikni qo‗llab-quvvatlashni bildiradi. Ikkinchi usul 
    esa - sherigimiz so‗zlarini tinglab, undagi asosiy g‗oyani muxtasar, o‗zimizning 
    talqinimizda ifoda etish. Ikkala usul ham sherik uchun muhim, chunki u sizning 
    tinglayotganingizni, hattoki, undagi g‗oyalarga qarshi emasligingizni bildiradi. 
    Bundan tashqari, biz yaxshi tinglayotgan bo‗lib, «Yo‗g‗-e?», «Naxotki?», «Qara-
    ya?», «Yasha!» luqmalari bilan ham suhbatdoshimizni gapirishga, yanayam o‗z 


    176 
    fikrlarini oydinlashtirishga chaqirib turamiz. 
    Demak, aslida bizdagi gapirayotgan shaxs yetakchi, u suhbatning mutloq 
    xokimi, degan tasavvur unchalik to‗g‗ri emas. Yaxshi tinglashda ham shunday 
    kuch borki, u suhbatdoshni Sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug‗diradi. 
    Chunki muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa - bu axborotning o‗zi. 
    Tinglayotgan odam ma‘noli, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma‘lumot 
    oladi. Gapirgan esa, aksincha, o‗zidagi borini berib, gapirmaydigan suhbatdoshdan 
    «teskari aloqani» olib ulgurmay, hech narsasiz qolishi ham mumkin. Shuning 
    uchun muloqotga o‗rgatishning muhim yo‗nalishlaridan biri - odamlarni faol 
    tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‗rinli 
    foydalanishga o‗rgatishdir. 
    Professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi: 
     aktiv holat, bu - agar kreslo yoki divan kabi mebel bo‗lsa, unga bemalol 
    yasanib, yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga 
    qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so‗ziga 
    qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi; 
     suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish, bu nafaqat suhbatdoshni o‗ziga 
    jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o‗zining har bir so‗ziga uni ham 
    ko‗ndirishning samarali yo‗lidir. 
     o‘ychan jimlik, bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas‘uliyat bilan 
    tinglayotganday 
    tasavvur 
    qoldirish 
    orqali 
    o‗zingizning 
    suhbatdan 
    manfaatdorligingizni bildirish yo‗li. 
    Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda 
    o‗z-o‗ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko‗pchilik 
    tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning 
    samarali bo‗lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati 
    gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g‗oyalarning 
    shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ma‘ruzachi professorning har bir 
    chiqishi va ma‘ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu 
    pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yo`tadi.


    177 
    Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon - gapirish va 
    tinglashning faol o‗zaro ta‘sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon 
    qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining 
    ahamiyatini anglash qiyin bo‗lmaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada 
    odamlarni samarali muloqotga ataylab o‗rgatishga juda katta e‘tibor beriladi. Bu 
    boradagi fanning o‗z uslubi bo‗lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) 
    deb ataladi. IPT - muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, 
    ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda 
    shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi 
    bilimdonligi ortadi. 

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish