jamlovchilar» - generatorlar




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik
giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
jamlovchilar» - generatorlar guruhi deyiladi; ikkinchisi - «tanqidchilar» va 
uchinchi guruh - «fikrlarni tezlatuvchilar» - katalizatorlar» deb ataladi. Har bir 
ajralgan guruhninig o‗ziga xos funksiyalari bor: «generatorlar» o‗rtaga tashlagan 
muammo yoki bahs mavzusi bo‗yicha o‗zlaridagi barcha fikrlarni o‗rtaga xolis 
tashlaydilar. Guruh a‘zolaridan biri - lider - ularni jamlab, fikrlar ikkiga bo‗lingan 
taqdirda ham ularni umumlashtirib bayon etadi. So‗ngra o‗yinga «tanqidchilar» 
kirishadi. Ularning vazifasi - eshitgan fikrlariga tanqidiy munosabat bildirish, 
ya‘ni tanqidiy nuqtai nazardan ular ichidagi «mag‗zini» va «puchak» fikrlarni 
saralash. Shundan keyin vaziyatga qarab, yana so‗z «generatorlar»ga yoki 
«katalizatorlar»ga berilishi mumkin. Bildirilgan fikr va takliflarda mabodo 
hisobga olinmay qolgan jihatlar yoki noo‗rin fikr bo‗lsa, yoki mohiyatan shu 
mavzuga aloqador bo‗lgan, lekin ikkala tomon hisobga olmagan biror jihat 
aniqlansa, tomonlar diqqatini aynan shunga qaratishi kerak. So‗ngra 
«tezlatuvchilar» bahsni davom ettirishga ruhsat berib, agar uni yakun qilish 
taqozo qilinsa, ikkala guruhnnig o‗yiniga xolis baho bergan xolda munozarani 
to‗xtatishi mumkin. Ular ko‗pincha ikkala guruh uchun xolis arbitorlar - 


130 
«hakamlar» rolini o‗ynaydilar. 
Maktabda bir sinf doirasida yoki talabalar guruhida axloqiy-ma‘naviy 
mavzuda bahs uyushtirganda, yuqoridagi usulni qo‗llash imkoniyati bo‗lsa, 
suhbatdoshlarning uchburchak shakldagi berk stol atrofiga o‗tirishlari mumkin. 
Demak, bahslashuvchilarning joylashishlari ham bu o‗rinda ma‘lum ahamiyat 
kasb etadi.
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli 
ayniqsa kattadir. Chunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr 
almashinuvlarning boshida turmog‗i kerak bo‗lsa, ular faoliyatini maqsadga 
muvofiq tarzda yo‗naltirib turmog‗i lozim. Kichik guruhdagidan farqli ularoq, 
katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruhga yon bosmasligi, yoki ularni 
o‗zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks xolda, u o‗zining 
faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi va bahsning 
yo‗nalishini buzib qo‗yishi mumkin. Shuning uchun katta guruhlar 
uyushtiriladigan munozaraning mavzusi oldindan tanlangan va unga boshlovchi 
ma‘lum ma‘noda tayyor bo‗lishi shart.
Munozaralar yuritishning yana bir shakli borki, uning nomini rus tilida 
«Mozgovaya ataka», inglizchasiga «Brain storming» deb ataladi. Bizning 
tilimizda bu tushunchannig aniq analogik tarjimasi yo‗q, lekin uni «Miyaga 
xujum» yoki «Fikrlar to‗qnashuvi», «Fikrlar jangi maydoni» deb atash mumkin. 
Metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada bahslashuvchilar 
ko‗proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda esa, 
bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr qo‗yilib kelsa, uni tanqidsiz va asoslamay 
erkin, «tilga nima kelsa», lekin navbatma-navbat aytish imkoniyati beriladi. Bu 
narsa ko‗proq muammo ancha notanish, savol murakkab, yoki noaniq bo‗lgan 
sharoitlarda qo‗l keladi. Ya‘ni, bunda «erkin assotsiatsiyalar»ga imkon beriladi 
va oxir oqibat guruhning o‗zi ma‘lum ratsional «mag‗izni» ajratib oladi.
Bu usulni birinchi marta amerikalik olim A.Osborn 30-yillardayoq taklif 
etgan va bu usul yordamida yirik loyihalarni rejalashtirish va oldindan uning 
natijalarini bashorat qilishda ma‘lum yutuqlarni qo‗lga kiritgan edi. Lekin 


131 
keyinchalik mutaxassislar uni faqat nostandart, o‗ziga xos yechimi bo‗lgan 
vazifalarni muhokama qilgandagina qo‗llash mumkin, degan fikrni bildira 
boshladilar. Birok to‗g‗ri tashkil etilgan breyshtormingning amaliy afzalliklari 
ko‗p. Faqat bunda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: 
1) jumlalar juda qisqa bo‗lishi kerak, ularning asoslanishi shart emas; 
2) har qanday jumla yoki fikr tanqid qilinishi mumkin emas, ya‘ni fikrlar 
tanqiddan xolidir; 
3) mantiqiy fikrlardan ko‗ra, fantastik yoki qo‗qqisdan, tasodifan miyada 
paydo bo‗lgan fikr muhimroq; 
4) fikr yoki bildirilgan qisqa mulohaza qayd etiladi; 
5) bildirilgan fikr yoki g‗oyalar u yoki bu ishtirokchiniki, deb ajratilmaydi, 
ya‘ni ular - muallifsizdir;
6) fikr yoki yaxshi g‗oyalarni tanlash alohida «tanqidchilar» yoki 
guruhnnig norasmiy liderlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Yuqoridagi ta‘kidlangan guruh katta bo‗lgan sharoitda bahs uyushtirishda 
ham generator, ya‘ni fikrlarni birlamchi jamlovchilarlarga ushbu usulda ishlashga 
imkon berish tajribada yaxshi natija beradi. Chunki o‗tkazilgan tekshiruvlar va 
ko‗plab sinov mashg‗ulotlarining ko‗rsatishicha, aynan shu guruhda 
breynshtorming usulining qo‗llanilishi turli-tuman va qarama-qarshi fikrlarning 
bayon etilishiga sharoit yaratadi. Aks xolda muhim muammolar bo‗yicha 
munozarani boshlash va unda fikrlar rang-barangligiga erishish juda qiyin 
bo‗ladi. Bu usul ayniqsa, kattalar auditoriyasida juda yaxshi samara beradi. 
 Bahsda ishtirok etish va undan manfaatdorlik hissi har bir ishtirokchida 
shakllanishi shart va bunda boshlovchi - o‗qituvchining roli katta. Amaliy 
mashg‗ulotlarning bahs-munozara shaklida o‗tkazilishi bolalarga oldindan 
aytilishi va ularning tayyorgarlik ko‗rishlari uchun savollar berilib qo‗yilishi 
maqsadga muvofiqdir. Bahs ishtirokchilari hayajonlanmasliklari uchun 
mashg‗ulot boshlanishidan avval ularning o‗zlarini erkin tutishlari uchun ayrim 

Download 1,72 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish