|
Katta ma’lumotlar (Big data) va analitika, ma’lumotlar bazasini tashkil qilish mexanizmi
|
bet | 1/4 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 28,53 Kb. | | #127442 |
Bog'liq Mustaqil ish mavzu “Katta ma’lumotlar (Big data) va analitika, -fayllar.org
Mustaqil ish mavzu: “Katta ma’lumotlar (Big data) va analitika, ma’lumotlar bazasini tashkil qilish mexanizmi ” Bajardi: ri-220 guruh talabasi Eshonqulov S. Tekshirdi: Anarbayeva F. Samarqand-2021 Reja
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
RAQAMLI IQTISODIYOT fanidan
MUSTAQIL ISH
MAVZU:
|
“Katta ma’lumotlar (Big data) va analitika, ma’lumotlar bazasini tashkil qilish mexanizmi..”
|
Bajardi:RI-220 guruh talabasi
Eshonqulov S.
Tekshirdi: Anarbayeva F.
SAMARQAND-2021
Reja:
Big Data nima?
Big Data tamoyillari
Katta ma'lumotlar nima uchun?
Blokchain texnologiyasi va Big Data o'zaro ta'sirining istiqbollari
Katta ma'lumotlar va axborot xavfsizligi
Mavzu: Big Data texnologiyalari
Big data(katta ma'lumotlar) - juda katta hajmdagi bir jinsli bo'lmagan va tez tushadigan raqamli ma'lumotlar bo'lib, ularni odatiy usullar bilan qayta ishlab bo'lmaydi. Ba'zi hollarda, katta ma'lumotlar tushunchasi bilan birga shu ma'lumotlarni qayta ishlash ham tushuniladi. Asosan, analiz obyekti katta ma'lumotlar deb ataladi.
Big data atamasi 2008-yilda dunyoga kelgan. Nature jurnali muharriri Klifford Linch dunyo ma'lumotlar hajmining juda tez sur'atda o'sishiga bag'ishlangan maxsus sonida big data atamasini qo'llagan. Biroq, katta ma'lumotlar avval ham bo'lgan. Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gb dan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga big data deb aytilar ekan.
Katta ma'lumotlarni analiz qilish, inson his etish imkoniyatidan tashqarida bo'lgan qonuniylatlarni aniqlashda yordam beradi. Bu esa kundalik hayotimizdagi barcha sohalar, hukumatni boshqarish, tibbiyot, telekommunikatsiya, moliya, transport, ishlab chiqarish va boshqa sohalarni yanada yaxshilash, ularning imkoniyatlarini oshirish, muommolarga muqobil yechimlar izlab topish imkonini yaratadi.
|
| |