|
Suyuqlik yoki gazdagi juda kichik zarralarning to‘xtovsiz va tar-Bog'liq 808-2a18a Y7LJQ80Y807XXmu06vIgtN4yvQDPCYQN, 16-Mavzu Yarimo’tkazgichlarni elektrofizik xususiyatlari (1-qis-fayllar.org, AMALIY ISH1 compressed, 10metqul, Organik kimyo (A.Abdusamatov, R.Mirzayev, R.Ziyayev), 1. Absorbsiya Umumiy tushunchalar-fayllar.org, Uy xo‘jaliklari moliyasi, Ápiwayı psixikalıq processler., Aqliy tarbiya haqida tushuncha, Introduction-to-Information-and-Communication-Technologies-ICT, 7-Amaliy ish (2), 11-Amaliy ish Ijtimoiy tarmoqlardan maʻlumotlarni toʻplashni oʻrganish, External devices. Comparative and cumulative quality level, The independence of Uzbekistan, Write about your future profession.Suyuqlik yoki gazdagi juda kichik zarralarning to‘xtovsiz va tar-
tibsiz hara kati fanga Broun harakati nomi bilan kirdi.
Molekulalar to‘xtovsiz va tartibsiz harakatda bo‘lar ekan, nega qattiq
jism va suyuqlik alohida molekulalarga ajralib tarqalib ketmay
di? Bunga
sabab shuki, ular orasida o‘zaro tortishish kuchlari mavjud. Bu kuchlar
ularni bir-biriga bog‘lab ushlab turadi. Bu kuchlarning ta’sir doirasi
qanday? Bir cho‘pni olib sindiraylik. Endi ularni bir-biriga tekkizib
qanchalik jipslab qo‘ymaylik cho‘p butun bo‘lib qol
maydi. Chunki
cho‘pning singan qismidagi molekulalarni yetarli darajada yaqinlashtirib
bo‘lmaydi. Demak, molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi juda yaqin
masofada namoyon bo‘lar ekan. Bu masofa molekula o‘lchamlariga
juda yaqin bo‘ladi. Unda nega plas
tilinni, xamirni, saqichni bir-biriga
tekkizsak, yopishib qoladi? Chunki ulardagi molekulalarni yetarli darajada
yaqin masofagacha yaqinlash
tirish mumkin. Singan oynani yoki piyolani
yelim bilan yopishtirishni ham ikki bo‘lak orasida qoladigan bo‘sh joylarni
to‘ldirib, molekulyar kuchlar ta’sir qiladigan holatga keltirish bilan tushun-
tiriladi. Metallar chetlarini elektr yoki gaz yordamida qizdirib eritil
ganda
bir-biriga payvandlanib qolishi ham molekulyar kuchlar tufaylidir.
Amaliy topshiriq
1. Ota-onangiz yoki akalaringizdan shisha oynadan to‘rtburchak
shaklida o‘nta bo‘lak qirqib berishini so‘rang. Ulardan bittasi
kattaroq bo‘lsin. Ularni ho‘l latta bilan artib, ustma-ust taxlang. Eng
ustiga kattasini qo‘ying. Kattasidan ushlab ko‘taring. Bunda qolgani
ham ko‘tariladi. Sababini tushuntiring.
2. Tarelkaga suv quyib chayqab tashlang. Tarelka yuzasi ho‘l bo‘la-
di. So‘ngra bir bo‘lak sovun olib tarelkaga qattiq bosing va bir-ikki
aylantirib oling. Sovunni ko‘tarsangiz, tarelka qo‘shilib ko‘tariladi.
Sababini tushuntiring.
Все учебники Узбекистана на сайте UZEDU.ONLINE
*
Книга предоставлена исключительно в образовательных целях
UZEDU.ONLINE
24
1. Nima uchun qattiq va suyuq jismlar o‘z-o‘zidan alohida
moleku lalarga ajralib ketmaydi?
2.
Molekulalar orasida faqat tortishish kuchlari emas, balki
itarilish kuchlari ham borligini qanday hodisalar ko‘rsatadi?
3. Havo molekulalari orasida o‘zaro ta’sir kuchlari bormi?
|
| |