|
-MAVZU
TOVUSH KATTALIKLARI Pdf ko'rish
|
bet | 120/134 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 1,85 Mb. | | #266146 |
Bog'liq 6-sinf fizika uzb59-MAVZU
TOVUSH KATTALIKLARI
Tovushlar yo‘g‘on va ingichka, baland va past, yoqimli va yoqimsiz
bo‘ladi. Ular bir-biridan qanday kattaligi bilan farq qiladi? Buning
uchun maxsus kattaliklar kiritilgan.
1. Tovushning qattiqligi.
125-rasmdagi kamer
tonning sharcha
tegmagan shoxchasiga sekingina rezina bolg‘a bilan uraylik. Shunda
kamerton tebranishi tufayli sharcha ma’lum uzoqlikka borib keladi.
Bolg‘a bilan qattiqroq uraylik. Sharcha oldingidan uzoqroqqa borib
keladi. Kamertonning tebranishi davrida
eng katta chetlashishiga
tebranishlar amplitudasi
deyiladi.
Kamerton qanchalik katta
amplituda bilan tebransa, undan chiqadigan tovushning qattiqligi
shuncha katta bo‘ladi. Tovush energiyaga ega. Agar tovush energiyasi
ma’lum kattalikdan kichik bo‘lsa, inson unday tovushlarni eshitmaydi.
Bu quyi chegara 1 m
2
yuzaga to‘g‘ri kelgan tovush quvvati
0,000001
mkW deb belgilangan. Birlik yuzaga to‘g‘ri kelgan tovush
quvvati 1 W/m
2
ga borganda, inson qulog‘ida og‘riq sezadi va
tebranishlarni tovush sifatida qabul qilmaydi. Tovushning qattiqligi
1858-yilda nemis fiziklari
V. Veter
va
G. Fexner
tomonidan tavsiya
qilingan qonun asosida aniqlanadi. Inson sezadigan tovush
qattiqligining quyi chegarasi
Bell
deb belgilangan. Bu birlik telefonni
ixtiro qilgan
G. Bell
sharafiga qo‘yilgan. Og‘riq sezish bo‘sag‘asini 130
dB deb qabul qilingan (1 detsi
bel = 1dB = 0,1 B). Shunga ko‘ra sekin
suhbatniki 40 dB, shovqinniki 80 dB, samolyotniki 110–120 dB ga
teng. Tovushning balandligini mexanik va
elektr qurilmalar yordamida kuchaytirish
mumkin. Masalan, karnaydan chiqayotgan
ovozni bir tomonga yo‘naltirib, tarqalish
yuzasi kichiklashtiriladi. «Rupor» (127-rasm)
ham shunday tovushni yo‘naltirib beradi.
Qadimda tovushni kuchaytirib beruvchi
apparatlar bo‘lmaganida, «qulog‘i og‘ir»
odamlar ruporni qulog‘iga qo‘yib eshitganlar.
127-rasm.
|
| |